U mumiy savollar (1) guliston 2018



Download 32,31 Kb.
Sana17.06.2021
Hajmi32,31 Kb.
#68500
Bog'liq
yangi 30 talik (1)


U MUMIY SAVOLLAR (1) GULISTON – 2018

1.Toshga ishlov berishning oldin ma’lum bo’lmagan silliqlash va parmalash usullari kashf etilgan davrni aniqlang.

A)So’ngi paleolit B)Mezolit

C)Neolit D)Eneolit

2.Ikkinchi puni urushlari qaysi voqeadan boshlangan?

A)Gannibal qo’shinlarining Ispaniyadan Italiyaga qarshi yurishlari tufayli

B)Karfagen quldorlari tomonidan Ispaniyaning katta qismi bosib olinishi tufayli

C)Rimliklarning Karfagen shahrini qamal qilishi tufayli

D)Rim sarkardasi Ssipionning kutilmaganda o’z qo’shini bilan Afrika qirg’oqlariga kelib tushishi tufayli

3. X asrdan boshlab Fransiyani boshqara boshlagan sulolani aniqlang.

A)Burbonlar B)Valualar C)Merovinglar D)Kapetinglar

4. Bir yilda yuz bergan voqealarni toping 1)”Papalarning Avinon tutquni” tugadi 2)Angliyada jon solig’i 3 baravar oshirildi 3)Angliyada qo’shimcha jon solig’i joriy etildi 4)Franchesko Petrarka vafot etdi 5)Voje daryosi bo’yida ruslar mo’g’ullarni yengdi

A)1,2 B)1,3 C)1,2,4 D)1,3,5

5. O’z siyosatini Bretan va Anju gersoglarini bo’ysundirishdan boshlagan Fransiya qiroli kim edi?

A)Lyudovik XI B)Lyudovik VI

C)Filipp IV D)Filipp II

6. Qutbiddin sadr madrasasi qaysi shaharda joylashgan?

A)Buxoro B)Qo’qon C)Hirot D)Samarqand

7. Arab xalifaligiga qarshi Rofe ibn Lays boshchiligida Samarqandda (a) va Muhammad Xorazmshohga qarshi Samarqandda (b) qo’zg’alon ko’tarilgan yillarni toping.

1)805-yil 2)806-yil 3)1210-yil 4)1212-yil

A)a-1, b-4 B)a-2, b-3 C)a-2, b-4 D)a-1, b-3

8. Yer aylanisi uzunligini o’lchashda yangi usul – matematik usulni ishlab chiqqan alloma kim?

A)Farg’oniy B)Farobiy

C)Beruniy D)Xorazmiy

9. Quyidagi hukmdorlardan faqat akasidan so’ng taxtga o’tirgan hukmdorlarni aniqlang.

1)Ubaydullaxon II 2)Subhonqulixon 3)Nodir Muhammad 4)Abdulazizxon 5)Abulfayzxon 6)Boqi Muhammad 7)Vali Muhammad

A)1,2,4,5 B)2,5,7 C)1,2,3,7 D)2,5,6

10. Toshkentda to’rt hokimlik davri tugatilgan davrda Buxoro amiri kim edi?

A)Shohmurod B)Doniyolbiy otaliq

C)Amir Haydar D)Muhammad Rahimbiy

11. Rossiya hukumati qaysi elchilik missiyasi orqali Markaziy Osiyoga boradigan yo’llarni yanada aniqroq belgilab oladi?

A)F.Berg B)Perovskiy C)Kirillov D)I.Xoxlov

12. Buyuk Britaniyada birinchi parlament islohoti

o’tkazilgan (1) va “Umumiy saylov huquqi uchun kurash ishchi asssotsiatsiyasi” (2) tuzilgan vaqtlarda Buxoro hukmdorlarini mos tartibda joylashtiring

a)Amir Haydar b)Amir Shohmurod

c)Amir Nasrullo d)Doniyolbiy otaliq

A)1-a, 2-c B)1-b, 2-a C)1-d, 2-c D)1-c, 2-c

13. Yangi davr boshlarida Turkiya sipohilari sulton farmon bergan vaqtda o’zi bilan birga … ga mos ravishda qurolli askarlar ham olib kelishi kerak bo’lgan.

A)sulton taqdim etgan yerning miqdori

B)yerida ishlovchi ijarachi dehqonlar miqdori

C)yeridan oladigan daromadi miqdori

D)sulton taqdim etgan yerning unumdorligi

14. 1832-yilda Koreya qirg’oqlarida qaysi davlat kemalari paydo bo’ldi va savdo munosabatlarini o’rnatishni taklif etdi?

A)Buyuk Britaniya B)Gollandiya

C)Portugaliya D)Fransiya

15. Xiva xoni Asfandiyorxonning yerlarni qaytadan o’lchash haqidagi buyrug’i qaysi shaharlarda xonga qarshi isyon ko’tarilishiga sabab bo’lgan edi?

A)Mang’it va Chimboy B)Qo’ng’irot va Nukus

C)Chimboy va Xo’jayli D)Mang’it va Xo’jayli

16. Buxoro amirligining rus qo'shinlari bilan birinchi jangi qachon va qayerda bo'lib o'tgan?

A)1865-yil, Samarqand yaqinida

B)1866-yil, Jizzax yonida

C)1866-yil, O'ratepa atrofida

D)1866-yil, Erjar yaqinida

17. Dunyoda birinchi temiryo’l qurilganidan so’ng necha yil o’tib Buxoro amirligi hududlari orqali dastlabki temiryo’l o’tkazildi?

A)65 B)62 C)72 D)67

18. 1899-yilga kelib Xitoyda qo’zg’alon tusini olgan “Ixetuan” harakati vakillari qanday talablar bilan chiqishgan edi?

1)Sin sulolasini ag’darish; 2)Yaponiyaga tovon to’lashni to’xtatish; 3)Tayvanni Xitoyga birlashtirish; 4)Respublika tuzumini o’rnatish;

A)1,2 B)2,3 C)3,4 D)1,4

19. 1882-yilda Italiya Germaniya va Avstriya-Vengriya Ittifoqiga qo’shildi. Ittifoqchilarga ega bo’lgan Italiya tez orada …… bo’ysundirdi.

A)Somali va Eritreya B)Liviya va Efiopiya

C)Somali va Liviya D)Efiopiya va Eritreya

20. XX asr boshlarida qaysi davlatda hukumat latifundistlar tomonidan noqonuniy bosib olingan yerlarni dehqonlarga qaytarish yo’li bilan agrar masalani hal etgan edi?

A)Ispaniya B)Meksika

C)Braziliya D)Argentina

21. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining asosiy rahbar tashkiloti ko’rsatilgan javobni aniqlang.

A)Butun Buxoro Inqilobiy Qo’mitasi

B)Xalq Nozirlari Kengashi

C)Buxoro Kompartiyasi

D)Yosh buxoroliklar partiyasi

22. Stalingrad ostonalaridagi jang vaqtida kichik leytenant …… vzvodiga Perelozovsk xutori yonidagi tepalikni egallash va ushlab turish vazifasi topshirilgan edi?

A)A.Karimov B)S.Qo’chqorov

C)Z.Qahhorov D)M.Kabirov

23. Ikkinchi jahon urushidan keying yillarda qurilgan qaysi temiryo’l yangi topilgan konlarni sanoat markazi bilan bog’lash imkonini berdi?

A)Termiz – Qo’rg’ontepa

B)Qo’ng’irot – Beynov

C)Navoiy – Uchquduq

D)Jizzax – Mehnat

24. Toshkentda xalq rassomi Usta Muhiddin Rahimov muzeyi qachon ochilgan edi?

A)1994-yil B)1992-yil C)1997-yil D)1993-yil

25. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonun qabul qilingan vaqtni toping.

A)1995-yil 5-yanvar B)2003-yil 23-mart

C)1996-yil 25-aprel D)1994-yil 16-mart

26. Mustaqillik yillarida qurilgan Ko’kdumaloq gaz compressor zavodi qurilishida qatnashgan AQSH firmalarini aniqlang.

1)”ABB Lummus Global” 2)”M.Y.Kollog” 3)”Teksako” 4)”Enron” 5)”Dresser”

A)2,3 B)2,5 C)1,4 D)3,5

27. Birinchi jahon urushidan song Xitoyda tuzilgan umummilliy birlashgan inqilobiy frontning maqsadi - ?

1)Xitoyni yarim mustamlaka holatiga tushirgan imperiyachi buyuk davlatlar ta’siriga qarshi kurash 2)Xitoyni yagona davlatga birlashtirish masalasini hal etish 3)Xitoyning shimolida joylashib olib, xorijiy bosqinchi davlatlar bilan hamkorlik yo’lini tutayotgan ichki kuchlarga qarshi kurash 4)Mamlakatning shimoli-sharqiy hududini egallab olgan yapon kuchlarini haydab chiqarish

A)1,2 B)1,3 C)2,3 D)1,4

28. XX asrning 30-yillarida quyidagi qaysi davlatda burjua-demokratik inqilobi yuz berdi?

A)Ispaniya B)Meksika C)Braziliya D)Kuba

29. Turkmanistonda yerga mulkchilik to’g’risida qonun qachon qabul qilingan?

A)1994-yil B)1993-yil C)1992-yil D)1996-yil

30. Qaysi Buyuk Britaniya bosh vaziri davrida AQSH bilan ittifoqchilik munosabatlarini kuchaytirishga har qachongidan ham ko’proq e’tibor berilgan?

A)U.Cherchil B)G.Makmilan

C)M.Tetcher D)J.Meyjor



+998 93 296-95-96

Download 32,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish