1.8. Jismoniy tarbiya harakatini boshqarishning davlat idoralari
O’quv muassasalariga ega bo’lgan davlat idoralari va ularning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi asosiy vazifalari.
Xalq ta’limi vazirligining jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilishdagi ishtiroki.
Sog’liqni saqlash vazirligi tizimida jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish. Aholining sog’lig’ini nazorat va muhofaza qilish, «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturini amalga oshirishdagi faoliyatlar.
Ichki ishlar, mudofaa, qishloq va suv xo’jaligi, yengil sanoat, madaniyat ishlari va boshqa sohalar bo’yicha idora qiluvchi vazirliklarning jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilishdagi asosiy vazifalari.
Xalq ta’limi vazirligida jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish
24
Xalq ta’limi vazirligi tizimida barcha fanlar bilan bir qatorda jismoniy tarbiya darslari ham o’zining mazmunan va shaklan o’rni hamda mohiyatiga ega. SHu tufayli Xalq ta’limi Vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablari, maxsus maktablar, kollej, litseylar, sport maktablari hamda maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida jismoniy tarbiyaga aloxida o’rin berilgan. O’quv muassasalari va turli muassasalarning ish mazmuniga qarab jismoniy tarbiyaning mazmuni, shakli va xususiyatlari ham o’ziga xosdir. Ularni tashkil qilish va boshqarishning ham alohida xususiyatlari mavjud. SHu tufayli Xalq ta’limi vazirligi tizimida jismoniy tarbiya va sport ishlarini boshqarish
bo’limlari, turli idoraviy va jamoat sport tashkilotlari ham kiradi.
Shu o’rinda aytish kerakki, «Ta’lim to’g’risida»gi qonun asosida hozirgi
kunda respublikada xalq ta’limi tizimida keskin o’zgarishlar, islohotlar
o’tkazilmoqda.
Jismoniy tarbiya darslari Davlat ta’lim standartlari asosida tashkil etilmoqda. Respublikadagi 9 mingdan ortiq maktablarda 6 mln.ga yaqin talabalar ta’lim olmoqda.. Ularda 17 mingdan ortiq o’qituvchilar jismoniy tarbiyadan mashg’ulotlar o’tkazmoqda. Deyarlik barcha o’quv muassasalarida sport zallari, o’yin maydonlari, ba’zi birlarida suv havzalari mavjud. Sportning 20 dan ortiq turlari, bo’yicha har yili «Quvnoq startlar», «Umid nixollari» musobaqalari o’tkazib kelinmoqda..O’quvchi yoshlarning ko’pchiligi turli sport to’garaklari, sayohatlar ommaviy sport musobaqalarida doimo ishtirok etadi. Xalq ta’limi vazirligi tizimida turli doirada va toifada tashkil qilingan bolalar va o’smirlar sport maktablari faoliyat ko’rsatadi, ularning o’ziga xos tashkiliy, moliyaviy-xo’jalik tadbirlari mavjud. Ana shularning hammasini uyushtirish va boshqarish uchun juda katta mexnat talab qilgandi.
O’quvchi yoshlarning darsdan tashqari sport va sog’lomlashtirish mashg’ulotlarini tashkil qilish va sport musobaqalarini o’tkazishda ularning jamoatchi tashkilotlari, ya’ni «Yoshlik» sport uyushmalari hamda ularning quyi tarmoqlari xizmat qiladi.
Yana shuni ham e’tirof etish kerakki, mustaqillik sharofati bilan milliy qadriyatlar, urf - odatlar tiklanmoqda. Bu juda ko’p ijobiy tomonlarga ega bo’lish bilan birgalikda, maktab talabalari, ayniqsa, mahalliy millat qizlarining jismoniy tarbiya, sport bilan shug’ullanishlari haqida turli fikr va mulohazalarni ham keltirib chiqarganligi sir emas, ya’ni ularning murakkab mashqlarni bajarmasligi, hozirgi mavjud bo’lgan sport kiyim-boshlarini kiymasligi va hokazolar. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi, o’zining katta anjumanini Farg’onada o’tkazib, ma’lum qarorga keldi. Bu o’z navbatida, aholining xaqli e’tirozlarini inobatga olish va qizlar mashg’ulotlarini talab va zamon sharoitiga moslab o’tkazishda bir qadar olg’a siljish bo’ldi. Lekin mazkur sohada mutaxassislar, qizlarning o’zlari va ba’zi bir ota-onalarning ham jiddiy e’tirozlari borki, qizlarni jismoniy tarbiya va sportdan butunlay uzoqlashtirish mumkin emas.
