Yoritilganlikni o`lchash jihozlari
Yoritilganlikni o`lchashda YU-15, YU-16, YU-17, YU-116 markali lyukmetrlar ishlatiladi. YU-16 lyuksmetri eng keng tarqalgan bo`lib, u o`lchagich korpusidan, o`lchov mexanizmi shkalasidan, korretor va fotoelementlardan tashkil topgan bo`ladi.
1.1.-Rasm. YU-16 lyuksmetri
1-fotoelement; 2-filtr; 3-galvanometr shkalasi;
4-ravshanlilikni aniqlagich; 5-qopqoq
Lyuksmetrning ishlash printsipi yorug’lik oqimining fotoelementlarga ta`siri natijasida, lyuksmetr zanjirida elektr toki hosil bo`lishiga asoslangan. Hosil bo`lgan tok ta`sirida lyuksmetrning ko`rsatkichi (YU-16 lyuksmetrida «quyoncha») harakatlanib, shkalada yoritilganlikning miqdorini «lyuks» da ko`rsatadi. SHu sababli yoritilganlikning miqdori lyuksmetr fotoelementlariga tushadigan yorug’lik oqimining miqdoriga bog’liqdir. Har bir lyuksmetrga qo`shib-ajratgich o`rnatilgan bo`lib, u yoritilganlikning o`lchash oralig’ini o`rnatish uchun xizmat qiladi.
1.3.Ishni bajarish tartibi
Ish joylarini tabiiy yoritishni aniqlash
1.Xona derazasidan har 1m. uzoqlikdagi masofada yoritilganlikni lyuksmetr yordamida aniqlang. Ish joyi yoritilganligining derazagacha bo`lgan masofaga bog’liqligi grafigini tuzing va xulosalang.
2.Xona tashqarisidagi yoritilganlikni lyuksmetr yordamida o`lchang.
3.Tabiiy yoritilganlik ko`rsatkichini aniqlang. Ushbu koeffitsient qaysi razryaddagi ish turiga to`g’ri kelishini aniqlab, xulosalang.
4.Ish xonasi uchun quyidagi formula yordamida yorug’lik koeffitsientini aniqlang:
(1)
bu erda er - hisobiy yorug’lik koeffitsienti:
yashash xonalari uchun- er =0,1-0,25;
ishlab chiqarish xonalari uchun er =0,25-0,5
S0 - bitta derazaning yuzasi, m2;
n - derazalar soni;
Sx - xonaning yuzasi, m2.
Tabiiy yoritilganlik koeffitsienti quydagi formula orqali aniqlanadi:
(2)
Bu erda etab- tabiiy yoritilganlik koeffitsienti
Eich- Xona ichidagi yoritilganlik, Lk
Etash- Xona tashqarisidagi,Lk
1.1-jadval
Ish xonasining tabiiy yoritilganlik koeffitsientini aniqlash
№
|
Xona ichining yoriilganligi, Lk
|
Xona tashqarisidagi yoritilganlik, Lk
|
Tabbiy yoritilganlik koeffitsienti
|
Xulosa
|
Haqiqiy
|
Me`yor
|
1
|
|
|
|
20-60
|
|
2
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
4
|
|
|
|
|
|
1.2-jadval
Yorug’lik koeffitsienti
№
|
Xona yuzasi, Sx , m2
|
Deraza yuzasi,
Sd, m2
|
Deraza soni, n
|
Hisobiy koeffitsient, er
|
Xulosa
|
1
|
25+N
|
1,5+(N/10)
|
2
|
|
|
2
|
30+N
|
2,0+(N/10)
|
3
|
|
|
3
|
35+N
|
2,5+(N/10)
|
4
|
|
|
4
|
40+N
|
3,0+(N/10)
|
3
|
|
|
N-jurnal raqami
2 -LABORATORIYA ISHI
ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA
METEOROLOGIYA SHAROITLARINI ANIQLASH
Ishning maqsadi: Ish joylarida mikroiqlim sharoitlariga bo`lgan talablar bilan tanishish va havoning haroratini, nisbiy namligini, atmosfera bosimini, harakatlanish tezligini aniqlash bo`yicha amaliy ko`nikmalar hosil qilish.
Mashg’ulot rejasi:
1. Umumiy ma`lumotlar. 2. Ishni bajarish tartibi. 3. Hisobot tarkibi.
Mashg’ulot uchun kerakli jihozlar: termometr, psixrometr, gigrometr MV-1 yoki gigrograf M-21, barometr MD-49-A, barograf M-22 yoki M-22S, anemometr, aktinometr.
Topshiriqlar:
1. Mikroiqlim ko`rsatkichlariga bo`lgan sanitar-gigienik me`yorlar bilan tanishing.
2. Mikroiqlim ko`rsatkichlarini aniqlovchi asboblar bilan tanishing va ularning ishlash tartibini o`rganing.
3. Ish joyi havosining haroratini, nisbiy namligini, atmosfera bosimini va harakatlanish tezligini aniqlang va sanitar-gigienik me`yorlar bilan solishtirib xulosalang.
4.Quyida ko`rsatilgan tarkibda hisobot tayyorlab topshiring.
Tayanch iboralar: iqlim, mikroiqlim, harorat, nisbiy namlik, havoning tezligi, issiqlik nurlanishi, termometr, psixrometr, anemometr, katatermometr, barometr, aktinometr.
2.1. Ishni bajarish tartibi
Havoning haroratini aniqlash. Ish joyi havosining haroratini aniqlash uchun simobli va spirtli termometrlar ishlatiladi. Bundan tashqari ma`lum vaqt oralig’ida havoning o`zgarishini hisobga olib, yozib borish uchun temograflardan ham foydalaniladi.
Simobli termometr yordamida ish joyi havosining harorati aniqlanganda, termometr ko`rsatkichi 8...10 minutdan keyin yozib olinadi. Juft termometrlar asosan issiqlik nurlanishi mavjud bo`lgan muhitlarda ishlatiladi. U asosan ikkita simobli termometrdan tashkil topgan bo`lib, birinchi termometrning simob to`ldirilgan pastki uchi qora rangga, ikkinchi termometrning simobli uchi esa kumush rangga bo`yalgan bo`ladi. Xona havosining xaqiqiy harorati quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi:
t h=tq - k(tq-tk) (1)
bu erda th - havoning harorati, 0C;
tq - qoraga bo`yalgan termometrning ko`rsatishi, 0S;
tk - kumush rangga bo`yalgan termometrning ko`rsatishi, 0S
k- termometrning o`zgarmas koeffitsienti.
Termograflardan (M-16S, M-16N) havo haroratining ma`lum bir muddat oralig’ida, masalan, bir sutkalik yoki bir haftalik o`zgarishini qayd kilib borish maqsadida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |