Qon ketganda birinchi yordam ko`rsatish
Jarohatlanib yaralangan joyni ifloslanishi, yarani suv bilan yuvish, maz surtish, yaradan qonning qotganlarini olib tashlash va unga tuproq, qum qo`yish mumkin emas. Birinchi yordam ko`rsatuvchi shaxs dastlab qo`lni tozalab yuvishi yoki barmoqlarini yod bilan artishi kerak.
YAraga material qo`yishda unga dastlab yod tomizish lozim. YAraga qo`yiladigan materialdagi yod o`rni yaradan katta bo`lishi kerak. YArani bog’lashdan oldin uning atrofini tozalash va yara atrofiga yod surtish zarur.
Qon ketishini bog’lab to`xtatish mumkin. Agar qon kuchli ketsa qon oqayotgan joyni ta`minlovchi tomirlarni jgut (maxsus bog’ich yoki tasma) bilan bog’lash lozim. Jgut bog’langan joyda pul’s urishi mavjud bo`lsa, u noto`g’ri bog’langan hisoblanadi. Bunday holda jgutni echib olib, qaytadan qattiqrok qilib bog’lash kerak. Jgut boglashdan oldin bog’lanadigan joy yumshoq materiallar bilan o`ralishi lozim.
10.3.-Rasm. Qon oqishini to`xtatish va jarohatga bog’lam qo`yish
11.2.-Rasm. Qon oqishini to’xtatish.
Bog’langan jgut 2 soatdan ortiq turmasligi zarur. Jgut bog’langandan so`ng 1 soat o`tgach, uni 10-15 minut sekin bo`shatish kerak. Bunday holda yaraga kon keladigan arteriya qon tomirini barmoq bilan bosib turish lozim.
Ichki qon ketish juda xavfli hisoblanadi. Uning belgilari: pul’sning sekinlashuvi, kamdarmonlik, bosh aylanishi, rang oqarishi, kuchli suvsash, hushsiz bo`lib qolish. Bunda dastlab, jarohatlangan kishiga to`liq tinchlik berish va jarohatlangan joyga sovuqlik qo`yish kerak. Suv berish mumkin emas.
Agar burundan kuchli qon ketsa, boshni sekin orqaga o`girib qansharga sovuq bosish va burunga vodorod peroksidning 3% li eritmasida namlangan paxta yoki marli tiqish lozim.
Issiq yoki quyosh va sovuq urganda birinchi tibbiy yordam
Issiq yoki quyosh urishi natijasida qo`qqisdan kamdarmonlik, bosh og’rig’i, qayd qilish holatlari kuzatiladi. Buning uchun dastlab jarohatlangan kishini toza havoli soya joyga olib borish, siqib turgan barcha kiyim-boshlarni echish, boshga va ko`krakga sovuq qo`yib bog’lash, nashatir spirt hidlatish va 15-20 tomchi valer’yanka ichirish tavsiya etiladi. Agar nafas olish va pul’s urishi sezilmasa, sun`iy nafas berish va yurakni massaj qilish lozim.
Badan muzlash holatlari. Bu hollarda birinchi navbatda qon yurish yo`llari katta zarar ko`radi, shuning uchun birinchi o`rinda qon yurishini ta`minlash kerak. Buning uchun muzlagan joy quruq mato yoki rumolcha yordamida qattiq ishqalanadi. SHuni ta`kidlash kerakki, bunday holda qor bilan ishqalash man etiladi. Keyin issiq narsa bilan bog’lab qo`yish kerak. Muzlab qolgan barmoqlar yoki oyoqlarni xona haroratidagi iliq suvga solish, keyin esa sovuq egan joyni spirt yoki odekalon surtib bog’lab qo`yish mumkin. Agar muzlagan joyda pufakchalar hosil bo`lsa ishqalash man etiladi va bemor darhol kasalxonaga joylashtirilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |