Asablarda qo’zg’alishning o’tkazilish qonunlari - *Nervning anatomik va fiziologik uzluksizligi qonuni-nerv tolasidan qo’zg’alishning o’tkazilishi uchun o’q silindrning qo’zg’aluvchan membranasi anatomik va fiziologik jihatdan butun bo’lishi shart.Agar nerv tolasini qirqib,anatomik butunligi buzulsa,qo’zg’alishlarning o’tishi to’xtaydi.Nerv tolalarining anatomik va fiziologik uzliksizligi bo’lgandagina qo’zg’alish o’tadi.
Asablarda qo’zg’alishning o’tkazilish qonunlari - *Ikki tomonlama o’tkazish qonuni-nerv tolasiga ta’sir etilganda qo’zg’alish ikki tomonlama uzatiladi,ya’ni markazdan qochuvchi yo’nalishda ham markazga intiluvchi yo’nalishda ham tarqaladi.Harakat potensiali hujayra tanasidan o’simta akson boshlanish joyida vujudga keladi va boshlang’ich segmentdan qo’zg’alishlar ikki tomonlama:aksondan nerv oxiriga tomon va hujayra tanasiga va uning dentritlari tomon o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |