299
Uchala komponent birgalikda CIA (Confidentiality, Integrity,
Availability) deb nomlanadi. Ularning funksiyalari quyidagilardan
iborat:
maxfiylik
(confidentiality) — maxfiy ma’lumotlarga faqat
ruhsat berilgan (ro‘yxatdan o‘tgan) foydalanuvchilargina murojaat qila
olishini kafolatlash;
imkoniylik
(availability) — ruhsat berilgan (ro‘yxatdan
o‘tgan) foydalanuvchilar har doim ma’lumotlarga
murojaat qila
olishini kafolatlash;
yaxlitlik
(integrity) — ma’lumotni to‘g‘ri qiymatini saqlash,
ruhsat
berilmagan
(ro‘yxatdan
o‘tmagan) foydalanuvchilarni
ma’lumotlarga qandaydir
o‘zgartirish kiritishi, buzishi yoki
o‘chirishini ta’qiqlashni kafolatlash.
Xavfsizlik
talablari
tizimning
maqsadiga,
ishlatilgan
ma’lumotlarning xarakteri va mavjud tahdidlarning
turiga qarab farq
qilishi mumkin. Butunlik va imkoniylik xususiyatlari muhim
bo‘lmagan tizimni tasavvur qilish qiyin, ammo maxfiylik har doim
ham talab qilinmaydi. Masalan, agar siz Internetda veb-serverda
ma’lumotni nashr qilsangiz va sizning maqsadingiz
uni keng doirada
odamlarga taqdim qilish bo‘lsa, unda bu holda maxfiylik talab
qilinmaydi.Shunga qaramay yaxlitlik va imkoniylik talablari
dolzarbligicha qolmoqda. Darhaqiqat, agar siz ma’lumotlar yaxlitligini
ta’minlash uchun maxsus choralarni ko‘rmasangiz, buzg‘unchi sizning
serveringizdagi
ma’lumotlarni
o‘zgartirishi
va
shu
bilan
korxonangizga zarar yetkazishi mumkin. Masalan, jinoyatchi veb-
serverga joylashtirilgan narxlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritishi
mumkin, bu sizning kompaniyangizning
raqobatdoshligiga salbiy
ta’sir ko‘rsatishi yoki kompaniyangiz tomonidan erkin tarqatiladigan
dasturiy mahsulotning kodlarini o‘g‘irlashi mumkin, bu albatta uning
biznes imidjiga ta’sir qiladi. Ushbu misolda ma’lumotlarning
imkoniyligi ham muhim hisoblanadi. Internetda serverni yaratish va
qo‘llab-quvvatlash uchun katta pul sarflab,
kompaniya daromadga
ishonishga haqlidir: mijozlar sonining ko‘payishi, sotuvlar sonining
ortishi va boshqalar. Ammo buzg‘unchi hujumni boshlashi va natijada
serverni boshqa barcha so‘rovlarga kirish imkonini yo‘qqa chiqarishi
mumkin. Maxfiylik, imkoniylik va yaxlitlik tushunchalari nafaqat
ma’lumotga, balki kompyuter tarmog‘ining boshqa resurslariga,
masalan, tashqi qurilmalar yoki ilovalarga
nisbatan ham belgilanishi
300
mumkin. Noqonuniy" foydalanish ehtimoli xavfsizlik tizimini
buzilishiga olib keladigan ko‘plab tizim resurslari mavjud. Masalan,
chop etish qurilmasiga cheklanmagan kirish buzg‘unchiga chop
etilgan hujjatlarning nusxalarini olish, sozlamalarni o‘zgartirish, ish
tartibining o‘zgarishiga va hatto qurilmaga zarar yetkazilishiga olib
kelishi mumkin. Chop etish qurilmasiga nisbatan maxfiylik xususiyati
shundaki, qurilmadan foydalanish faqat unga kirish huquqi berilgan
foydalanuvchilargina beriladi. Qurilmalar turli
xil xizmatlarni taqdim
etishlari mumkin (chop etish, fakslarni yuborish, Internetga kirish,
elektron pochta va boshqalar), ulardan noqonuniy foydalanish,
korxonaga moddiy zarar yetkazish ham tizim xavfsizligini buzish
hisoblanadi. Ular quyidagicha:
Axborotni
imkoniyligi,
maxfiyligi,
yoki
yaxlitligini
buzilishiga qaratilgan
har qanday harakatlar, boshqa tarmoq
resurslaridan noqonuniy foydalanish
Do'stlaringiz bilan baham: