U. Radjapov, F. Miraxmedov, G. Shorayeva jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi


e)jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport tashkilotlarining moddiy-



Download 2,54 Mb.
bet18/62
Sana20.02.2023
Hajmi2,54 Mb.
#913273
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi u

e)jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport tashkilotlarining moddiy-

36


texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, mahalliy sport uskunalari va inventarь ishlab chiqarishni tashkil etish va kengaytirish sohasida:

O’zbekiston Respublikasi sportchilarini va sport terma jamoalari a’zolarini sport inventari, uskunasi hamda kiyim-bosh, anjomlar bilan ta’minlaydi;


ommaviy, bolalar va professional sport yo’nalishlari bo’yicha ob’ektlar va inshootlar faoliyatini takomillashtirish va yangilarini qurish bo’yicha takliflar kiritadi, ulardan eng ko’p darajada va samarali foydalanishni ta’minlaydi;


jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport tovarlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga ko’maklashadi;


yangi jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport inshootlari qurishni va ishlab turganlarini rekonstruktsiya qilishni tashkil etishga ko’maklashadi;


jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport inshootlaridan foydalanish, shuningdek ularning pasportlarini berish tartibini tasdiqlaydi;


idoraviy mansub tashkilotlarga ularning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishda va axborot ta’minotini, maslahat berish, kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashni va yordamning boshqa turlarini jalb etishni tashkil etishda ko’maklashadi;





  1. jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish, jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport tashkilotlarini, ta’lim va sport-ta’lim muassasalarini yuqori malakali trenerlar va boshqa sport mutaxassislari bilan ta’minlash sohasida:

kadrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak axloqiylik ruhida tayyorlash jarayonini tashkil etadi, odamlarning o’zining jismoniy, umumta’lim va madaniy darajasini oshirishga bo’lgan intilishini rag’batlantirish ishlarini olib boradi;


jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar malakasini oshirishni, ularni qayta tayyorlashni, tajriba orttirishni va attestatsiyadan o’tkazishni ta’minlaydi;


bolalar sporti jamoalari, mutaxassislari, shuningdek sportchilar hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa vakillarning, ularning idoraviy mansubligidan qat’i nazar, xalqaro tanlovlarda, festivallarda, sport musobaqalarida va chet eldagi boshqa tadbirlarda ishtirok etish uchun tayyorlashni, jo’natishni va qabul qilishni ta’minlaydi;





  1. sport sohasida davlatlararo va xalqaro sport aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sport sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etish ishlarini tashkil etish, ommabop sport dasturlari tashkil etilishiga ko’maklashish, jismoniy tarbiya va sport sohasida ommaviy adabiyotlarni nashr etish va mavzuli video- va kino materiallar yaratish sohasida:

jismoniy tarbiya va sport bo’yicha ilmiy, o’quv, ilmiy-ommabop va ommaviy adabiyotlar yaratilishi va nashr etilishini, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida foto va video materiallar yaratilishini tashkil etadi;


xalqaro sport aloqalarini amalga oshiradi va rivojlantiradi, xalqaro sport hamjamiyatlari bilan o’zaro munosabatlarda O’zbekiston Respublikasi



37


manfaatlarini ifodalaydi;

hamkorlik bo’yicha xalqaro loyihalarni ishlab chiqadi hamda jismoniy tarbiya va sport sohasiga xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb etishda ishtirok etadi, O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishini ta’minlaydi;


sport sohasida iqtidorli yoshlar vakillariga ko’maklashadi va yordam beradi, ularni o’qish uchun chet elga yuboradi;


manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ommabop sport dasturlari tashkil etilishida, jismoniy tarbiya va sport sohasida ommaviy adabiyotlar nashr etilishida va mavzuli video va kino materiallar yaratilishida ishtirok etadi;


taniqli sport namoyandalarini, respublikaning va xorijiy mamlakatlarning yetakchi pedagog-mutaxassislarini respublika sport ta’lim muassasalarida o’qituvchilik qilishga va mahorat darslari o’tkazishga taklif etadi.





  1. Qo’mita o’ziga yuklangan vazifalar va funktsiyalarni bevosita, shuningdek o’zining hududiy bo’linmalari, o’ziga idoraviy mansub boshqa tashkilotlar orqali amalga oshiradi.




Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish