-
[Tuzuvchi:boltayev muroddilo]
|
Murojaat uchun : +99899 756 77 44
|
6-sinf Qadimgi dunyo tarixi
1-variant
1. 1) Altamir va 2) Teshiktosh g‘ori qaysi davrlarga oid
ekanligini aniqlang.
A) 1) mil.avv.40-12 ming 2) mil.avv. 100-40-ming
B) 1) mil.avv.100-40 ming 2) mil.avv. 12-7-ming
C) 1) mil.avv.100-40 ming 2) mil.avv. 40-12-ming
D) 1) mil.avv.1 mln -100 ming 2) mil.avv. 40-12-ming
2. Makedonyalik Aleksandr saklarga qarshi kurashish
maqsadida qayerda qal’a barpo etish to‘g‘risida buyruq beradi?
A) Politimet B) Kurushkat C) Xo‘jand D) Zariasp
3. Yunon-rim mualliflari tomonidan Baqtriana yoki Baqtriya
deb atagan yerlarga hozirgi qaysi hududlar to‘g‘ri keladi?
1) Surxon vohasi 2) Turkmanistoning shimoli
3) Zarafshon vohasi 4) Tojikiston shimoli
5) Afg‘onistonning shimoli 6) Tojikistonning janubi
A) 1, 2, 6 B) 1, 5, 6 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3
4. Quyidagi manzilgohlarning qaysi biri taqinchoqlar –
munchoqlar, tumorlar va uzuklar yasala boshlangan davrga oid?
A) Selung‘ur B) Teshiktosh C) Zarautsoy D) Kapova
5. Quyidagi fikrlardan to‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.
A) Xalq sudi faoliyatida 20 yoshga to‘lgan erkak
fuqarolar ishtirok eta olardilar
B) Davlatni boshqarishda faqat erkak fuqarolar ishtirok eta
olardi
C) Beshyuzlar kengashi qarorlari Oqsaqollar Kengashida
tasdiqlangan
D) Erkak jinsiga mansub barcha fuqarolar 30 yoshdan boshlab
Xalq majlisida ishtirok etardilar
6. O‘rtayer dengizining sharqiy qirg‘og‘i bo‘ylab joylashgan
qadimiy o‘lkani aniqlang.
A) Midiya B) Galliya C) Finikiya D) Frakiya
7. Milloddan avvalgi I asrda bo’lgan voqealarni toping.
1) Rimda armiya real kuchga aylandi.
2) Kushon davlati tashkil topdi.
3) Strabon “Geografiya” asarini yozdi.
4) Rim aholisi eng ko’p shaharga aylandi.
5) Xitoyda qog’oz ixtiro qilindi.
A) 1, 2, 3 B) 2, 4, 5 C) 1, 3, 5 D) 3, 4, 5
8. Yunonlar Attika gʻarbiy qismida “Akropol”
qal’asini qurgan davrda jahon tarixida yana qanday voqea
boʻlgan?
A) Old Osiyoda ilk davlatlar vujudga keldi
B) Shumerlar mixxat yozuvini ixtiro qilishdi
C) Oʻrta Osiyoda zardushtiylik dini vujudga keldi
D) “Buyuk meridianal yoʻl” vujudga keldi
9. Rim davlati olib borayotgan urushlardan birida halok bo’lgan
(mil.avv. I asr) Rim sarkardasining asosiy xizmati nimada?
A) Karfagan ustidan uzil-kesil g’alaba qozondi;
B) Spartak qo’zg’alonini bostirdi;
C) Rim imperiyasiga asos soldi;
D) Rimni harbiy diktatura tuzimidan saqlab qoldi;
10. Quyidagi davlatlarni tarix sahnasidan tushib ketgan
vaqtiga ko‘ra xronologik jihatdan to‘g‘ri ketma-ketlikda
belgilang.
1) Ossuriya 2) Shummer -Akkad
3) Yangi Bobil 4) So'nggi Misr podsholigi
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 1, 3, 4
C) 2, 1, 4, 3 D) 4, 2, 3, 1
11. Qaysi xalq afsonasiga ko`ra –Yer azalda hamma tomondan
dengizlar bilan o`raglan, deb tasavvur qilingan?
A) hindlar B) mesopatamiya
C) misrliklar D) yunonlar
12. Quyidagilarni izohi bilan to’g’ri joylashtiring.
1) Alarix 2) Antiox 3) Antoniy 4) Attila
a) mil.452-yilda Italiyaga bostirib kirgan qabila yo’lboshchisi;
b) mil.410-yilda Rimni qurshab olgan qabila yo’lboshchisi;
c) Salavkiylar davlati Sharqiy viloyatlari noibi;
d) mil.avv.31-yil Yunoniston qirg’oqlarida bo’lgan jangdan so’ng
Aleksandriya shahriga qochgan shaxs;
A) 1-a, 2-c, 3-d, 4-b B) 1-b, 2-c, 3-d, 4-a
C) 1-a, 2-b, 3-c, 4-b D) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a
13. O’rta tosh davrida yuz bergan voqeani toping.
A) toshga ishlov berish texnikasi o‘zgardi;
B) dastlabki diniy e’tiqodlar paydo bo’lgan;
C) mayda tosh qurollar – mikrolitlar kashf qilingan;
D) paxsadan uylar qurila boshlangan;
14. Bir davrda sodir boʻlgan voqealarni belgilang.
1) Rim respublika deb yuritila boshlandi;
2) Misr yana yagona davlatga birlashdi, mamlakat iqtisodiyoti va
madaniyatida yuksalish boshlandi;
3) Yangi Bobil podsholigi vujudga keldi;
4) poytaxti Tushpa shahri boʻlgan davlat gullab-yashnadi;
5) “Avesto”ning ilk paydo boʻldi;
6) Temirdan yasalgan ilk mehnat qurollari O‘rta Osiyodan
topilgan.
A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 2, 3, 6 D) 4, 5, 6
15. Yunon-rim sarkardalari hayoti haqida kitob yozib qoldirgan
(a) va “Rim tarixi”ni yozgan (b) shaxslarni aniqlang.
1. Kvint Kursiy Ruf 2. Tit Liviy 3. Arrian 4. Tatsit 5. Plutarx
A) a-4; b-5 B) a-1; b-5 C) a-5; b-2 D) a-1; b-3
16. Soʻnggi paleolit davri bilan boʻgʻliq voqealarni aniqlang.
1) bu davrda kromanyon odami yashagan;
2) oʻtroq turmush tarzi vujudga keldi;
3) inson endilikda taqinchoqlar yasay boshladi;
4) odamlar urugʻ jamoalariga birlashdilar;
5) Sopol idishlar hayvonlarning, qushlarning tasvirlari va
oʻsimlik naqshlari bilan bezatila boshlandi;
6) idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan
foydalanishga kirishildi;
7) kiyim-kechak tayyorlashda hayvonlar terisidan foydalana
boshlashdi;
8) dastlabki turar joylar qurildi
A) 1, 2, 7, 8 B) 1, 3, 4, 5, 6, 8
C) 2, 3, 4, 5, 6, 7 D) 1, 3, 4, 7, 8
17. Quydagilardan qaysi biri doriylar Sparta davlatiga asos
solgan asrga tegishli?
18. Qadimgi Rimda nima uchun qullarning qadri bo‘lmagan?
A) qullar mehnati foydali emasligi uchun;
B) chunki ular judayam arzon turardi;
C) chunki qullarda mehnatdan manfaatdorlik hissi bo‘lmagan;
D) chunki qul butunlay quldorning ixtiyorida bo‘lgan;
19. Qadimgi Hindiston tarixiga oid to‘g‘ri ma'lumotlar berilgan
javobni toping.
1. Maurya davlati Shimoliy Hindistondagi barcha davlatlarni o‘z
tarkibiga olgan;
2. fors qo‘shinlariga qarshi kurashga mashhur hind sarkardasi
Chandragupta sardorlik qiladi;
3. Moxenjodaro aholisining asosiy mashg’uloti dehqonchilik edi.
Dehqonlar shakarqamish, paxta o‘simliklarini yetishtirganlar;
4. Mil. avv. 3-ming yillikda Gang daryosi vodiysida katta
shaharlar vujudga kela boshladi;
5. Hindlar jon bir tanadan boshqasiga ko‘chib o‘tishiga e’tiqod
qilishgan;
6. Milodiy III asrda Maurya rivojlanishda yuksak taraqqiyotga
erishdi;
A) 2, 4, 6 B) 2, 3, 4 C) 1, 5, 6 D) 1, 3, 5
20. Quyidagi qo’zg’olonlardan qaysilari Xan sulolasiga qarshi
ko’tarilgan?
1) “Sariq ro’mollilar”; 2) “Qizil ko’ylaklilar”;
3) “Qizil qoshlilar”; 4) “Oq kiyimlilar”
A) 2, 4 B) 1, 3 C) 1, 4 D) 2, 3
21. Rasmda ko’rsatilgan tarixiy shaxsga tegishli bo’lmagan
ma’lumotni toping.
A) turli qabilalarni istilochilarga qarshi
kurashga birlashtirish uchun ularni birlikka
da’vat qilgan;
B) mil.avv.1-ming yillikning birinchi
Do'stlaringiz bilan baham: |