- Nerv o’zani bir yoki bir necha nerv tolalaridan iborat,ular umumiy perinerval parda bilan qoplangan.Nerv tolalari nerv hujayralarining o’siqlari hisoblanadi.Ular mielinli va mielinsiz tolalarga bo’linadi.Mielinli tolalar somatik nerv tizimining,ya’ni sezgi a’zolari va skelet muskullariga boradigan sezuvchi va harakatlantiruvchi nervlarning tarkibiga kiradi.
Asab tolalarida qo’zg’alishning tarqalish mexanizmi - Mielinli nerv tolasi o’q silindrdan va shu silindrni qoplovchi mielinli hamda Shvann pardalaridan tashkil topgan.O’q silindr membrana va aksoplazmaga ega.Mielinli nerv tolalaridan qo’zg’alishlarning o’tishi mielinsiz nerv tolalaridan farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |