U. X. Safarov, N. M. Karakulov



Download 4,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/132
Sana16.03.2022
Hajmi4,1 Mb.
#495187
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   132
Bog'liq
\'Johon va MO Нурбол 2019

7.1. Markaziy Osiyo aholisi. 
2018 yil 1 yanvar holatiga ko’ra Markaziy Osiyo hududida 72 million 
(Qirg’izistonda 5,9 mln., Qozog’istonda 18,4 mln., O’zbekistonda 32,0 mln., 
Tojikistonda 9,3 mln. va Turmanistonda 5,4 mln.) kishi yashaydi.
Dengiz bo’ylab savdo sotiqni muximligini o’rgangan Adam Smit O’rta 
Osiyo va Rossiyaning ayrim xududlariga nisbatan salbiy munosabat bildirgan. 
Uning fikriga ko’ra Qora va Kaspiy Dengizlaridan tortib Afrika va Osiyoning 
markaziy qismida joylashgan davlatlarda dengiz yo’li orqali savdo qilish imkoni 
yo’qligi ushbu davlatlar rivojlanishini ancha yillar ortga qaytarmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlarida yashovchi tub aholi ko’p jihatdan 
musulmonchilik udumlari (ya’ni ko’p bola ko’rish aqidalari)ga amal qiladi. Bu 
aqidalarning amal qilishida islom dinining ham ta’siri bor, albatta.
Markaziy Osiyo tub aholisidagi farzandsevarlik “O’nta bo’lsa o’rni boshqa, 
qirqta bo’lsa qilig’i” maqolini keltirib chiqargan. Aholining tabiiy o’sishi har ming 
kishiga hisoblaganda tabiiy o’sish va o’lim koeffisienti Qirg’izistonda 26:8 kishini, 
Qozog’istonda 19:9, O’zbekistonda 31:7, Tojikistonda 33:9 va Turmanistonda 33:8 
kishini tashkil etadi.
Markaziy Osiyo davlatlari aholisining bandlik darajasida kattagina 
o’xshashliklar bor, masalan, O’zbekiston aholisining 26,8 foizi qishloq xo’jaligida, 
13,2 foizi sanoatda, 60 foizi xizmat ko’rsatish sohasida band bo’lgani holda, bu 
ko’rsatkichlar Tojikistonda 54,5; 1,8; 28,7; Turkmanistonda 44,2; 19,2; 36,6; 
Qirg’izistonda 42; 19,2; 38,7 foizni tashkil qiladi.
Markaziy Osiyo mamlakatlarining aholisi suv va yer resurslari 
omillari (gidrografik tarmoqlar va relyef)ga bog‘liq holda notekis joylashib, 


184 
asosan, sug‘orma dehqonchilik yaxshi rivojlangan daryo vodiy va deltalari, tog‘ 
oralig‘idagi botiqlarda mujassamlangan. Bunday yerlar eng ko‘p O‘zbekiston 
hududida bo‘lganligi bois, respublikamiz aholi soni jihatidan subregionda yetakchi 
o‘rin egallaydi. Aholi zichligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha Markaziy Osiyoda, 
1.01.2017-yil holatiga, O‘zbekiston (71,5 kishi/km
2
) va Tojikiston (61,3 kishi/km
2

yetakchi, Qozog‘iston (6,6 kishi/km
2
) esa eng oxirgi o‘rinda turadi. Jahon 
mamlakatlari orasida ham, Qozog‘iston aholisi eng siyrak joylashgan davlatlar 
safiga kiradi (o‘rtacha aholi zichligi bo‘yicha dunyoda 184-o‘rin). 
Markaziy Osiyo davlatlarining demografik vaziyatiga tug‘ilish va aholi 
tabiiy o‘sishining ancha yuqori ko‘rsatkichlari xos. Aytilgan ko‘rsatkichlar 
Tojikiston va Qirg‘izistonda subregion bo‘yicha eng baland, Qozog‘iston va 
Turkmanistonda eng past, O‘zbekistonda esa o‘rtacha darajada. Shuningdek, 
beshta 
respublikada 
ham 
migratsiyaning 
salbiy 
saldosi 
kuzatilmoqda. 
Urbanizatsiya darajasi Qozog‘istonda 58 %, O‘zbekistonda 51 %, Turkmanistonda 
50 %, Qirg‘izistonda 36 %, Tojikistonda esa 26 % ga teng. Ko‘rinib turibdiki, eng 
yuqori va eng past ko‘rsatkichlari orasidagi tafovut 2 martaga teng. Markaziy 
Osiyoda 4 ta “millioner” shahar mavjud: Toshkent (2,4 mln kishi), Almati (1,7 mln 
kishi),Nur-Sultan(1,3mln) va Shimkent(1,1mln)
MOD aholisining etnik kelib chiqishi va joylashishi. 27-Rasm 


