iqtidorli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini takomillashtirish, Olimpiya,
Paralimpiya va Osiyo o’yinlarida, jahon, Osiyo chempionatlarida va boshqa nufuzli xalqaro musobaqalar va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishni ta’minlash uchun ulardan sifatli sport zaxirasini va mamlakat terma jamoalari tarkiblarini shakllantirish sohasida;
O’zbekiston Respublikasi sport terma jamoalari tarkiblarini va ularning eng yaqin zaxiralarini tasdiqlaydi, O’zbekiston sport delegatsiyalarini butlaydi, ularni xalqaro sport musobaqalariga va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarga tayyorlashni va ishtirok etishini ta’minlaydi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida sport va dopingga qarshi markazlar, ta’lim muassasalari va ilmiy tashkilotlar tashkil etish bo’yicha takliflar kiritadi va ular faoliyatini tashkil etishni ta’minlaydi;
konferentsiyalar, ko’rgazmalar va sport musobaqalari o’tkazadi, sport sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish ishlarini tashkil etadi;
O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) va jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqa nodavlat
notijorat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishga ko’maklashadi;
Milliy olimpiya qo’mitasi, sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari bilan birgalikda keyinchalik sport zaxirasini shakllantirish uchun iste’dodli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va ularning mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini o’tkazish bo’yicha kompleks tadbirlarni tashkil etadi;
xalqaro hamda respublika sport va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlar o’tkazilishini, sportchilar, trenerlar va boshqa mutaxassislar ta’minotini, O’zbekiston Respublikasi sportchilarini, sport terma jamoalarini Olimpiya, Paralimpiya va Osiyo o’yinlariga, jahon, Osiyo chempionatlariga, kuboklariga va birinchiligiga va boshqa xalqaro sport musobaqalariga tayyorlashni va ishtirok etishini, xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallari to’lanishini belgilangan tartibda ta’minlaydi;
mamlakatda professional sportni rivojlantirishni rag’batlantirish, ilg’or xorijiy tajribani hisobga olgan holda zamonaviy texnologiyalarni sport tayyorgarligi jarayoniga joriy etish, sport turlari bo’yicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalarni tashkil etish, nosog’lom sport raqobatiga va taqiqlangan preparatlar qo’llanilishiga qarshi kurash bo’yicha tizimli chora-tadbirlar ko’rish sohasida:
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Milliy olimpiya qo’mitasi, sport turlari bo’yicha federatsiyalar va assotsiatsiyalar bilan birgalikda mamlakatda professional sportni tashkil etish va yanada shakllantirish bo’yicha takliflar kiritadi;
yuqori malakali sportchilarni va sport zaxirasini tayyorlash ishlarini olib boradi, idoraviy bo’ysunishidan qat’i nazar, sport maktablari, klublar va sport tayyorgarligi markazlari rivojlanishi va ixtisoslashtirilishini muvofiqlashtiradi;
xorijiy mamlakatlarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning jahon ilmiy-texnik taraqqiyoti yutuqlari, ilg’or tajribasi umumlashtirilishini, ushbu yutuqlar respublikada joriy etilishini ta’minlaydi;
sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ning iltimosnomasi bo’yicha sportning alohida turlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi sport terma jamoalari sportchilarining O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari va sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ning o’z mablag’lari hisobiga moliyalashtiriladigan xalqaro sport musobaqalarida va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda ishtirok etishini tasdiqlaydi va ta’minlaydi;
jismoniy tarbiya va sport sohasida eng o’rnak ko’rsatgan xodimlarni, shuningdek O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ko’maklashgan boshqa shaxslarni idoraviy ko’krak belgilari bilan mukofotlaydi;
sport unvonlari, sport razryadlari va malaka toifalari berish tartibini tasdiqlaydi;
sport sohasidagi ulkan yutuqlari uchun mukofotlar ta’sis etish va O’zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini berish to’g’risidagi takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |