Talabalar bilimlarini mustaxkamlash va o’zlashtirishini nazorat etish savollari
1.Iqtidorli sportchilarni tarbiyalashda bolalar va o’smirlar sport maktablarining ahamiyati qanday?
2.Sport maktablarining turlari va ularning Nizomlari haqida tushunchalarga ta’rif bering?
3.Ixtisoslashgan va kompleks sport maktablarining bosqichlari. Murabbiylar kengashi. Iqtidorli yoshlarni tanlash, qabul qilish tartiblari haqidagi fikrlaringiz? 4.Iqtidorli yoshlarni tanlash, qabul qilish tartiblarini tushuntirib bering?
6.Sport maktablarida ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilish. Murabbiylar, tarbiyachilar, xodimlar va sportchilarni rag’batlantirish qanday kechadi?
7.Sport markazlari va ularning faoliyatlari haqida?
8.Aholi turar-joylarida ommaviy sog’lomlashtirsh va xalq milliy o’yinlarini tashkil qilish haqida?
60
3.7. Aholi turar-joylarida ommaviy sog’lomlashtirsh va xalq milliy o’yinlarini tashkil qilish
Aholining jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan ehtiyojlarini o’rganish.
«Mahalla» jamg’arma uyushmasi, «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi, Mahalla oqsoqollari kengashlarining faoliyatida jismoniy tarbiya va sport ishlarining mazmun vazifalari.
«Navro’z», «Mustaqillik kuni» bayramlari va boshqa milliy an’analarda xalq milliy o’yinlarini tashkil qilish.
Sport turlari va xalq milliy o’yinlari bo’yicha jamoalar, to’garaklar tashkil qilish.
Dam olish maskanlarida (sport lagerlari, istirohat va ko’ngil ochish bog’lari va hokazolar) sog’lomlashtirish ishlari.
Aholining jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan ehtiyojlarini o’rganish
Buyuk kelajak avlodlarini aqlan yetuk, jismonan barkamol qilib tarbiyalab yetishtirish muammolari barcha davlat va jamoat idoralari zimmasiga yuklatilgan. Bunday keng qamrovli va mas’uliyatli tarbiyaviy jarayonlarni amalga oshirishda mahalla oqsoqollari kengashlari, ularning tarkibidagi turli komissiyalar, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport faollarining uyushmalari (jamoalari) ham katta rolь o’ynaydi. Bularning zamirida «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturi mazmuni muhim ahamiyatga egadir.
Aholining jismoniy baquvvat bo’lishi va uzoq umr ko’rishi sog’lom turmush madaniyati bilan belgilanadi. Bu borada O’zbekiston Prezidenti ning «O’zbekistonning chinakam mustaqillikka erishishidan iborat o’z yo’li respublikani rivojlantirishning quyidagi asosiy o’ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlarini har tomonlama hisobga olishga asoslanadi. Avvalo, u aholining milliy tarixiy turmushi va tafakkuri tarzidan, xalq an’analari va urf-odatlaridan kelib chiqadi» degan mulohazalari e’tiborga loyiqdir. Ayniqsa, «Sog’lom avlod uchun» ordenining ta’sis etilishi, «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonun, «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturi, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarini ishlab chiqilishi hamda ularning hayotga tatbiq qilinishi jismoniy tarbiya va sport xodimlari zimmasiga aholi o’rtasida sog’lomlashtirish va sport tadbirlarini yanada rivojlantirish mas’uliyatlarini yuklaydi.
O’zbekistonning mustaqillikka erishishi sharofati tufayli mahallalar, dahalar, mavzelar, yirik qishloqlarda aholini jismoniy tarbiya, sport, sayohat, xalq milliy o’yinlari hamda ommaviy sog’lomlashtirish ishlariga jalb qilish ancha rivojlandi.
Mamlakatda milliy qadriyatlarning qayta tiklanishi, uni yanada boyitishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning olib borilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aholining ijtimoiy turmush darajasi tobora yaxshilanmoqda. Bunda o’tkazilayotgan turli sport musobaqalari, xalq milliy o’yinlari festivallari katta hissa qo’shmoqda. Bu aholining jismoniy tarbiya va sportga ehtiyoji oshayotganidan dalolatdir. Har yilgi mustaqillik kuni hamda «Navro’z»
bayramlaridagi ommaviy sayllar, sport musobaqalari buning isbotidir. Respublika hukumatining qarorlari, turli ko’rsatmalar asosida mahalallar va boshqa aholi istiqomat joylarida jismoniy tarbiya va sportni jonlantirish ishlarida mahalla kengashlari, sport tashkilotlari xodimlari, sport faollari bilan hamkorlikda ish tutmoqda.
Shaharlar va qishloqlarning aholisi o’rtasida spartakiadalar, xalq milliy o’yinlari musobaqalarini o’tkzish an’anaga aylanmoqda. Bunda sportning futbol, kurash, arqon tortishish, tosh ko’tarish, yengil atletika kabi turlari ommaviy tus oldi. Bu tadbirlarga jismoniy tarbiya va sport sohasida ta’lim olayotgan Talabalar jalb qilinib, tashkiliy ishlarda ular faollik ko’rsatadilar.
E’tirof etish kerakki, bir qator mutaxassislar aholi turar joylarida sog’lomlashtirish va ommaviy sport tadbirlarini tashkil qilishning namunaviy dastur hamda ish rejalarini ishlab chiqqanlar. Toshkent shahri sharoitida bir qa-tor usuliy qo’llanmalar ishlab chiqilgan. Buni quyidagicha isbotlash mumkin:
Mahalla oqsoqollari kengashlari qoshidagi jismoniy tarbiya jamoasi kengashi yoki sport klub majlislari rejasi (namuna sifatida).
Yanvar. 1. Jismoniy madaniyat jamoasi kengashining majlislar rejasini tasdiqlash.
«Salomatlik» sportklubini tashkil etish.
Sog’lomlashtirish va ommaviy sport tadbirlari kalendar rejasini
tasdiqlash.
Turar joylar, ko’chalar va uylarning jismoniy tarbiya komandalarini tasdiqlash.
Fevral.1. Sport inshootlarini yozgi mavsumga tayyorlashning borishi to’g’risida.
Jamoatchi kadrlar tayyorlashning borishi, shu maqsadda seminarlar o’tkazish hamda bunday kadrlardan amaliy foydalanish xususida.
Har xil masalalar.
Mart. 1. Sport turlari bo’yicha to’garaklar, jamoalar ishini tashkil etish hamda ularga jamoatchi faollarni biriktirib qo’yish to’risida.
Homiylikka olgan korxona jismoniy tarbiya jamoasining aholi turar-joylaridagi ishlarda ishtiroki va amaliy yordam ko’rsatish to’g’risida.
Har xil masalalar.
Aprel. 1. Milliy o’yinlar bo’yicha musobaqa o’tkazish to’g’risida.
«Charm to’p» klubi sovrini uchun futbol musobaqalariga tayyorgarlik rejasi to’g’risida.
Har xil masalalar.
May. 1. Aholini jismoniy tarbiyalash, «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturi hamda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari asosida musobaqalar o’tkazish tartib-qoidalarini tasdiqlash.
2. Jismoniy tarbiya va sport ishlarini eng yaxshi yo’lga qo’ygan mavzelar, ko’cha va uylarning ko’rik-tanlovlarini o’tkazish Nizomini tasdiqlash.
Iyun. 1. Suzish va sog’lomlashtirish gimnastikasi bo’yicha pulli guruh tashkil etish.
2. Talabalar, o’smir va yoshlar spartakiadalarini o’tkazish.
Voleybol va tennis maydonchalari qurilishida aholi va mahalla faollarining qatnashuvini ta’minlash.
Iyul. 1. Sog’lomlashtirish markazlaridagi salomatlik guruhlariga aholini jalb etish.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun sport bayrami o’tkazish.
Uy-joydan foydalanuvchi shirkatlar terma jamoalarining shahar (tuman) birinchiligi musobaqalariga hamda mahallalar, dahalar bilan uchrashuvlariga tayyorgarlik.
Har xil masalalar.
Avgust 1. Mahalla oqsoqollari kengashlari ish faoliyatini muhokama
qilish.
O’zbekistonning Mustaqilligi kuni bayramiga bag’ishlab sport musobaqalarini o’tkazish.
Sentyabr. 1. Sport bilan shug’ullanuvchilar va faollarning sport zali, o’yin maydonlari quri-lishida qatnashuvini ta’minlash.
O’rta va katta yoshdagi kishilar o’rtasida spartakiada o’tkazishga tayyorgarlik.
Oktyabr. 1. Yozgi sport mavsumi yakunlari to’g’-risida axborot etish.
Tarbiyasi og’ir bolalarni jismoniy tarbiya va sport bo’yicha muntazam mashg’ulotlarga jalb etish to’g’risidagi axborotlarini eshitish.
Maydonchalarni qishki mavsumda ishlatishga tayyorlash.
Noyabr.1. Sog’lomlashtirish va sport ishlarini eng yaxshi yo’lga quyish yuzasidan mavzelar, ko’cha va uylar o’rtasidagi o’zaro musobaqa va ko’rik-tanlovlarning yakunlarini eshitish.
Mahalladagi o’zaro musobaqa yakunlariga ko’ra faol jamoatchilarni rag’batlantirish.
Dekabr. 1. Bir yilgi ish yakunlari to’g’risi dagi axborot va mahalla oqsoqollari kengashi qoshida jismoniy faollari uyushmasini tashkil qilish, ularning kelgusi yil ish rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
SHuni eslatish zarurki, bu namunaviy reja mahalla oqsoqollari kengashlari, ularning qoshidagi jismoniy tarbiya va sport faollari uyushmasi (jamoa) uchun mo’ljallangan. SHu asosda yangidan tashkil qilinadigan maxalla jismoniy tarbiya jamoalari kengashlari (yoki uyushma) ham o’z rejalarini tuzib olishlari maqsadga muvofiqdir.
Mahallalar, qishloqlarda jismoniy tarbiya o’qituvchilari, murabbiylar va sportchi faollarga tayangan holda kichik guruhlar, jamoalar (komandalar), uyushmalar tuzib, mashg’ulotlar, musobaqalar o’tkazib turish lozim.
Turar joylardagi o’rta va katta yoshdagi kishilar orasida stol tennisi, shaxmat va shashka, milliy o’yinlar, yengil atletika to’garaklari, guruhlar va jamoalarni ommalashtirish ularda sog’lomlashtirish tadbirlarining turli shakllaridan, shu jumladan, ertalabki gimnastika, yurish, sayohat va boshqa turlardan keng foydalaniladi.
Aholi turar-joylarida ommaviy sport ishlarini muvaffaqiyatli o’tkazishda sport inshootlari katta ahamiyat kasb etadi. Bu inshootlar belgilangan qurilish me’yorlari talablariga mos, bolalar hamda kattalarning ehtiyojlarini
qondiradigan, shu turar-joy qurilishiga munosib, hamohang bo’lishi kerak. Sport maydonchalari, sog’lomlashtirish shaharchalari, yugurish va chigal
yozish yo’lakchalari, o’yin maydonchalaridan iborat hovli o’yingohlari shinam bo’lishi kerak. Bunday o’yingohlarda usti yopiq joylar bo’lishi, yaxshi yoritilishi ham kerakki, bu narsa ulardan foydalanish muddatini uzaytiradi.
Sport inshootlarini maxsus moslamalar, trenajyorlar bilan jihozlashga alohida e’tibor berish zarur. CHunki shu yo’l bilan avvlo ulardan yoz va qish fasllarida foydalanish imkoniyatini, qolaversa, ko’pchilik bo’lib yoki yakka tartibda o’tkaziladigan mashg’ulotlar samaradorligini oshirish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, aholi turar joylarida sog’lomlashtirsh tadbirlarini tashkil qilish mahalla oqsoqollari kengashlari hamda mutaxassislar ishtirokida o’tkazilishi lozim. «Navro’z», «Mustaqillik kuni» va boshqa bayramlarga tayyorgarlik jarayonlarida futbol, kurash, voleybol, yugurish va xalq milliy o’yinlarini musobaqa shaklida o’tkazish lozim. Tuman, shahar hokimiyatlari, sport qo’mitalari hamda homiylarning faol ishtiroklarini ko’proq jalb qilish lozim bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |