20_ yil yanvar oyi uchun 6990-«Boshqa majburiyatlar» schyotining tahliliy hisobi bo‘yicha 7-qaydnoma
t.r.
|
Debitor va kreditorlar nomi, manzili
|
Oy boshiga saldo
|
Debet aylanmasi
|
Kredit aylanmasi
|
D
|
K
|
asos (yozuv mazmuni)
|
korres. schyot
|
summa
|
asos (yozuv mazmuni)
|
5010
|
5110
|
–
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Jami:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
| DA’VOLAR VA MODDIY ZARARLARNI QOPLASH BO‘YICHA HISOB-KITOBLARNING QAYD ETILISHI
Mol yetkazib beruvchilarga, pudratchilarga, transport va boshqa tashkilotlarga bildiriladigan e’tirozlar, ularga taqdim etilgan va tan olingan jarima, ustamalar va beqarorliklar bo‘yicha hisoblashishlar aktiv 4860-
«Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar»da hisobga olinadi.
Schyotning debetida da’vo summalari, kreditida esa kelib tushgan to‘lov summalari aks ettiriladi.
Da’volar bo‘yicha muomalalarga quyidagicha schyotlar aloqasi belgilanadi.
t/r
|
Muomalalar mazmuni
|
Schyotlar aloqasi
|
D
|
K
|
1
|
Shartnoma shartlarini buzganligi uchun mol yetkazib beruvchilarga da’volar bildirildi
|
4860
|
6010
|
2
|
Boshqa korxonalarga shartnoma majburiyatlarini bajar- maganliklari uchun jarima va beqarorlik summalari taqdim etildi
|
4860
|
9330
|
3
|
Mol yetkazib beruvchilarga aniqlangan xato summalari bo‘yicha da’vo bildirildi
|
4860
|
4010
|
4
|
Da’vo summalari bo‘yicha to‘lovlar kelib tushdi
|
5110
|
4860
|
5
|
Qoniqtirilmagan da’vo summasi boshqa moliyaviy xarajatlarga o‘tkazildi
|
9430
|
4860
|
Korxona tomonidan tovar moddiy boyliklarning kamomadi va talon- taroj qilinishi, yaroqsiz mahsulot natijasida yuzaga kelgan moddiy zararni qoplash bo‘yicha va boshqa zararning turlarini qoplash bo‘yicha hisoblashishlar, aktiv 4730-«Moddiy zararni qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi» schyotida hisobga olinadi. Schyotning debetida aybdor shaxslardan olinadigan summalar, kreditida to‘langan to‘lovlar va ushlab qolingan summalar aks ettiriladi.
Moddiy zararlarni qoplash bo‘yicha hisob-kitob muomalalariga quyidagicha schyotlar aloqasi belgilanadi.
t/r
|
Muomalalar mazmuni
|
Schyotlar aloqasi
|
D
|
K
|
1
|
Aybdor shaxslardan kamomad va moddiy zararlar uchun olinishi kerak bo‘lgan summa hisoblandi
|
|
|
|
a) materiallar, qimmatbaho qog‘ozlar uchun
|
4730
|
0610
1010
5810
|
|
b) asosiy vositalar va boshqa aktivlar uchun;
|
4730
|
0100
0400
|
|
d) yaroqsiz mahsulotda ko‘rilgan yo‘qotishlar
|
4730
|
2610
|
|
e) inventarizatsiya natijasida kassadan pul mablag‘larining kamomadi aniqlandi
|
4730
|
5010
5020
|
2
|
Aybdor shaxslarning ish haqidan kamomad summasi ushlandi
|
6710
|
4730
|
3
|
Aybdor shaxslar kamomadni kassaga topshirdi
|
5010
|
4730
|
BANKNING UZOQ VA QISQA MUDDATLI KREDITLARINING HISOBGA OLINISHI
O‘zbekiston Respublikasi hududida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kredit berish tijorat banklari tomonidan «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi» Qonun asosida va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi. Banklar O‘zbekiston Respublikasining «Korxonalar to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan, o‘z kapital va mustaqil balansiga, yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, ularning mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, shartnoma asosida qisqa muddatli kredit beradi. Kredit mijozning hisob-kitob schyoti joylashgan bankdan beriladi. Boshqa banklarning mijozlariga kredit berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Zarar ko‘rib ishlaydigan, nolikvid balansga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga kredit berilmaydi. Ilgari berilgan ssudalar esa belgilangan tartibda muddatidan ilgari undirib olinadi. Kredit resurslaridan uzoq muddatli moliyaviy nobarqarorlik, xo‘jasizlik va zararlarni qoplash uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kredit yordamida tovar-moddiy boyliklar, turli mashina va
mexanizmlar sotib olinadi, iste’molchilarning mablag‘lari yetarli bo‘lmaganida to‘lovni kechiktirib, tovarlar sotib olishlari va boshqa har xil to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Korxona kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Kredit ajratish to‘g‘risidagi ariza. Unda qarz oluvchining nomi, yuridik maqomi, joylashgan manzili, unga kredit hisob-kitob xizmati ko‘rsatuvchi bank muassasasi, kredit so‘rab, bankka murojaat qilishning sabablari, kreditdan qanday maqsadlarda foydalanish mo‘ljallanayotgani, so‘ralayotgan kredit summasi va uni qaytarish muddati ko‘rsatiladi.
Kredit buyurtmanomasi. Unda korxonaning faoliyat turlari va ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, mavjud xususiy mablag‘lar, kreditni qaytarish kafolati, ishlab-chiqarish va moliyaviy ko‘rsatkichlar, jumladan, debitorlik-kreditorlik qarzlari miqdori batafsil bayon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |