YUGURUVCHILAR
SIZGA YAXSHI KAYFIYAT TILAB
14 yil davomida Lion shahridagi sport tibbiyoti markazi (Fransiya) yosh sportchilarning jarohatlanish muammolarini o‘rganib chiqdi. Tadqiqotlar natijasida jarohat olmaslikning eng yaxshi yo‘li – bu uning oldini olish va yaxshi poyabzal tanlash kerakligi aniqlandi.
Zarbalar, yiqilishlar, eskirish va yirtilishlar...
8 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan sportchilarning 18 foizining tovonida jarohati bor. Futbolchining to‘pig‘idagi tog‘ay zarbalarga ta’sirlanmay qoladi va 25 foiz professionallar bu ularning eng nozik joyi ekanligini bilishadi. Mo‘rt tizza bo‘g‘imidagi tog‘ay ham shu kabi kuchli shikastlanishi mumkin va ertaroq (bola 10-12 yoshdaligida) hech qanday chora ko‘rilmasa, bu barvaqt suyak artriti boshlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Son suyagi ham turli shikastlanishlardan qutulib qola olmaydi, ayniqsa, o‘yinchi charchagan paytlarida yiqilib yoki to‘qnashib ketishi oqibatida suyagini sindirib olish xavfi bor. Bundan tashqari, shu tadqiqot natijalariga ko‘ra, 10 yildan ko‘p o‘ynagan futbolchilarning oyoqlarida yoki tovonlarida turli o‘smalar paydo bo‘lishimumkin. Bu o‘smalar «futbolchining oyog‘i» deb nom olgan, ya’ni oyoq muntazam sport oyoq kiyimida harakatlanishi tufayli paydo bo‘lgan deformatsiya.
Himoya, tayanch, chidamlilik va amortizatsiya
Agar sport oyoq kiyimi juda qattiq tuyulsa, u sizning harakatingizni chegaralaydi. Agar u juda harakatga mos, yumshoq bo‘lsa, unda sizning jarohat olishingiz xavfi ortadi. Yaxshi sport oyoq kiyimi 4 ta mezonga mos bo‘lishi kerak:
Birinchidan, u oyoqni tashqi omillardan himoyalash uchun imkon berishi kerak: to‘pning zarbasidan va boshqa o‘yinchining zarbasidan himoya qilishi, sport maydonining notekis joylarini yashirishi va oyoqni sovuq va yomg‘irli kunlarda issiq va quruq saqlashi shart. Bu oyoq kiyimlar oyoq kaftini, ayniqsa, to‘piq suyaklarini turli xil cho‘zilishlar, sinishlardan, tizza suyagini shikastlanishiga olib keluvchi boshqa jarohatlardan himoya qilishi kerak. Shuningdek, ular o‘yinchiga barqarorlik hissini berishi lozim. U ho‘l maydonchada toyib ketmasligi vajuda quruq yuzada birdan yiqilib tushmasligi kerak. Va nihoyat, u basketbolchi va voleybolchilarda bo‘ladigan sakrash holatlaridagi kabi amortizatsiya holatini keltirib chiqara olishi kerak.
Quruq oyoqlar
Qavariqlar, darz ketishi yoki oyoq zamburug‘i kasalliklarining oldini olish uchun sport oyoq kiyimi terlarni parlanib ketishiga to‘sqinlik qilmasligi, ammo namlikni ichkariga kirishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Buning uchun eng maqbuli suv o‘tkazmaydigan teridan qilingan oyoq kiyimi. U yomg‘ir suvlaridan ham himoya qiladi.
MATN YUZASIDAN SAVOLLAR
Do'stlaringiz bilan baham: |