U. Radjapov, F. Miraxmedov, G. Shorayeva jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi


Sport maktablarining turlari va ularning Nizomlari haqida tushunchalar



Download 2,54 Mb.
bet28/62
Sana20.02.2023
Hajmi2,54 Mb.
#913273
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi u

3.2. Sport maktablarining turlari va ularning Nizomlari haqida tushunchalar

Yuqorida ta’kidlanganidek, O’zbekistonda sport turlari buyicha turli xil maxsus sport maktablari faoliyat ko’rsatib kelmoqda va ularning o’z sohalari, ixtisosliklariga qarab Nizomlari mavjud.


Bolalar va o’smirlar sport maktablari haqidagi Nizomlar ularning ish faoliyatini tartibga soluvchi va doimiy ravishda muvofiqlashtiruvchi rasmiy hamda huquqiy hujjatdir. Ular Respublika hukumati, sport tashkilotlari hamda mutasaddi vazirliklar, tashkilotlarning qarorlari, yo’l-yo’riqlari asosida to’ldirilib, boyitib boriladi.


Nizomlarda, asosan, sport maktablarining maqsad va vazifalari, tarkibiy tuzilishi, sportchilarni tanlab olish, sinovdan o’tkazish, murabbiylarning vazifalari, moddiy-texnik va xo’jalik ishlarini boshqarish kabi sohalar bayon qilingan.


O’zbekistonda bolalar va o’smirlar sport maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim muassasalarini tuzish hamda ularni boshqarishning qat’iy tartib va qoidalari mukammal ishlab chiqilgan.


Sport maktablari faoliyatlarini to’la aks ettiruvchi talab va qoidalar ularning nizomlarida batafsil bayon qilingan.


Nizomlarga ko’ra, bolalar va o’smirlar sport maktablari va olimpiya o’rinbosarlari bilim muassasalari, sport qo’mitalari, jamiyatlari va Xalq ta’limi vazirligi tizimida tashkil qilingan. Ular quyidagi turlarga ajratiladi:





  1. Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi tizimidagi oliy sport mahorati maktablari va olimpiya bilim muassasalari.




  1. Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi bolalar va o’smirlar sport maktablari, sport turlari bo’yicha ixtisoslashtirilgan maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim muassasalari.

53


  1. Kasaba uyushmalari jismoniy tarbiya-sport jamiyati va boshqa sport jamiyatlari tarkibidagi sport maktablari.

Sport maktablari va bilim muassasalarini moddiy-texnik ta’minlash xamda boshqarish tartiblari mas’ul idoralar va tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.


Nizomga ko’ra, sport maktablari, bilim muassasalari faoliyati, asosan, direktor tomonidan boshqariladi. Unda pedagogik kengash xal qiluvchi organ hisoblanadi.


Pedagogik (murabbiylar) kengashda tarbiyaviy ishlar, sportchi-talabalarni tanlab olish, o’quv-sport mashg’ulotlarini tashkil qilish, musobaqalarga tayyorgarlik, musobaqa natijalari, murabbiylarning faoliyatlari, ota-onalar bilan aloqadorlik, moliyaviy-xo’jalik va boshqa ko’pgina masalalar muhokama qilinadi.


Bolalar va o’smirlar sport maktablari, asosan, ixtisoslashgan (faqat bir tur) va kompleks (ko’p turlar) shaklida bo’ladi.


Ma’lumki, Respublikada futbol, kurash, voleybol va boshqa sport turlari bo’yicha juda ko’p sport maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim muassasalari tashkil qilingan.


1993 yil martda O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi Respublikada ommaviy futbolni rivojlantirish to’g’risida qaror qabul qildi. Bu, o’z navbatida, shuni isbotlaydiki, barcha viloyatlar, tumanlar markazlarida futbol maktab-internatlar tuzish, ularning faoliyatlarini boshqarish va moddiy-texnik ta’minlashga alohida e’tibor berildi.


Uzoq yillar davomida Toshkent, Samarqand, Andijon, CHirchiq shaharlarida sport internatlari (hozir ular olimpiya o’rinbosarlari kollejlari) faoliyat ko’rsatib keldi va Respublika terma jamoalari uchun ko’p mingli iqtidorli sportchilar tayyorlab berdi. Ularning orasida yuzlab xalqaro sport musobaqalarining sovrindorlari bor.


O’zbekiston mustaqilligi sharoitida yangidan futbol, kurash, tennis, karate va boshqa sport turlari bo’yicha maxsus klublar tashkil etilgan, ularda turli yoshdagi bolalar shug’ullanmoqda. Bu klublar, asosan, sport maktabi vazifasini bajarmoqda.





Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish