Talabalar bilimlarini mustahkamlash va o’zlashtirishini nazorat etish savollari
1.Aholining jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan ehtiyojlarini o’rganish to’g’risida?
2.«Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi haqida tushuncha bering?
3.«Navro’z», «Mustaqillik kuni» bayramlari va boshqa milliy an’analarda xalq milliy o’yinlarini tashkil qilishning ahamiyati?
4.To’garaklarni qanday tashkil qiliinadi?
5.Dam olish maskanlarida (sport lagerlari, istirohat bog’lari va x.k.) sog’lomlashtirish ishlarini tashkil qilish haqidagi fikrlaringizni bayon eting?
«Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari ishlarini tashkil qilish
O’zbekistonda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlarini joriy etish to’g’risidagi qarorning qabul qilinishi.
«Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari to’g’risida Nizom vva uning mazmuni.
«Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari bo’yicha ishlarni joriy etish va tashkil qilishga doir tashkiliy-uslubiy ko’rsatmalar.
«Alpomish» va «Barchinoy» Maxsus testlarning ijtimoiy va tashkiliy-tarbiyaviy xususiyatlari.
O’zbekistonning buyuk kelajagini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, ta’lim-tarbiya jarayonlarida tub islohotlar o’tkazilmoqda.
Respublikada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ta’lim-tarbiyaviy va boshqa sohalardagi islohotlar va turli tadbirlarning negizida aholining ijtimoiy turmush madaniyatini yaxshilash, sog’lom turmush tarzini tarkib toptirish masalalari mazmun topgan.
Buyuk kelajakni ta’minlovchi hozirgi avlodlarning sog’lig’ini yaxshilash, yoshlarning ma’naviy va jismoniy kamolotini tobora mustahkamlash Prezidentimiz va Respublika xukumatining eng muhim maqsadlaridan biridir. Bunda eng kichik yoshdagi bolalar, yoshlar, ayollar va keksa-qariyalarning salomatligini muhofaza qilish, jismoniy rivojlantirish, ishchi aholining mehnat qobiliyatini oshirish, yoshlarni mudofaa ishlariga tayyorlash eng dolzarb vazifalarga kiradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 mayda 271-sonli “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga binoan vazirliklar, ko’mitalar va kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashining “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini joriy etish haqida qo’shma qaror qabul qilindi.
O’zbekiston aholisining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilab beruvchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari haqida quyidagi qarorlar qabul qilindi:
1.O’zbekiston aholisining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilab beruvchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari to’g’risidagi Nizom tasdiqlandi;
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari haqidagi Nizom 2000 yil 1 yanvardan kuchga kiritildi;
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari nishon va guvohnomalarining eskizlari tasdiqlandi;
O’zbekiston aholisining jismoniy tayyorgarligi va salomatlik darajasini belgilab beruvchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus test me’yorlarini tashkil etish va joriy qilish bo’yicha respublika va mahalliy komissiyalar tuzildi.
68
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarining
Do'stlaringiz bilan baham: |