U. Radjapov, F. Miraxmedov, G. Shorayeva jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi


Iqtidorli yoshlarni tanlash, qabul qilish tartiblari



Download 2,54 Mb.
bet30/62
Sana20.02.2023
Hajmi2,54 Mb.
#913273
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi u

3.4. Iqtidorli yoshlarni tanlash, qabul qilish tartiblari

Pedagogik kuzatishlar, ilg’or tajribalar va ilmiy-pedagogik tadqiqotlarning natijalariga ko’ra, bolalar va o’smirlar sport maktablari, maxsus olimpiya o’rinbosarlari sport maktablari, oliy sport mahorati maktablari, olimpiya zahiralari kollejlariga va shunga o’xshash sport maktablariga yoshlarni jalb etish quyidagi tartibda olib boriladi:


1.Maktab jismoniy tarbiya o’qituvchilarining tavsiyasi.



  1. O’quvchi yoshlarning o’z ixtiyori va tashabbusi.




  1. Ota-onalarning tavsiya va iltimoslari.

  2. Murabbiylarning bevosita maqsad yo’lida kuzatishlari.

Sport maktablarining toifasi, darajasi va ehtiyoji asosida iqtidorli yoshlarni kuzatish, tanlash va sinov-tajribalarga tayyorlash hollari ko’proq murabbiylar tomonidan olib boriladi.


Sport turlariga qarab sinov-tanlov jarayon umumiy jismoniy tayyorgarlik, mazkur sport turining texnik qoidalari va me’yorlari asosida bolalar maxsus tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi.


Sport maktablariga kiruvchi bolalar shaxsiy hujjatlarini talab darjasida

56


tayyorlab, sinov-tanlovdan muvaffaqiyatli o’tgandan keyin, sport maktabi ma’muriyati tomonidan buyruq bilan rasmiylashtiriladi.

Sport maktablarida bolalar va ularning ota-onalari ichki tartib-qoidalar bilan tanishtiriladi. Sport mashg’ulotlari, musobaqa qoidalari hamda ahloq normalariga rioya qilmagan bolalar esa sport maktabidan chetlashtiriladi.


Sport turlari bo’yicha murabbiylar yangidan qabul qilingan bolalar bilan mashg’ulot tashkil qilish jarayonida ularning faoliyati, imkoniyat darajasi, qiziqishi, munosabati va ruhiy holatlarini o’rganib oladi. Eng muhimi, ularni ortiqcha yuklama yoki qo’pol muomala bilan bezdirmaslik lozim.




Olimpiya zahiralarini tayyorlovchi kollejlar

Olimpiya zahiralari kollejlari, sport internat-maktablar va olimpiya o’rinbosarlari sport maktablari negizida vujudga keldi. Ular hozirgi kunda deyarli barcha viloyatlarning markazida tarkib topmoqda va kollej shaklida faoliyat ko’rsatmoqda. Ular, eng avvola, Xalq ta’limi vazirligi tizimida shakllandi va rivojlandi. Shu sababdan ularning o’quv rejalari va fanlar, sport turlari bo’yicha dasturlari Xalq ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi xamda tasdiqlanadi.


Respublikada olimpiya o’yinlariga tayyorgarlik va ular bilan bevosita bog’liq bo’lgan masalalarda olimpiya o’rinbosarlari bilim muassasalari faoliyatiga har tomonlama yordam berish maqsadida,O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi, O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi va sport federatsiyalari hamkorlik qilmoqda.


Bilim muassasalarining o’quv rejasida davlat ta’lim standartlari asosida umumiy va o’rta maxsus ta’lim dasturlaridagi barcha siyosiy, gumanitar, tabiiy va maxsus fanlar o’qitiladi. Mavjud bo’lgan guruh (sinf) va bo’limlarda olimpiya o’yinlari sport turlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan nazariy hamda amaliy fanlar o’rgatiladi. O’quv rejalarida belgilangan barcha fanlar va sport turlarining asosiy mohiyati yetuk va mahoratli sportchilar hamda mutaxassis xodimlar tayyorlashdan iborat.


O’tgan bo’limlarda qayd etilganidek, rahbarlik ishlari bilim yurti direktori, uning o’quv, sport, ma’naviyat va ma’rifat, xo’jalik ishlari bo’yicha o’rinbosarlari hamda sport turlari bo’yicha bo’lim boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.


Bilim yurtida pedagogik va murabbiylar kengashi barcha faoliyatlarni muhokama qilib, zarur qarorlarni qabul qiladi. Ta’lim-tarbiya jarayonlari hamda sport tayyorgarligi bilim yurtida eng ustuvor faoliyat hisoblanadi. Bu sohalarda Toshkent, Samarqand, Andijon, Chirchiq va boshqa shaharlardagi bilim muassasalarining ish faoliyati va erishgan tajribalarini Talabalar mustaqil ravishda o’rganishga harakat qilishlari lozim.



57


3.5. Sport maktablarida ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish. Murabbiylar, tarbiyachilar, xodimlar va sportchilarni rag’batlantirish



Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish