U. Radjapov, F. Miraxmedov, G. Shorayeva jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi



Download 2,54 Mb.
bet39/62
Sana20.02.2023
Hajmi2,54 Mb.
#913273
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi u

bosqich (5-17 yosh)

1 guruh - 5-6- yosh (o’g’il va qiz bolalar)

2 guruh - 7-8- yosh (o’g’il va qiz bolalar)


3 guruh - 9-10- yosh (o’g’il va qiz bolalar) 4 guruh - 11-12- yosh (o’g’il va qiz bolalar) 5 guruh - 13-14- yosh (o’g’il va qiz bolalar) 6 guruh - 15-16- yosh (o’spirin va qizlar)


7 guruh - 17 yoshlar (o’spirin va qizlar)





  1. bosqich (18- 34 yosh)

8 guruh - 18-23- yosh (erkaklar, ayollar)
9 guruh - 24-29- yosh (erkaklar, ayollar)
10 guruh - 30-34- yosh (erkaklar, ayollar)


3 bosqich (35 – 60 yosh va undan yuqori)

11 guruh - 35-39 yosh (erkaklar, ayollar) 12guruh - 40-44 yosh (erkaklar, ayollar)


13 guruh - 45-49 yosh (erkaklar, ayollar)


14 guruh - 50-54 yosh (erkaklar, ayollar)
15 guruh - 55-60 yosh va undan katta (erkaklar, ayollar)

“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari asosida ko’pkurash sport turiga ishtirokchining yoshi va jinsini hisobga olgan holda olti turi kiritiladi. Ko’pkurash musobaqalari sport turlari bo’yicha bo’ladigan musobaqalar qoidalariga muvofiq o’tkaziladi. Musobaqalar oldidan shug’ullanuvchilar me’yorlar majmuasini topshirishlari kerak. Buning uchun ular tayyorgarlik ko’rishlari zarur.




Maxsus testlar asosidagi sinovlarni
o’tkazish shartlari va tartibi

“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari asosida musobaqalar umumiy o’rta ta’lim maktablarining barcha sinflari, kollej, litsey va oliy o’quv muassasalarining barcha kurslari Talabalari o’rtasida (tibbiy guruhga kiruvchilardan tashqari) hamda mazkur muassasalarda faoliyat yuritayotgan o’qituvchi, murabbiy va boshqa xodimlari o’rtasida o’tkaziladi. Boshqa sohalarda mehnat qilayotgan yoshlar uchun sog’lomlashtirish yo’nalishidagi musobaqalar tashkil etiladi. Harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi tao’kilot xodimlari uchun maxsus o’tkaziladigan mashg’ulotlar uyushtiriladi.


Maxsus testlarni sinov topshiriga yuqorida nomlari zikr etilgan barcha kontingent jalb etiladi. Bundan tashqari shifokorning ruxsatnomasiga ega bo’lgan, tashkiliy sur’atdayoki mustaqil ravishda sport bilan shug’ullanadigan



70


barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin.

“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarining sinov turlari bo’yicha musobaqalardagi mashqlarning bajarish shartlariga hamda sport turlari bo’yicha musobaqalar qoidalariga muvofiq shahar (tuman) sport bo’limlari tomonidan tasdiqlangan hakamlar hay’ati o’tkazadi. Hakamlar hay’ati tarkibiga tibbiy xodim ham kiradi. Testlarni topshirishga tayyorgarlik ishlari talabalar, Talabalar uchun o’quv muassasalarida o’quv mashg’ulotlari hamda o’qishdan tashqari jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va sport mashg’ulotlari jarayonida, turli yerdi mehnat qilayotgan yoshlar uchun sport sektsiyalari, umumiy jismoniy tayyorgarlik guruhlar, sihat-salomatlik guruhlarida tashkil etiladi.


Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlar bo’yicha ishlarni tashkil etish


Respublika, viloyat, shahar va tumanlarda test me’yorlarining bajarilishiga rahbarlik va bu ishlar ustidan nazorat tegishli hokimiyat, sport bo’limlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim hamda Xalq ta’lim vazirliklari va ularning joylardagi bo’limlari, korxona va tashkilotlarning kasaba uyushmasi ko’mitalari, harbiy qismlarning qo’mondonlari va huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarning bo’lim rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.


Me’yorlarni va test talablarini bajargan musobaqa qatnashchilari ko’krak nishonlari va maxsus guvohnomalar bilan taqdirlanadi. Nishonlar va maxsus guvohnomalar bilan taqdirlashning sarf-harajatlarini tegishli o’quv tashkilot, harbiy qism va huquqni muhofaza qilish muassasalari o’z zimmasiga oladi. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus test natijalariga ko’ra nishon, guvohnoma, diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlash tantanali ravishda o’tkaziladi.


Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari bo’yicha ishlarni joriy etish va tashkil qilishga doir tashkiliy-uslubiy ko’rsatmalar


“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari jismoniy mashqlar bilan mustaqil shug’ullanishga doir bilimlar, ko’nikma va malakalarni egallash, shuningdek, gigiena va fuqarolar mudofaasi yuzasidan nazariy va amaliy mashg’ulotlarni ko’zda tutadi. Mashg’ulotlar aholining o’qish, xizmat joylari, turar joylarida tashkil etiladi.


Me’yorlarni qabul qilish ishlari ma’muriyatning buyruqlari bilan tasdiqlanib, joylardagi tegishli sport bo’limlari bilan kelishilgan holda maxsus testlar bo’yicha tegishli mahalliy komissiyalar tomonidan o’tkaziladi.


“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari bo’yicha me’yorlarni topshirishga tayyorgarlik hamda uni bajarish ishlari o’quv yili davomida o’tkaziladi.


“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari mamlakat aholisining jismoniy tarbiya tizimining dasturiy va me’yoriy asosidir. Nazorat me’yorlari yordamida aholining o’qish, mehnat faoliyati va harbiy xizmatga bo’lgan jismoniy tayyorgarligini umumiy darajasi aniqlanadi. Maxsus testlar



71


salomatlikni mustahkamlash, ijodiy va mehnat faolligini oshirishiga yordam beradi.

Aholining salomatligini ta’minlovchi «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturi, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari mazmunida mamlakatda jismoniy tarbiya va sport harakatini yanada takomillashtirish vazifalari mufassal ishlab chiqilgan va ular amalda qo’llanilmoqda.





Download 2,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish