tolalarida qo‘zg‘alish butun membrana bo‘ylab, uzluksiz ravishda, qo ‘zg‘algan bir qismdan ikkinchi qismga tarqaladi. Asablarda qo’zg’alishning o’tkazilish qonunlari - Nervning nisbiy charchamaslik qonuni.N. Ye. Vvedenskiy birinchi marta havo
atmosferasida nerv ko‘p (qariyb 8 soat) soatlab uzluksiz ta ’sirlanganda ham qo‘zg‘alishlami o ‘tkazish qobiliyatini saqlab qolganligini ko‘rsatib berdi. Havo atmosferasida nerv charchamasligi yoki kam charchashi shundan k o ‘rinib turibdi. Nervning nisbiy charchamasligi qisman shunga bog‘liqki, nerv qo‘zg‘alganda birmuncha kam energiya sarflaydi. sinaps Sinaps-nerv tolasidan va uning tomonidan innervatsiyalanuvchi hujayra,muskul nerv yoki bez hujayralariga qo’zg’alishning o’tishini ta’minlovchi mustaqil tuzulma-aloqaga aytiladi.Sinaps murakkab tuzulishga ega,u 3ta asosiy element:presinaptik membrana,postsinaptik membrana va sinaptik yorig’idan iborat. Sinaps strukturasi - Nerv oxirini qoplovchi membrana presinaptik membrana deb ataladi.Nerv oxirida neyrosekretor apparat bor.Innervatsiyalanadigan hujayrani qo’zg’atuvchi yoki tormozlovchi mediatori nerv oxiridan ajralib chiqadi.Tinchlikda mediator pufakchada bo’ladi.Presinaptik membrana depolyarizatsiyalanganda bu pufakchalar yorilib,mediator yuzaga chiqadi va sinaps yorig’iga quyiladi.
Sinaps strukturasi - Bu yoriq tarkibi jihatdan qon plazmasiga o’xshab ketadigan hujayralararo suyuqlik bilan to’la.Mediator yoriqdan tez diffuziyalanib chiqib innervatsiyalanadigan hujayraning membranasiga ta’sir etadi.Hujayra membranasining nerv oxiriga bevosita chegaradosh qismi postsinaptik membrana deb ataladi.
Sinapslarning sinflanishi - 1.Joylashgan o’rniga ko’ra:nerv mushak, neyroneyronal sinapslarga bo’linadi,oxirgisi o’z navbatida aksomatik,aksoaksonal,aksodentrik,dentrosomatik sinapslarga bo’linadi
- 2.Ta’sir etish tabiatiga ko’ra:qo’zg’atuvchi va tormozlovchi
- 3.Signalni uzatish uslubiga ko’ra:elektr,kimyoviy,aralash
Elektrik sinapslar - Elektrik sinapslar - bu sinapslar morfologik jihatdan membrana qismlarini bir
biriga yaqinlashuvidan hosil bo‘Iadi. Ulaming sinaptik yorig‘i uzluksiz bo‘lmaydi, balki, sinaptik to‘la tegib turuvchi ko‘prikchalar bilan bo‘lingan bo‘ladi. Elektrik sinapslaming vazifasi organizmdagi tez reaksiyalamingyuzaga chiqishini ta’minlaydi,ayniqsa,hayvonlarda xavfdan qochish yoki xavfdan qutulishni ta’minlovchi tuzilmalar bunday sinapslarga boy bo‘ladi. Kimyoviy sinapslar - Kimyoviy sinapslar. Kimyoviy sinapslarda presinaptik membrana,akson
yo‘nalishi bo‘yicha kengaygan bo‘ladi. Presinaptik membranada agranulyar va granulyar pufakchalar b o ‘lib, ularda mediatorlar saqlanadi. Mayda granulyar pufakchalarda noradrenalin, yirik granulyar pufakchalarda boshqa katexolaminlar saqlanadi. Agranulyar pufakchalarda atsetilxolin saqlanadi. Glutamin va asparagin kisiotasi ham mediator vazifasini bajarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |