Tadqiqotchilarning e’tiroficha, dastlabki bibliografik qokl- lanma sifatida bu jadval bizgacha yetib kelmagan bo‘lsa-da, shu ish bilan bibliografiya tuzish boshlangan. Xuddi shunga o‘xshagan bibliografik ko‘rsatkich kechroq, eramizdan oldingi I asrda Xitoyda „Si lyue“ („Yetti rezyume“) nomi bilan paydo bo‘ldi. Bu ishlar bizga qadar nazariy va amaliy ahamiyatini saqlab qolgan. Qadimgi dunyoda va o‘rta asrlarda Yevropada kitob bosish ishi ixtiro qilingunga qadar bibliografiya tarixi haqida to‘g‘ri ma’lumotlarni Rossiya davlat kutubxonasining biblio- grafiya bo‘yicha ilmiy tadqiqot bo‘limining bosh ilmiy xodimi, mashhur bibliograf va vizantiyashunos B. A. Semyonovning tadqiqotlaridan olish mumkin. Uning 1979 — 1982-yillarda o‘tkazgan tadqiqotiga ko‘ra: 1. Vizantiyada aniqlangan barcha yodgorliklarni to‘la yoki qisman bibliografik apparatga ega bo‘lgan qo‘llanma deb hisoblash mumkin. 2. 0 ‘rta asr grek bibliografiyasi muntazam rivojlangan bolib, o‘sha davrdagi bibliografiya qadimgi grek va ellinistik bibliogra- fiyaning yangi tarixiy jarayondagi davomi edi. 3. 0 ‘sha davr bibliografiyasi uchun keyinchalik kitob bosish ishi paydo bo‘lgandan keyin ham rivojlangan unifikatsiya xarak- terli bo‘lib qoldi. 4. Bibliografik matnlarni tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki; bibliografik yo‘llanmalar (ssilkalar) mualliflarni ko'rsatishda va aniq bir asarga taalluqli masalalarni ko‘rsatishda qo‘llanilgan. 5. Birinchi rus bibliografik yodgorligi 1073-yil yaratilgan yolg‘on va haqiqiy kitoblarning 3 ta ro‘yxati edi.
Antik madaniyat olishi bilan bibliografiya tushunchasi ham yo‘qolib ketdi va keyin yana qaytadan boshqacha sharoitda, boshqacha ma’noda, ya’ni kitob boyliklarini tavsiflash ma’nosida qollanila boshlandi. Bibliografiyaning keyingi taraqqiyoti Yevropada kitob bosishning boshlanishi va axborot madaniyatining poligrafik davri bilan bog‘liq. Bu vaqtli matbuot nashrlari, bibliografik materiallar, maxsus gazeta va jurnallar, davlat biblio
grafiyasi manbasi boimish majburiy nusxalar va to‘plamlar, nashriyot va kitob savdosi tashkilotlarining bosma kataloglari va boshqa bibliografik mahsulotlarning paydo bolishida ko‘rinadi. Bibliografiya fani hayot taqozo etayotgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo4gan amaliy ehtiyojlar tufayli vujudga keldi va rivojlandi. Bibliografik nazariya va amaliyot uzviy bogliq, bir-birini boyitadi va nisbatan o‘z mustaqilligini himoya qiladi. Rus bibliografiyasining paydo bo4ish davri XI — XVII asrda xrestomatiya tipidagi to‘plamlarning paydo bo‘lishiga bogkliq. XVlII asrda o‘sha davrda har bir davlatda kitob omborlari hisoblangan cherkov kutubxonalari fondini tavsif etish boshlandi. Bu bizgacha yetib kelgan qimmatli XV asrga oid „Kirill-Belozer cherkovi qo‘lyozmalari tavsifiudir. XVII asrning ikkinchi yarmida „Оглавление книг, кто их сложил44 nomli rus kitoblari bilan tanishtirish maqsadida tuzilgan bibliografik ish haqida ma’lumotlar bor.
Rus bibliografiyasi tarixi haqiqiy taniqli tashabbuskor bibliograflar — „Rus bibliografiyasining otasi“ deb tan olingan V. S. Sopikov, undan oldin N.I. Novikov nomi bilan bogliq. N. I. Novikov 1772-yili o‘z ahamiyatiga ko‘ra birinchi biobiblio- grafik lug‘at va birinchi rus qomusnomasi — „Rossiya yozuvchilari haqida tarixiy lug‘at tuzish tajribasidan“ nomli ishni yaratgan. V. S. Sopikovning buyuk xizmati shundaki, u „Bosmaxona tashkil etilgandan 1813- yilgacha slavyan va rus tillarida bosilgan asarlar va taijimalarning to‘liq lug‘ati“ni tuzadi, bundan tashqari, u bu asarini 1813— 1821- yillari „Rossiya bibliografiyasining tajribasi“ nomi bilan nashr ettiradi. Unda Rossiyada birinchi marta va biz uchun ham eng muhim prinsipial nazariy masalalar — kutubxo- nachi va bibliografning vazifalari, kitobxonga tavsiya etilayotgan kitobning ahamiyati, muallif fikri va uslubi bilan kitobxonni tanishtirish uchun tuzuvchi tomonidan bibliografik qo‘llanma- larning yangi janri — bibliografik ocherklar va antologiyalarni tuzish uchun qo‘llaniladigan turli xil vositalar ochib beriladi. XVIII asr oxiri — XIX asr boshlarida „bibliografiya “ sokzi kitobshunoslik (kitob haqidagi fan), kitob tarixi, adabiyot tarixi, adabiy va ilmiy tanqid kabi fanlami aks ettirdi. Aynan mana shu keng tushuncha V.S. Sopikovning „Bibliografiya insoniyatning eng qadimgi hamma bilimini tushuntiruvchi fandiru deb xulosa qilishiga sabab bo‘ldi. Uning fikricha, bibliografiyaning ahamiyati, umuman, kitobni bilishda, fanlarning holati va bosqichma
Do'stlaringiz bilan baham: |