Xalq ta’limi vazirligi tizimida bevosita jismoniy tarbiya va sport ishlariga rahbarlik qiluvchi bo’limlar, kabinetlar asosan quyidagi faoliyatlarni amalga oshirishda rahnamolik qiladilar:
O’quvchi yoshlarning jismoniy kamolotini oshirish, ularni mehnat va hayotga tayyorlash, bunda jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug’ullanish ni o’rgatish.
Sog’lom turmush tarzida jismoniy tarbiya va sportning mohiyatini, o’rnini ongli ravishda tushunishlariga erishish.
Jismoniy tarbiya darslari, sport mashg’ulotlari va turli musobaqalarda qatnashish yhli bilan hzlarining jismoniy sifatlarini tarbiyalash, jamoa (komanda) axilligi, o’zaro hurmat va g’oliblik, kurash yo’llarini o’rgatish.
Jismoniy tarbiya vositalari orqali mexnatga tayyorgarlik va Vatan ximoyasi uchun o’z kuch va qudratlarini oshirishga odatlantirish. Bunda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarini to’la bajarishlariga erishish.
Sport cho’qqilarini egallashga chorlash, Xalqaro sport maydonlarida
respublika obrqyini ko’tarish tuyg’ularini kuchaytirish va vatanparvarlik fazilatlarini rivojlantirish.
Bo’lajak kasbga tayyorlash va, qaysi kasb-hunar bo’lmasin, o’z sog’liqlarini mustahkamlashga intilish, kelajakda sog’lom avlod uchun kurash yo’llarini egallash va hokazolar.
Ana shu faoliyatlar o’quv muassasalarida qanday amalga oshirilayotganligi bilan faqat mutasaddi tashkilotlargina emas, balki juda ko’p mutaxassislar, ilmiy xodimlar ham qiziqadi. Ana shularni e’tiborga olgan holda maktab talabalarining jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan qiziqishlari hamda ularning jismoniy tayyorgarliklarini o’rganish maqsadida maxsus izlanish va tadqiqot ishlarini olib borish davom etmoqda. Bu tadqiqotlar Davlat sport qo’mitasi va O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining 1991-1995; 1996-2000 hamda 2017 yilgacha mo’ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari rejalarining birinchi yo’nalishi va ilmiy hisobotlarida o’z ifodasini topgan. Shuningdek, bir qator o’quv qo’llanmalari, usuliy tavsiyanomalar, monografiyalar, ilmiy maqolalar e’lon qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ni amalga oshirish yo’lida O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi yetakchi hisoblanadi. Muassasaviy mansublikdan qat’iy nazar, barcha o’rta maxsus va oliy o’quv muassasalarining o’quv rejalari, dasturlari, shu vazirlik tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Shular qatorida o’quvchi-yoshlar va talabalarning jismoniy tarbiya darslari, ommaviy sog’lomlashtiruvchi sport tadbirlariga ham umumiy qoida va talablar asosida rahbarlik shu vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.
Ma’lumki, ijtimoiy mehnat va turmush sharoiti bilan bog’liq sohalar juda ko’p. Ular malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni taqozo etadi. Bu yo’lda kasb-hunar kollejlari, turli yo’nalishdagi bilim muassasalari o’z faoliyatlarini davom ettirmoqda. Shu bilan birgalikda, Davlat ta’lim standartlari hamda kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida yangidan kollejlar, litseylar, gimnaziyalar tashkil etilmoqda. Bunday o’quv muassasalarida jismoniy tarbiya darslari va ommaviy sport turlari birmuncha ustuvor turadi. Ularni uyushtirish va tashkiliy masalalar umumiy qoidalar hamda maxsus Nizomlar asosida olib
boriladi. Ularning «Barkamol avlod o’yinlari» sport musobaqalari asosiy tadbirlardan biridir.
Yuqorida qayd etilgan Xalq ta’limi vazirligi tizimining barcha turdagi hamda toifadagi o’quv maskanlari, muassasalarida «Jismoniy tarbiya» darslari davlat dasturi asosida tashkil etiladi. O’quvchi-yoshlar va talabalarning «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari talablari hamda ommaviy sog’lomlashtiruvchi sport tadbirlari sog’lom avlod tarbiyasi, ularning ma’naviy va jismoniy jihatdan barkamol bo’lib o’sishlarini ta’minlashga qaratilgandir. Ularning Universiadalari eng muhim ommaviy sport tadbirlari tarkibiga kirib bormoqda.
Xalq ta’limi vazirligi o’z faoliyatlarini o’quvchi yoshlarni jismonan baquvvat, sog’lom va barkamol qilib tarbiyalab yetishtirish maqsadiga qaratganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |