U. X. Safarov, N. M. Karakulov



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

 
 
va ehtiyojning o‘zgarishi natijasida yildan-yilga takomillashib bormoqdadir. 
Berilayotgan ma’lumotlarga ko‘ra jahonning 60 davlati xalqaro mebel savdosining 
92%ni yetkazib beradi. AQSH, Italiya, GFR, Yaponiya, Kanada, Buyuk Britaniya 
va Frantsiya kabi davlatlar yillik ishlab chiqariladigan mebel mahsulotlarining 
50%ga yaqinini ishlab beradi. Rivojlanayotgan davlatlar orasida Xitoyning 
mebelsozlik sanoati tez sur’atlar bilan rivojlanmoqdadir. Yalpi mahsulot ishlab 
chiqarish hajmiga ko‘ra Xitoy AQSHdan keyingi ikkinchi o‘rinni egallab turibdi
.

Umumiy ishlab chiqarilgan mebel mahsulotlarining 60%dan ortig‘i Yevropa 
Ittifoqi davlatlariga, 35% Shimoliy Amerika davlatlariga, 40% Osiyo-Tinch okeani 
mintaqasiga eksport qilinadi. 
O‘rmon va yog‘ochga qayta ishlov berish majmuasining rivojlanish 
istiqbollari quyidagilardan iborat: 

uning texnik yangilanish imkoniyatlarining yuqoriligi;

tarmoq tarkibida o‘zgarishlarning yuz berishi;

yog‘ochga ishlov berish hamda sellyuloza-qog‘oz sanoatlarida 
kimyoviy mahsulotlarning ishlatilishi;

o‘rmon resurslarinng doimiy yangilanib borishi.
Aytib o‘tilgan istiqbol imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish uchun esa 
quyida sanab o‘tilgan muammolarni hal etish talab etiladi: 

Mavjud imkoniyatlarning 20%dan foydalanilmoqda; 

Past sarmoyaviy faollik; 

O‘rmon va yog‘ochni qayta ishlash sanoatining asosiy 
tarmoqlarida ishlab chiqarish miqdorining kamayib borayotganligi; 


128 

Qayta ishlash jarayonida yog‘och mahsulotlarining katta qismi 
chiqindiga chiqarilishi; 

O‘rmon va yog‘ochni qayta ishlash sanoati bilan bog‘liq 
ekologik muammolarning mavjudligi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, o‘rmon va yog‘ochga qayta 
ishlov berish majmuasi tarmoqlari hududiy joylashuvi birinchi o‘rinda xom ashyo 
omili bilan bog‘liq. Lekin so‘nggi yillarda ushbu majmua tarmoqlari iqtisodiy 
imkoniyatlari yuqori bo‘lgan o‘rmon resurslariga kambag‘al davlatlarda ham 
rivojlanib bormoqda. 
Qurilish materiallari sanoati — uy-joy qurilishi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va 
boshqa qurilish sohalari uchun qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sanoat. Bir 
qancha tarmoqlarni o‘z ichiga oladi. Sement, asbest-sement shiferi, asbest-sement 
quvurlari, devor materiallari (g‘isht), ohak, gips, deraza oynalari, yumshoq yopma 
materiallar, tabiiy toshlardan qoplama materiallar, bezak hamda pol uchun sopol 
(keramik) plitalar, isitgich radiatorlar va konvektorlar, chinni-fayans sanitariya-
qurilish buyumlari, linoleum, yig‘ma temir-beton konstruktsiyalar va detallar, 
noruda qurilish materiallari (maydalangan, chaqilgan tosh, qum, shag‘al, qum-
shag‘al aralashmasi) va boshqalar mazkur tarmoqning asosiy mahsulotlari 
hisoblanadi.
Qurilish materiallari sanoati rivojiga birinchi navbatda iste’mol va xom-
ashyo omillari katta ta’sir ko‘rsatadi. Sement, g‘isht, asbestli sementli va shifer 
mahsulotlari, o‘tga chidamli materiallar, oyna, keramik trubalar, gips, ohak kabi 
qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sohalar xom-ashyo talab, 
 
beton, temir-
beton mahsulotlar va konstruktsiyalar, yumshoq momiq, yordamchi-texnik 
vositalar ishlab chiqaruvchi sohalar iste’molchiga yaqin joylashuvchi sohalar 
bo‘lib hisoblanadi.
Sement sanoati qurilish sanoatining asosiy tarmog‘i hisoblanadi. Unda 
portland sement, putstsolan portland sementi, toshqol portland sementi, shifer, 
asbotsement quvurlar, ganch, gil va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Sement 
dastlab 1824 yilda Angliyaning janubidagi Portlend shahri yaqinida 


129 
(«portlandsement» nomi shundan olingan) ingliz ixtirochisi J.Aspdin tomonidan 
ma’lum nisbatlarda qo‘shilgan ohak va tuproq aralashmasini kuydirib olingan. XIX 
asrning 30-yillaridan boshlab Buyuk Britaniya, AQSH, Rossiya, Germaniyada 
sement zavodlari qurila boshladi. XIX asrning 70-yillariga kelib sement jahon 
qurilish texnikasi rivojlanishining asosiy yo‘nalishini belgilab, yigma temir-
betonning kashf etilishiga olib keldi. XX asir davomida jahonning rivojlangan 
mamlakatlarida sement sanoati yuqori sur’atlarda o‘sdi va sement ishlab 
chiqarishning umumiy hajmi 4000 mln. t ni tashkil etdi (2015) Hozirgi kunda 
quyidagi davlatlar sement ishlab chiqarish bo‘yicha jahonning yetakchi davlatlari 
bo‘lib hisoblanadi: 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish