bosqich rivojlanib borishini ko‘rsatuvchi fan ekanligida ko'rinadi
Rus bibliografiyasi tarixida V.G. Anastasevich, N.M. Lisovskiy, N. Gennadi, V. I. Mejov, S. A. Vengerov, A. V. Mezer, N. A. Ru- bakin, N. Tropovskiy o^zlarining nazariy va amaliy ishlari bilan iz qoldigan hamda milliy bibliografiyalaming rivojiga ta’sir ko'rsatgan. XIX asrning ikkinchi yarmi — XX asr boshlarida bibliografiya tushunchasi matbuot asarlari haqida ma’lumotlar to‘plash ma’nosida qo41anilib, bibliografiyaning vazifasini ancha qisqartirdi. Shu bilan bogiiq holda bibliografiyaning ijtimoiy vazifasi haqida turlicha fikrlar paydo bo‘ldi. Ancha vaqt amaliy faoliyat sohasi, ilmiy fan, alohida bibliografik ko‘rsatkichlar, bibliografik qo‘llanmalarning yigindisi sifatida qo‘llanib kelindi. Sobiq ittifoq davrida ham bunday yondashish bibliografiya fanining rivojlanishiga, bibliografik faoliyatning takomillashuviga salbiy ta’sir etdi. 1 9 5 0 - 1960- yillarda bibliograf olimlar, o‘qituvchilar, amaliyotchilar bibliografiya tushunchasi, „biblio- grafiya — faoliyat“, „bibliografiya — bibliografik qollanma yoki ularning yig‘indisi“, „bibliografiya — bibliografik fan“ kabi nazariy masalalami ishlab chiqdilar. Natijada birinchi marta „1648-70. Tushuncha va izohlar“ nomli davlat standarti qabul qilindi. Keyinchalik 1978-yildan kuchga kirgan „GOST 7.0-77 Bibliografiya. Tushunchalar va izohlar“ izohli lug‘ati qabul qilindi. Unda bibliografiyaning ilmiy-amaliy faoliyati iste’molchiga bibliografik ma’lumotni tayyorlab, yetkazib beruvchi faoliyat ekanligi, bibliografiyaning tarixi, metodikasi, tashkil etish naza- riyasini o‘rganuvchi ilmiy fan sifatidagi xususiyatlari ochib berildi. Bibliografiyaning ijtimoiy vazifalari va ahamiyati ham yoritildi, bibliografiyaning maqsadi jamiyatda matbuot asaridan foyda- lanishga ta’sir etish deb tushuntirildi. 1986-yili „Bibliografik faoliyat.
Unda biblio- grafiyaga quyidagicha ta’rif beriladi: Bibliografiya — bibliografik axborot tayyorlashni, uni tarqatishni va undan foydalanishni ta’minlovchi axborot infratuzilmasidir. Buni anglash uchun boshqa turdagi axborot infratuzilmalari va bibliografik axborotni tushunib olish zarur. Davlat standartida axborot infratuzilmasi axborot
resurslariga iste’molchilarning kirib borishini ta’minlovchi axborot markazlari, ma’lumotlar banki va bilimlarning, aloqalar tizimining yig'indisi deb ta’rif beriladi. Axborot markazi —
axborotni yigish, tahliliy qayta ishlash va tarqatish vazifasini bajaruvchi tashkilot. Axborot resurslari umumiy ma’noda ishonchli axborotni olish uchun tashkil etilgan ma’lumotlar yig‘indisi bolib, u matbuot asari va elektron hujjat kokrinishida boladi. Xulosa qilib aytganda, bibliografiya — matbuot asarlari, elektron hujjatlar haqida axborot tayyorlab, berish hamda ularni ma’lum ijtimoiy maqsadlarda targ‘ib qilish bilan shugkullanuvchi ilmiy va amaliy faoliyat. Bibliografiya mahsulotlari, nazariyasi, uslu- biyati bilan shug‘ullanadigan fan bibliografiya fanidir.
Bibliografiyashunoslik — bibliografiya nazariyasi, tarixi, metodologiyasi, texnologiyasi, metodikasi va tashkil etishni o‘rganuvchi va ishlab chiqaruvchi ilmiy fan. Bir vaqtning o‘zida bibliografik faoliyatning jarayonlarini, ayrim turlarini va qirra- larini nazariy, tarixiy, metodik va tashkiliy nuqtayi nazardan u yoki bu bilim sohasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘rganish va tadqiq qilish talab etiladi. Bu bilan xususiy bibliografiyashunoslik shug‘ullanadi. Bibliografiyashunoslik termini XVIII asrda G‘arbiy Yevropada paydo boldi. XX asming 70- yillarida aniq ilmiy izohga ega bo‘ldi. Buning 4 ta tarkibiy boMimi; nazariyasi, tarixi, metodi, tashkiliy bolimi mavjud
Bibliografiya nazariyasi — bibliografiyaning mohiyatini va ijtimoiy ahamiyatini o‘rganadi, ilmiy konsepsiyasini va tushun- chalar tizimini ishlab chiqadi, hozirgi zamon bibliografik amaliyotni ilmiy tahlil qilishning metodologik negizini ishlab chiqadi, bibliografiyaning va bibliografik fanlarning axborot faoliyati va informatika, kutubxonachilik ishi va kutubxona- shunoslik, kitob ishi va kitobshunoslik bilan o‘zaro aloqasini tahlil qiladi. Rus bibliografiyasining, jumladan, hamdokstlik mamlakatlari bibliografiyasining rivojlanishida munosib hissa qokshgan A. I. Barsuk, M. G. Voxrisheva, N. E. Dobrinina, Y. S. Zubov, O. P. Korshunov, A. V. Mamontov, I. G. Mor- genshtern, I. I. Reshetinskiy, N. A. Slyadneva, A. V. Sokolov, S. A. Trubnikov, Y. M. Tugov, V. A. Fokeyevlar faoliyatini o‘rganadi.
Bibliografiya tarixi — uning qonuniyatlari va rivojlanish tendensiyalarini o‘rganadi. Bunda bibliografiya tarixi jamiyatlar tarixi, siyosat tarixi, jamiyatning iqtisodiy, madaniy-ma’naviy
hayoti bilan bogkliq holda o‘rganiladi. Rus bibliografiyasi tarixi masalalarini mashhur bibliograflar N. V. Zdobnov, М. V. Mashkova, L. M. Ravich, S. A. Reyser, B. A. Semyonovker, K. R. Si- monlar o‘rganganlar. Olzbekiston bibliografiyasi, umuman, Olrta Osiyo bibliografiyasi tarixini o‘zbek bibliograf olimla- ridan М. M. Turopov, Sh. M. Shamsiyev, E. O. Oxunjonov, H. Mamatraimova, turkmanistonlik olim A. Yazberdiyevlar tadqiq qilib o‘rganganlar.
Bibliografiya texnologiyasi — axborot resurslarini, bibliografik mahsulotlarni qayta ishlab chiqish mahorati. U axborotni yig‘ish, tashkil etish, saqlash, to‘plash, qayta ishlov berish, qidirish, xulosa qilish, nusxa ko‘paytirish, uni uzatish va tarqa- tishni ta’minlovchi texnologik komplekslarni takomillashti- rishda ishtirok etadi. Bibliografiyaning metodikasi — bibliografiyaning nazariyasi, tarixi, texnologiyasi, amaliyoti bilan uzviy bogliq. U bibliografik axborot tayyorlash va iste’molchilarga yetkazishning maq- sadga yo‘naltirilgan usullari va uslublari yig‘indisidir. Bibliografiyaning metodikasini ishlab chiqishda bibliograflardan M. A. Briskman, M. P. Bronshteyn, M. P.Gastfer, M. A. Sakdova, S. P. Bavin, S. V. Bushuyev, G. E. Mironov, A. M. Gorbunov, O. A. Gurbolikova, 0 ‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi M. Y. Nosirova, M. Turopov, Sh. M. Shamsiyev, H. Ma- matraimovalar faoliyat ko‘rsatadilar.
Bibliografiyani tashkil etish — mamlakatda kutubxonachilik va axborot markazlarini tashkil etish, bibliografiya xizmati tizimini yaratish, rejalashtirish, muvofiqlashtirish, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish, jamiyatning axborotga bo‘lgan talabini toia qondirish imkonini yaratish uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |