Taqrizchilar: K.Raximqulov – O`zbekiston Davlat jahon tillari universiteti, jismoniy madaniyat va sport kafedrasi dotsenti.
T.Achilov – Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti, jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti.
© Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2017.
KIRISH
Mamlakatimizda so’nggi yillarda sport turlarining turli ko’rinishlarini ommalashtirish bo’yicha ko’plab ishlar olib borilmoqda hamda kelajak avlod haqida qayg’urish bugungi kunning asosiy vazifalaridandir
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezident I.A.Karimovning tashabbusi va bevosita rahbarligi tufayli Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasining tuzilishi va faoliyat ko’rsatishi (2002) hamda Respublika hukumatining qator qarorlari (1996, 1998, 1999, 2003 va hokazo) tufayli mamlakatimizning barcha hududlarida cport turi bilan shug’ullanuvchi bolalarni tanlash, ularni sportga jalb etib, mahoratlarini tarbiyalash tez va maqsadli olib borilmoqda. Ularning natijalarini Xalqaro sport musobaqalarida, ayniqsa Osiyo qit’asida o’tkazib kelinayotgan barcha musobaqalarda ishtirok etib, medallar shodasini yig’ib kelayotgan mahalliy millat o’g’il - qizlari misolida ko’rish mumkin.
Hozirgi kunda jonajon mustaqil O’zbekiston uchun ulg’ayotgan avlod har tomonlama rivojlangan, sog’lom, faol, yuksak unumli mehnat va Vatan mudofaasiga tayyor holda hayotga tayyorlanishi lozim. Buning uchun yangidan-yangi uslub va usullarni qo’llashimiz, shug’ullanuvchi sportchilarga birinchi navbatda jismoniy tarbiya va sport bo’yicha nazariy bilim berish, o’rgatish hamda tarbiyalashda ijodiy yondoshish bugungi va ertangi kunning dolzarb masala bo’lib qoladi.
Mamlakatimizning mustaqilligini to’la ta’minlash, uning jahonda taraqqiy etgan davlatlardan biri sifatidagi nufuzini xalqaro huquqlar asosida yuqori ko’tarish kabi faoliyatlar nihoyatda muhim. Bu faoliyatlarni amalga oshirishda esa mutaxassis kadrlarni tayyorlash dolzarb vazifalardan xisoblanadi. Bunda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini, «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi, «Ta’lim to’g’risida»gi qonunlar, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi alohida ahamiyatga egadir.
Aholining salomatligini mustaxkamlab borish, o’quvchi yoshlarning jismoniy va ma’naviy kamolotini oshirish, sog’lom avlod tarbiyasini takomillashtirish masalalari kelajagi buyuk davlat qurishning muhim omillaridan biridir.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov davlatni idora qilish, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ni amalga oshirish hamda sog’lom avlod tarbiyasi bilan bog’liq bo’lgan barcha sohalarni davr talablariga mos qilib olib borish yo’lida ulkan tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Bugungi kunning eng muhim vazifasi, - deb ta’kidlaydi O’zbekisto Respublikasi birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov,- xayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa, boshqaruvda, respublika miqyosida, viloyat, shahar, tuman, qishloq va muassasalarni boshqarishda, tarmoq bo’g’inlarini idora etishda yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda mas’uliyatni o’z zimmasiga olabiladigan, xayot bilan hamqadam yurishga qodir, imoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirishdan iboratdir1.
Yurtimizda jismoniy tarbiya, sport va xalq milliy o’yinlari ta’lim
I.A.Karimov Yuksak malakali mutaxassislar - taraqqiyot omili. T., «O’zbekiston», 1995, 22-bet 3
tizimidan asosiy ta’lim-tarbiya vositalari sifatida mustahkam o’rin olmoqda. O’zbekiston sportchilari Markaziy Osiyo, Osiyo va Xalqaro sport musobaqalarida mustaqil jamoa sifatida ishtirok etib, dastlabki yutuqlarga erishdilar. Bu jihatlar Respublika sport tashkilotlari rahbarlarini yanada tashabbuskorlik bilan faoliyat ko’rsatishga da’vat etadi.
Ta’kidlash joizki, aholining salomatligini mustaxkamlash maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarining hayotga tatbiq qilinishi, o’quvchi yoshlar va Talabalarning turli sport musobaqalari, «Umid nihollari», «Barkamol avlod» o’yinlari, “Universiada”, xalq milliy o’yinlari festivallari hamda aholi istiqomat joylari, mehnat jamoalarida spartakiadalar, birinchiliklarning muntazam tashkil qilinishi e’tiborga molikdir. Barcha hududlar va markaziy shaharlarda yirik sport inshootlari qad ko’tarmoqda, yangi sport maktablari, litseylar, kasb-hunar kollejlari tashkil qilinmoqda. Sport jamoalarining turlari va sonlari tobora oshmoqda. Bunda ommaviy sog’lomlashtiruvchi va sport mahoratlarini oshiruvchi tadbirlarni maqsadli tashkil qilish mutaxassislar, jamoat idoralari va homiylardan katta matonat, diqqat-e’tiborni talab etadi.
“Boshqaruvning quyi qatlamlarida, ayniqsa, tashkil qilish mutaxassislar, jamoat idoralari va homiylardan katta matonat, diqqat-e’tiborni talab etadi.
“Boshqaruvning quyi qatlamlarida, ayniqsa, ishlab chiqarish sohasida yangilikka intilish, yangilikni joriy etishga sa’y-harakatlar bor, lekin bu olijanob mayl va harakatlar o’rta va yuqori bo’g’inlarda, xususan, mamlakat vazirliklari va idoralari darajasida o’tirgan, to’rachilikka mukkasidan ketgan, loqayd, eskicha fikrlaydigan, o’zini xon, ko’lankasini maydon hisoblaydigan, yangilikka yo’l bermaydigan ba’zi noshud rahbarlar qarshiligiga duch kelmoqda. Bizning qat’iy fikrimiz shuki, bunday kishilar yo tanqiddan zarur xulosa chiqarib, tez orada o’z fikr va saviyalarini o’zgartiradilar, yoinki biz ularning butunlay bag’ridan o’tamiz”2.
Shu jihatdan jismoniy tarbiya va sport harakatiga rahbarlik qilish, bu sohada yetuk kadrlar tayyorlash, ularning malakalarini zamon talablari asosida oshirib borish muhim muammolardan biridir. Ana shu muammolarni o’rganish va hal qilish yo’llarini egallashni o’rgatuvchi fan Jismoniy tarbiya harakatini boshqarishdir.
O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti, Respublika oliy o’quv muassasalaridagi jismoniy tarbiya fakulьtetlari, Olimpiya zahiralari va sport kollejlari hamda pedagogika kollejlarining jismoniy tarbiya bo’limlarida oliy va o’rta ma’lumotli mutaxassislar tayyorlanadi. Bu ta’lim muassalarining o’quv rejalarida «Jismoniy tarbiya harakatini boshqarish» fani o’zining maqsad hamda vazifalari bilan alohida o’rin tutadi.
Fanning asosiy maqsadi bo’lajak mutaxassislarni jismoniy tarbiya va sport harakatini boshqarish usullari bilan qurollantirishdir.
Fanning asosiy vazifalari:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa amaldagi qonunlar, qarorlar hamda nizomlarda ko’zda tutilgan jismoniy tarbiya va sport ishlari
I.A.Karimov Yuksak malakali mutaxassislar - taraqqiyot omili. T., «O’zbekiston», 1995, 23-bet 4
haqidagi xujjatlar mazmuni va ulardan kelib chikadigan vazifalarni o’rgatish.
Sog’lom avlodni tarbiyalash, ishlab chiqarish unumdorligini, shuningdek mehnatkashlarning ish qobiliyatini oshirish hamda inson umrini uzaytirishda jismoniy tarbiya, sport va xalq milliy o’yinlarining ijtimoiy-pedagogik mohiyatlarini asoslab berish.
Bo’lajak mutaxassislarni ommaviy jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish hamda uni boshqarish qonuniyatlari va amaliyoti bilan qurollantirish.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining bosqichlariga tayangan holda sport klublari, jismoniy tarbiya jamoalari va aholi turar joylarida ommaviy sog’lomlashtirish tadbirlarini uyushtirishda Talabalarga boshqaruvchilik malakalarini va tadbirkorlik faoliyatlarni to’la singdirish
Ushbu fan o’z navbatida, Talabalar, yosh mutaxassislar va sport tashkilotlarining xodimlariga quyidagi vazifalarni yuklaydi:
- fanning mazmunini chuqur o’rganish va o’tgan davrlarda uning qay yo’sinda taraqqiyot etganligini taqqoslagan holda chuqur tahlil qilish;
- davlat va jamoat tashkilotlarining sportni Boshqarish va rivojlantirish bo’yicha qabul kilgan farmon va karorlarni o’zlashtirib olish;
- sport tashkilotlari va ularning rahbarlari erishgan yutuqlar, ilg’or tajribalarni qunt bilan o’rganish;
- ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarda o’tkaziladigan ilmiy-nazariy anjumanlarda ishtirok etish, qo’yilgan muammolarni o’rganish, ma’ruzalar qilish;
- sport tashkilotlari va ularning quyi jamoalari haqidagi Nizomlarni
bilish;
- ommaviy targ’ibot vositalarining jismoniy tarbiya va sport to’g’risidagi ma’lumotlarini doimiy ravishda kuzatib, o’rganib borish;
- boshqarish faoliyatlariga tegishli huquqiy, moddiy - texnik bilimlarni to’la o’zlashtirish;
- hujjatlarni yuritish, rejalashtirish bilan bog’liq bo’lgan bilim va malakalarni egallash;
- olingan nazariy bilim va amaliy malakalarni o’quv amaliyotlari jarayonida sinovdan htkazish;
seminar va amaliy mashg’ulotlarga puxta tayyorlanish, ularga ijodiy yondoshish, reyting tizimi talablarini chuqur o’rganish, ularni amalda qo’llash;
jismoniy tarbiya nazariyasi, pedagogika, psixologiya, ixtisoslik (sport turi) va boshqa fanlardagi boshqaruv usullarini tadbirkorlik asosida ushbu fan bilan bog’lay bilish.
5
I BOB. JISMONIY TARBIYA HARAKATINI BOSHQARISHNING NAZARIY ASOSLARI
Jismoniy tarbiya harakatini boshqarish fanining maqsadi va vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqadorligi.
Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qonun hamda qarorlar boshqarishning asosiy manbalari.
O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportning taraqqiyoti.
Davlatni idora qilish bo’yicha barcha faoliyatlarda Prezidentlik tizimi, Oliy Majlis hamda vazirliklar va jamoat tashkilotlarining o’rni.
Boshqarish tamoyillari. “Jismoniy tarbiya harakati”, “Boshqarish”,
“Boshqarish tizimlari, “Ilmiy boshqarish”, “Boshqarish usullari”tushunchalarining umumiy ta’rifi.
Jismoniy tarbiya harakatini boshqarish maxsus o’quv xamda ilmiy fan sifatida ijtimoiy-pedagogika fanlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. U aholi o’rtasida tashkil qilinadigan ommaviy sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining yo’llarini o’rganadi, shu sohadagi mutaxassislarni tarbiyalashga bevosita xizmat qiladi. Shu sababdan, bu fan O’zDJTI va respublika oliy o’quv muassasalarining jismoniy tarbiya fakulьtetlari, Olimpiya zahiralari va sport hamda pedagogika kollejlari tarkibidagi jismoniy tarbiya bo’limlarining o’quv rejasida o’z o’rni va mavqeiga ega bo’lmog’i lozim.
Fanning asosiy maqsadi bo’lajak mutaxassislarni jismoniy tarbiya va sport harakatining barcha faoliyatlarini tashkil qilish va ularga rahbarlik qilish yo’llari bilan qurollantirishdan iboratdir.
Shu maqsadda u o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi:
fan asoslari va mazmuni bilan tanishtirish;
davlat va jamoat tashkilotlari, ularning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyatlarini o’rganish;
yuqori va quyi sport tashkilotlarining ish mazmunlari hamda ularning usullarini o’zlashtirishni ta’minlash;
egallangan nazariy bilim, amaliy ko’nikma hamda malakalarni o’quv amaliyoti jarayonida tajribadan o’tkazish;
ilmiy-nazariy tadqiqotlar o’tkazishga da’vat etish;
reyting tizimi talablari asosida Talabalarning bilimlarini baholash; Jismoniy tarbiya harakatini boshqarish fani o’quv rejasidagi «Jismoniy
tarbiya va sport tarixi», «Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati», Pedagogika, Psixologiya, Iqtisod nazariyasi hamda barcha mutaxassislik fanlari bilan chambarchas bog’liqdir. Chunki boshqarishda doimiy ravishda ta’kidlanib turadigan sport taraqqiyoti, aholini jismoniy tarbiya vositalari yordamida tarbiyalash usullari, sportchilarning ruhiy holatlari hamda barcha sport tadbirlarini uyushtirishda moddiy-texnik ta’minot sohasidagi bilimlar amaliy tajribalar bilan uzviy bog’liqdir.
Fanning asosiy mazmunini quyidagi yo’nalishlar tashkil etadi:
jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilishning nazariy asoslari;
boshqarishning davlat va jamoat tizimlari;
boshqarishdagi asosiy vazifalar, usullar;
jismoniy tarbiya va sport harakatidagi asosiy tarmoqlar;
horijiy mamalakatlarda jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish, xalqaro sport va Olimpiya harakatlari.
Bularning negizida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bo’lajak mutaxassislarni tayyorlashdagi barcha yo’l-yo’riqlar o’z ifodasini topadi. Eng muhimi, O’zbekistonda olib borilayotgan turli islohotlar, ularning ijobiy natijalari sifatida o’tkazilayotgan turli xil sport tadbirlari, sport inshootlarini qurish va boshqalarning o’z aksini topishi ifodalab beriladi.
«Jismoniy tarbiya harakatini boshqarish» fani o’zining tarixiga ega. Bu haqda quyidagi ma’lumotlarni keltirish mumkin.
Bu fan ilgari jismoniy tarbiya va sport tarixi fanining tarkibida bo’lib,
1948 yildan boshlab mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi va taraqqiy qila boshladi.
1954-1958 yillarda «Организация физической культуры» degan nom bilan birinchi o’quv qo’llanmasi nashr etilgan.
1961 yilda professorlar I.M. Nikiforov va V.S.Polishanskiy tahririda
«Организация физической культуры» nomli rus tilidagi qo’llanma jismoniy tarbiya o’quv muassasalari Talabalari uchun nashr qilindi.
1965 yilda yana shu olimlar tahririda «Организация физической культуры» o’quv qo’llanmasi to’ldirilgan holda qayta nashr etildi.
1977 yilda «Управление физкультурным движением» nomi bilan birinchi marotaba darslik tayyorlandi. Darslikni tayyorlashda pedagogika fanlari doktori, professor Kulunkovich K.A. (Belorussiya Davlat jismoniy tarbiya instituti) raxbarligidagi Belorussiya, Moskva, Kiyevdagi va boshqa bir qator institutlarning olimlari hamda mutaxassislari ishtirok etdi.
Buning sababi shundaki, darslikda boshqarish tizimlari, vazifalari (funktsiyalar) va turli tarmoqlardagi jismoniy tarbiya va sport ishlarini rejalashtirish, ish yuritish, musobaqalar o’tkazish kabi muhim faoliyatlarga e’tibor berilmagan yoki alohida hududlargina nazarda tutilgan edi.
Keyingi yillarda jismoniy tarbiya texnikumlari, pedagogika bilim muassasalari Talabalari uchun «История и организация физической культуры
спорта» V.V.Stolbov (Moskva, 1984) darsligi ommabop xususiyatga ega bo’lgan «Физкультура ъаракатини кенгайтириш йўллари» R.Abdumalikov, T.T. Yunusov, A.K. Akramov (Toshkent, 1988) o’quv qo’llanmasi tayyorlandi. O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti tomonidan «O’zbekistonda Jismoniy tarbiya harakatini boshqarishni tashkil etish yo’llari» T.T.Yunusov,
R.Abdumalikov o’quv qo’llanmasi chiqarildi. Bular orasida R.Abdumalikovning «Jismoniy madaniyat va sport ixtisosligidagi Talabalarni boshqaruvchilik faoliyatlariga tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari» monografiyasi (1994), «Jismoniy tarbiya harakatini boshqarishning nazariy asoslari» o’quv qo’llanmasi (1995) muhim ahamiyat kasb etdi. Bular Talabalarning boshqaruvchilikdagi nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini oshirishda katta xizmat qilmoqda. E’tirof etish kerakki, boshqarish jarayonlarida avvalgi ish tajribalari, erishilgan yutuqlar hamda ilmiy-nazariy tadqiqot
natijalari muhim ahamiyat kasb etish bilan fanning asosiy omili sifatida xizmat qiladi. Bularni o’rganish va tanqidiy yondoshish zarur bo’ladi.
Barcha o’quv muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llanilayotgan fanlar kabi Jismoniy tarbiya harakatini boshqarish fani eng avvalo O’zbekiston Respublikasi Kostitutsiyasi va qonunlari, Prezident Farmonlari va O’zbekiston Vazirlar Mahkamasining qarorlariga tayanadi. Shu bilan birga, sog’lom avlodni tarbiyalashda xizmat qiluvchi milliy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy qadriyatlar hamda xalq pedagogikasiga asoslanadi.
Bu fanning asosiy xuquqiy tayanchi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hisoblanadi. Unda fuqarolarning o’z sog’liqlarini yaxshilash, bilim va madaniy saviyalarini oshirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlari kafolatlangan. O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonuni jismoniy tarbiya va sport harakatini yuritish, unga rahbarlik qiluvchi davlat hamda jamoat idoralarining vazifalari, burchlari va huquqlarini belgilab bergan. Bu jarayonlar fanni o’rganish va mutaxassislar tayyorlash faoliyatida muhim omil bo’lib hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni barcha turdagi o’quv muassasalarida jismoniy tarbiya darslari, darsdan tashqari ommaviy sog’lomlashtirish sport tadbirlarini tashkil qilishga yo’l ochib beradi. Bu jarayonlar ham tashkilotchilik va boshqaruv faoliyatlarining eng muhim tarmog’i sifatida o’z o’rniga egadir.
1993 yilning mart oyida O’zbekiston Respublikasi birinchi Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan «Sog’lom avlod uchun» ordeni ta’sis etildi. Uning Nizomiga ko’ra sog’lom avlodni tarbiyalab yetishtirish mas’uliyati maktab, tarbiya muassasalari kabi sport tashkilotlari zimmasiga ham yuklangan. Bu yo’lda qilinadigan ishlarning mazmuni va rahbarlik usullari Jismoniy tarbiya harakatini boshqarish fani tarkibining asoslaridan biriga aylandi. Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har yili 8 sentabr kunini”Kurash” kuni deb e`lon qildi.
O’zbekistonda barcha sohalardagi yutuqlarni ta’minlash mutaxassis kadrlarga bog’liq ekanligi e’tirof etildi. Shu sababdan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi. Jismoniy tarbiya hamda sportni tashkil kilish va Boshqarishda uning ahamiyati beqiyosdir.
Muhim tomonlaridan yana biri shundaki, Respublika hukumati va mutasaddi vazirliklar, davlat hamda jamoat tashkilotlarining maxsus qarori bilan «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari ishlab chiqildi va uni amalda qo’llash joriy etildi. Buning mazmuni va tashkiliy jihatlari asosan sport tashkilotlari hamda jamiyatlari zimmasida bo’lganligi uchun, o’zining muhim manbai sifatida tan oladi.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan tobora rivoj topmoqda. Bu esa jismoniy tarbiya va sport rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bunga faqat mustaqillik yillarida erishildi. Boshqa sohalar qatori jismoniy tarbiya va sport sohasi ham faqat mustaqqillik yillarida rivoj topdi.
Qonun qabul qiluvchi organ - O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
shakllandi. Oliy Majlis qonunlarni ishlab chiqish va tasdiqlash huquqiga egadir. Uning tarkibida boshqa sohalar kabi fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari
bo’yicha qo’mita mavjud. Bu qo’mita o’z nufuzidagi sohalar bo’yicha qonunlarni tayyorlab, Oliy Majlis sessiyasiga tavsiya etadi. O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»ga qonuni ham shu qo’mita tomonidan ishlab chiqilgan.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining farmonlarini, Oliy Majlis qabul qilgan qonunlarni amalda ijro etuvchi organ O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hisoblanadi. U o’z faoliyatida eng muhim muammolarni hal etish uchun qarorlar qabul qiladi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
O’zbekiston mustaqilligi yillarida jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid 40 dan ortiq muhim qarorlar qabul qilindi va ular hayotga tadbiq etib kelinmoqda.
Yuqorida nomlari qayd etilgan davlat tashkilotlari bilan bir qatorda uning faoliyatiga yordam beruvchi jamoatchi tashkilotlar ham mavjud. Ular orasida O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi markaziy kengashi, “Xalq demokratik partiyasi”, «Milliy tiklanish», «Adolat» sotsial-demokratik partiyalari, Yoshlar Ittifoqi, «Navro’z», «Mahalla», «Ekosan» va boshqa jamg’arma uyushmalar mavjud.
Boshqarishda bir qator tamoyillar mavjud bo’lib, u O’zbekistonda olib borilayotgan siyosat hamda turli islohotlardan kelib chiqqan holda amal qiladi. «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonuning 3-moddasida «Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari» quyidagicha belgilangan.
insonparvarlik;
demokratizm;
-fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va davomiyligi;
-jismoniy tarbiya va sport tizimida davlat va jamoat boshqaruvining ustunligi.
Bu tamoyillar negizida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligi, sport mahoratini oshirish, faoliyatlarni ilmiy jihatdan tashkil qilish, har bir tadbir natijalariga xolisona yondoshish kabi muhim talablar ham mavjuddir.
Insonparvarlik printsipida jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar, shuningdek rahbarlarning sport tadbirlarini tashkil qilish va o’tkazishda sportchilar, ularning murabbiylari, hakamlar hamda tomoshabinlarga nisbatan g’amxo’rligi, sharoitlar yaratib berishga intilishi, jismoniy tarbiya va sport bilan aholining tobora ko’proq qismi shug’ullanishini ta’minlash kabi ishlar ko’zda tutilganligi o’z-o’zidan ma’lum.
Demokratizm tamoyili jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish faoliyatidagi xalqchillik, ko’pchilikning hohishiga rioya etish, tizimdagi rahbar organ va raxbarlarni saylash shuningdek ularning o’z jamoalari oldida muntazam hisobot berib borishlaridan iborat.
Fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va davomiyligi tamoyili, asosan, o’quv muassasalaridagi jismoniy tarbiya darslari, sport to’garaklari
mashg’ulotlarining doimiy tashkil qilinishini ko’zda tutadi. SHuningdek, mehnatkash aholi va keksa kishilarni ham jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishga jalb etishdir. Bunda turli musobaqalarni muntazam o’tkazish, sog’lomlashtirish markazlarining ish faoliyatini yaxshilash maqsad qilib quyilgan. Bu tamoyillarning yana bir jihati shundaki, aholini jismoniy tarbiya va sport, xalq milliy o’yinlariga jalb etish, ayniqsa, iqtidorli sportchilarning mahoratlarini oshirib borish, shuningdek sog’lom avlod tarbiyasini yaxshilashga qaratilgandir. Sport mashg’ulotlarini tashkil qilish, ularni rejalashtirish, musobaqalar o’tkazish, mutaxassis xodimlarni tayyorlash va boshqa faoliyatlarda tadqiqotlarning natijalariga tayanish, faoliyatlarni ilmiy ravishda boshqarish muhim ahamiyatga ega ekanligi bayon qilinadi. Ayniqsa, sport musobaqalarini o’tkazish, turli natijalar, hisob-kitob, nazorat qilish kabi
faoliyatlarda xolisona yondoshish masalalari ishning taraqqiyotiga ko’maklashishi hisobga olingan.
Jismoniy tarbiya va sport harakatida juda ko’p maxsus atamalar ishlatiladi va ularning mazmunida o’ziga xos boshqaruvchilik faoliyatlarini talab etuvchi ma’nolar mavjud. «Jismoniy tarbiya», «Jismoniy madaniyat», «Sport» kabi atamalarning mazmuni va mohiyati «Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati» fanida yetarli darajada bayon qilingan. SHu sababdan ularga alohida to’xtalish zaruriyati yo’q. SHunday bo’lsada, qisqacha tavsif berish joizdir. Ya’ni:
- jismoniy tarbiya pedagogik jarayon sifatida inson kamolotini takomillashtiruvchi vosita va usuldir.
jismoniy madaniyat umumtarbiyaning muhim tarkibiy qismi sifatida
jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish, unda asbob-uskuna, kiyim-bosh, inshootlardan foydalanish, tozalikka rioya etish, gavdaning to’g’ri hamda chiroyli o’sishini ta’minlovchi tarbiyaviy jarayondir.
Ko’rinib turibdiki, bu ikki atama bir-birini to’ldiradi. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bilan uzluksiz xamda ommaviy shug’ullanish esa jismoniy tarbiya harakati demakdir.
Sport murakkab mashqlar majmuasidan tarkib topib, texnik-taktik jihatdan baxslashish mashqidir. Bunda maxsus qoida va talablarga rioya etish zarur, g’oliblar esa musobaqa shaklida aniqlanadi.
«Boshqarish» atamasi barcha sohaga tegishli bo’lgan umumiy ma’nodagi so’z bo’lib, u bevosita faoliyatlarga rahbarlik qilishni anglatadi. Jismoniy tarbiya va sport harakatida «boshqarish» muhim ahamiyat kasb etuvchi faoliyatni ifodalab, sport tashkilotlari, sportklublari, jamoalar orasida musobaqalar, yig’in-anjumanlarni o’tkazishga, yo’lboshchilik qilish ma’nosida ishlatiladigan atamadir.
Boshqarish tizimlari o’z navbatida jismoniy tarbiya va sport harakatining sertarmoqligini bildiradi. Masalan, o’quv muassasalari, ishlab chiqarish mehnat jamoalari, muassasalar, sport inshootlari va hokazo. Ular, o’z navbatida, yana bir qator tizimlardan tarkib topgandir, ya’ni, o’quv muassasalari tizimiga: umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb - hunar kollejlari va oliy o’quv muassasalari kiradi.
Ilmiy boshqarish tushunchasiga eng avvalo, ilmiy tadqiqotlar, ilg’or
tajribalarning natijalarini qo’llash kiradi. Jamoalarni boshqarishda qo’llaniladigan sinov-tajriba, jarayonlar monitoringi ishlarni ilmiy ravishda boshqarish asoslaridir.
Boshqarish usullari - bu jismoniy tarbiya va sport harakatida ko’p qo’llaniladigan va mazmun hamda shakl jihatdan bir-biridan farq qiluvchi faoliyatlardir. Chunki barcha soha yoki jamoalarda birdek ish tutish mumkin emas. Masalan, sport inshootlari va murabbiylarga yaratilgan imkoniyatlar bir xil bo’lgan futbol jamoalarining ish faoliyatida o’xshashlik, talablar yagonadek ko’rilsada, ular bir-biridan tubdan farq qiladi. SHuning uchun o’yinlardagi natijalar va jadvallardagi o’rinlar xar xil bo’ladi. SHu sababdan sport tashkilotlari va jamoalarida eng ilg’or, samarali usullardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining xalqaro aloqalari jahon sporti faoliyatida keng qo’llanib kelinayotgan ba’zi bir yangiliklarni vujudga keltirdi. Bu, o’z navbatida, menejment, marketing, tadbirkorlik kabi tushunchalarni keltirib chiqardi va ular amaliy faoliyatga tobora chuqur singib bormoqda.
O’zbekistonda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirishda jismoniy tarbiya va sport sohasida muxim ishlar amalga oshirilmoqda.
Bo’lajak mutaxassis kadrlarni nazariy bilim, amaliy malaka hamda ko’nikmalar bilan qurollantirishda, «Jismoniy tarbiya harakatini boshqarish» fanining ahamiyati katta bo’lmoqda. Uning mazmuni va mohiyati, xususan, Talabalarga ta’lim-tarbiya berish, kasb-xunarlarning turli usullari bilan tanishtirish, ayniqsa, respubli ka, viloyat, shaxar sport qhmitalari, ularning quyi tarmoqlaridagi tashkiliy ishlar, ularga rahbarlik qilish yo’llarini o’rgatish yangi talablar darajasida amalga oshirilmoqda. Bu esa, o’z navbatida, Talabalarning ijodkorlik faoliyatlari hamda o’z vazifalarini puxta bilish mas’uliyatlarini oshirmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlashda soxaga doir qonunlar, farmonlar qarorlarni o’rganish, ularning ijrosini tahlil qilish, Talabalarning o’quv amaliyotlarida ularga amal qilish yo’llarini singdirish o’quv jarayonining muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda.
Jismoniy tarbiya harakatini boshqarish fanini o’zlashtirishda o’quv rejasidagi boshqa nazariy va amaliy mutaxassislik fanlari mazmunini bog’lash, ularni taqqoslash ishlari Talabalarning mustaqil hamda ijodkorlik bilan o’z kasbiga yondoshishini taqozo etmoqda.
Eng muhimi shundaki, Jismoniy tarbiya harakatini boshqarish fanining asosiy tayanchlaridan hisoblangan milliy qadriyatlar, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy mazmundagi xalk milliy o’yinlarining mohiyatini chuqur o’rganish, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablarini hayotga tatbiq etish usullarini bilish kabi faoliyatlar o’quv jarayonida boshqarish bilan bevosita bog’lanmoqda.
Talabalar bilimlarini mustaxkamlash va o’zlashtirishini nazorat etish savollari
1.Fanning maqsadi, vazifalari, ahamiyati nimalardan iborat?
2.Jismoniy tarbiya harakatini boshqarish fani uquv rejadagi qaysi fanlar bilan bog’liq?
3.Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning asosiy manbalari.
4.Boshqarish qanday tamoyillarga asoslanadi?
5.«Jismoniy tarbiya harakati», «Boshqarish», «Ilmiy boshqarish»
tushunchalarining umumiy ta’rifini bering.
Do'stlaringiz bilan baham: |