185 
Boysun tumanidagi “Teshik tosh”g’oridan topilgan Neolit davrida yashagan 
odam suyaklarining topilishi va boshqa ko’plab etnografik, arxeologik qazilmalar 
Markaziy Osiyo hududida qadimdan odamlar yashaganlgini isbotlamoqda. 
Markaziy Osiyoda hozirgi davrda yashovchi o’zbek, qoraqalpoq, qirg’iz, 
qozoq, turkman, tojik xalqlarining tarixi bir-biri bilan uzviy bog’langan. Ularning 
ajdodlari - baqtriyaliklar, sogdiylar, saklar, massagetlar Turkiston va qisman 
Eronning bir qismi bo’lgan Xuroson hamda Afg’onistonning Hindiqush rayoni 
hududida istiqomat qilishgan. Bu hududdagi Baqtriya o’rnida keyinchalik 
Tohariston davlati vujudga kelgan. Tez orada Tohariston Sogdiana davlati bilan 
qo’shilib, Turkiston hududida yirik Kushan imperiyasiga birlashadi. 
VII-VIII asrlarda Turkistonga arablar bostirib kiradi va yerli xalqqa islom 
dinini zo’rlab qabul qildiradi.
IX asrning oxiri(874yil)da Bag’dod xalifaligi yemiriladi. Samoniylar davlati 
barpo qilinadi. Samaniylar davlati hukmronligi davrida Turkiston hududida 100 
yilcha tinchlik hukmron bo’ladi. O’sha davrning alloma olimlar Abu Rayhon 
Beruniy, fors-tojik poeziyasining asoschisi Rudakiy, o’lmas “SHohnoma” 
poemasining muallifi Firdavsiy, tibbiyot ilmining darg’asi Abu Ali ibn Sino kabi 
o’nlab mutafakkirlar yetishib chiqadi va jahon fani taraqqiyotiga salmoqli hissa 
qo’shadi. 
XII asrning o’rtalarida Markaziy Osiyo hududida Saljuqiylar davlati tarkib 
topadi. XIII asrning boshi (1219-1221 yillar)da Turkistonni CHingizxon boshliq 
mug’ullar ishg’ol qildi. 1370 yilda Turkiston davlatining tepasiga Amir Temurning 
kelishi feodal urushlarga chek qo’ydi. Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, 
Zahriddin Bobur o’sha davrning buyuk siymolari edi. 
Amir Temur hukmronligidan keyin Turkiston zaminida ko’chmanchi xalqlar 
o’rtasida tez-tez g’alayonlar bo’ldi. 1500-1507 yillarda ko’chmanchi qabilalarning 
yetakchisi Muhammad SHaybonihon butun Turkistonni o’z qo’li ostiga oldi. 
SHaybonixon avlodlari 1598 yilgacha davlatni boshqardi. So’ngra bu hududda 
Buxoro, Xiva va Qo’qon xonliklari vujudga keldi. 


186 
XIX asrning ikkinchi yarmida Markaziy Osiyo Rossiya tomonidan bosib 
olindi va bu zaminda Turkiston general-gubernatorligi joriy qilindi. 
1917-1924 yillarda Turkiston Rossiya tomonidan qayta ishg’ol qilindi va 
“O’rta Osiyo” va “Qozog’iston” deb atala boshlandi. 
Bugungi Markaziy Osiyoning aholisi etnik kelib chiqishi jihatidan bir xil 
bo’lgan, asrlar osha (va tinimsiz janglar) mobaynida shakllangan turkiy zabon 
tilida va unga yaqin bo’lgan tilda gaplashuvchi xalqlardir. 
Qadimdan Markaziy Osiyo aholisining ko’p qismi chavandozlik va qishloq 
xo’jaligida chorvachilik orqali kun ko’rishgan. Bu sharoit 1920-yilgacha davom 
etgan. Sovet Ittifoqi tarkib topgandan keyin kuchib yurib, chorvachilik qilishdan 
dehqonchilik qilishga, shahar va jamoa xo’jaliklariga moslashishga jalb etdi. 
Hozirgi kunda shaharda yashovchi aholilar mahalliy va rus madaniyati 
uyg’unligida kun kehcirishdi, bularni ularning keyinishi, kiyim-kechaklari va 
yashash tarzidan ham bilish mumkin. Sovet tuzumi vaqtida 6 milliondan ko’proq 
rus va ukrainlar kochirib opkelingan. Ba’zi davlatlarda rus tili ikkinchi til sifatida 
foydalaniladi. 
Mahalliy xalqlardan o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman, qoraqalpoqlar 
oltoytillar oilasining turkiy guruhiga mansub bo‘lsa, tojiklar va ularga qardosh 
Pomirdagi kichik xalqlar (shug‘nonlar, vaxanlar, ishkashimlar va boshq.) hind-
yevropa tillar oilasining eroniy guruhi tarkibiga kiradi. Sanab o‘tilgan millat 
vakillari, nafaqat tegishli respublikalarda, balki qo‘shni davlatlar hududida ham 
keng tarqalgan. Masalan, o‘zbeklar O‘zbekistonga qo‘shni Qirg‘iziston, Tojikiston, 
Turkmanistonda son jihatidan 2-chi, Qozog‘istonda esa 3-chi millat hisoblanadi. 
O‘z navbatda, O‘zbekistonda ham tojiklar,qozoqlar, qirg‘izlar va turkmanlar 
vakillari salmoqlidir 


187 

Download 4,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish