U. X. Safarov, N. M. Karakulov


 Markaziy Osiyo xo’jaligi va uning asosiy xususiyatlari



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

7.2. Markaziy Osiyo xo’jaligi va uning asosiy xususiyatlari 
Markaziy Osiyo iqtisodiyotida sanoatning ulushi katta. Bu yerda yoqilg’i-
energetika, rangli va qora metallurgiya sanoati, qishloq xo’jaligi mashinasozligi, 
qurilish materiallari sanoati, yengil va oziq-ovqat sanoati tarkib topgan va ularning 
o’nlarcha yo’nalishlari rivojlantirilgan.
Markaziy Osiyo davlatlari, BMT tomonidan qabul qilingan jahon 
mamlakatlarining tasnifi nuqtayi nazaridan, o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar 
toifasiga mansub. Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy YIM hajmi 2016-yil 
yakunlari bo‘yicha, Xalqaro valyuta fondi (XVF) ma’lumotlariga ko‘ra, 800 mlrd 
AQSH dollariga teng. Beshta mamlakat ichida YIM hajmi bo‘yicha birinchi o‘rin 
Qozog‘iston, ikkinchi O‘zbekiston, uchinchi Turkmaniston, to‘rtinchi Tojikiston 
va beshinchi o‘rinda Qirg‘iziston turadi. 
Subregion bo‘yicha umumiy ishlab chiqarish hajmining 56,4 % 
Qozog‘istonga, 25,8 % esa O‘zbekistonga to‘g‘ri kelsa, Turkmaniston,Tojikiston 
va Qirg‘iziston ulushlari, mos ravishda, 11,8, 3,3 va 2,7 % ga teng. 
Subregion davlatlari ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatining umumiy xususiyatlari, 
ularning yaqin o‘tmishgacha yagona siyosiy va iqtisodiy makonda 
rivojlanganligidan kelib chiqib, iqtisodiyoti asosan mineral hom ashyo va yer-suv 
resurslariga tayanganligi, sanoatni rivojlantirish, uning yangi kor xona, tarmoq va 
hududiy markazlarini tashkil etishga intilish, qishloq xo‘jalik ixtisoslashuvi 
o‘xshashligi, tashqi iqtisodiy aloqalarning umumiy yo‘nalishlarida, ya’ni Xitoy, 
Rossiya, Koreya Respublikasi, Turkiya, Yevropa davlatlari bilan amalga 
oshirilishida o‘z aksini topmoqda. Biroq, Markaziy Osiyo davlatlari har birining 
xo‘jaligining, albatta, o‘ziga xos jihatlari ham mavjud. Sanoat ishlab chiqarish 
Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekistonda iqtisodiy ahamiyati bo‘yicha qishloq 
xo‘jalik tarmoqlariga nisbatan birmuncha ustunlikka ega bo‘lganligi bois, bu uchta 
respublika industrial-agrar davlat hisoblanadi. Tojikiston bilan Qirg‘iziston esa 
iqtisodiyot agrar-industrial yo‘nalishda rivojlanmoqda 


188 
Markaziy Osiyoning hududiy jihatdan yirik bo’lmish va sanoati ancha 
rivojlangan regioni Qozog’iston davlatida neft va ko’mir, har xil mashinasozlik, 
qurilish materiallari sanoati, oziq-ovqat va yengil sanoat rivojlangan.
MODning iqtisodiy jihatdan rivojlangan regioni - O’zbekistonda yoqilg’i-
energetika va rangli metallurgiya sanoati, qishloq xo’jaligi va transport 
mashinasozligi, kimyo va neftkimyo sanoati, qurilish materiallari, yengil va oziq-
ovqat sanoati tarmoqlari, Qirg’izistonda ko’mir sanoati tarmoqlari, energetika 
sanoati, 
avtomobilsozlik, 
priborsozlik, 
oziq-ovqat 
sanoati 
tarmoqlari, 
Turkmanistonda neft qazib olish va neftni qayta ishlash hamda gaz sanoati, kimyo 
sanoati, neft sanoati mashinasozligi ayniqsa rivojlangan. 
Metallurgiya majmuasi. 
Bu majmua qora va rangli metallurgiyani o’z 
ichiga oladi. Majmuani rivojlantirish uchun regiondagi davlatlar bir xil 
imkoniyatlarga ega emas. Chunonchi, qora metallurgiyaning xom-ashyosi 
chegaralangan. Temir ruda konlari faqat Qozog’iston Respublikasida sanoat 
ahamiyatiga ega. Markaziy va Shimoliy Qozog’izston iqtisodiy rayonlarida o’nlab 
temir ruda konlari topilgan va ishga tushirilgan. Shulardan eng muhimlari 
Qarag’anda va Kustanay viloyatlarida bo’lib, 30 ta kondagi temir ruda zahirasi 16 
mlrd.tonnaga teng. 
Markaziy Osiyo qora metallurgiyasi birinchi navbatda Markaziy 
Qozog’istonda tarkib topgan va rivojlangan. “Qozoq magnitkasi” nomi bilan 
ataladigan to’liq tsikldagi Qarag’anda metallurgiya zavodi cho’yan, po’lat, prokat 
ishlab chiqaradi. Mazkur metallurgiya korxonasi Qarag’anda ko’mir yoqilg’i xom-
ashyosiga tayanib ishlaydi. Shuningdek, O’zbekistonda ham Bekobod qora 
metallurgiya kombinati bor. Ushbu millioner metallurgiya korxonalari MODning 
qora metallga bo’lgan ehtiyojini qisman bo’lsa ham qondirib kelmoqda. 
Qozog’iston Respublikasi qazilma boyliklari bilan davlatga iqtisodiy foyda 
olib keladi. Uran va boshqa ko’plab metallar qazib olishda ushbu davlat yuqori 
o’rinlarda turadi. Bu hududlarda hatto olmos ham topilgan. Eksportning eng yuqori 
ulushi neft va uran eksportiga to’g’ri keladi. Eng ko’p neft konlari Kaspiy 


189 
dengizining shimoliy sharqida joylashgan Tengiz havzasi hududida joylashgan. 
Neft quvurlari hatto Xitoygacha cho’zilgan. 
MOD metlallurgiya majmuasida rangli metallurgiya sanoatining salmog’i 
katta. Majmuaning ushbu tarmog’i MOD hududida topilgan bir necha o’nlab rangli 
metall ruda xom-ashyolariga tayanadi. Rangli metall xomashyosi esa MODning 
Turkmanistondan tashqari barcha davlatlari hududida uchraydi. U ayniqsa 
Qozog’iston, Qirg’iziston, O’zbekistonda ko’p. Mis, qo’rg’oshin, rux, surma va 
boshqa noyob va nodir metallar o’z sanoat korxonalariga ega.
Jumladan, Balxash va Olmaliqda mis parmalash fabrikalari, Qo’ytoshda 
qo’rg’oshin va rux, Haydarkentda surma, Pavlodar va Tojikistonning Tursunzoda 
shahrida alyumin zavodlari ishlab turibdi. 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish