Sahara yaylovlaridagi qoyalarga o‘yib chizilgan gippopotam, karkidon va zubrlarning yo‘qolib ketishi...
A. Eng so‘nggi Muzlik davrining boshlanishiga to‘g‘ri keladi.
B. Chad ko‘li chuqurligining sathi yuqori bo‘lgan davrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi.
C. Ming yillardan ko‘p davr mobaynida Chad ko‘li chuqurligining sathi pasaygan davrga to‘g‘ri keladi.
D. Uzluksiz quruq davr boshlariga to‘g‘ri keladi.
GRIPP
«AKOL» TASHKILOTI XIZMATCHILARI UCHUN GRIPPGA
QARSHI KO‘NGILLI IMMUNIZATSIYA DASTURI
Qishda grippni osongina yuqtirib olish mumkinligi sizga yaxshi ma’lum. Shuningdek, bu kasallik bir necha hafta davom etishi mumkin. Gripp virusiga qarshi kurashning eng yaxshi usuli bu tanani sog‘lom saqlashdir. Eng avvalo, immun tizimining viruslar bilan kurashishigayordam berishi uchun kundalik badantarbiya bilan shug‘ullanish va meva-Sabzavotlarga boy taomlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Ushbu yuqumli kasallikning oldini olish uchun qo‘shimcha profilaktika chorasi sifatida «Akol» tashkiloti o‘z xodimlariga grippga qarshi emlanishni taklif etishga qaror qildi. 17-noyabrdan boshlab hafta davomida ishxonada, ish kunining birinchi yoki ikkinchi yarmida emlash o‘tkazish uchun hamshira bilan shartnoma tuzilgan. Emlanish tashkilot xodimlari uchun qulay va bepul.
Qatnashish ixtiyoriy. Har bir xodim emlanishdan avval allergiyadan aziyat chekmayotgani va qilinadigan emlashning nojo‘ya ta’siri bo‘lishi mumkinligi haqida bilishini tasdiqlovchi hujjatni imzolaydi. Tibbiyot xodimlarining tasdiqlashicha, emlash gripp bilan kasallanmasligingizga kafolat beradi, ammo u charchoq, ozroq isitma va qo‘lda og‘riq paydo qilishi mumkin.
Kimlar emlanishi kerak?
O‘zini virusdan himoya qilishni istagan har bir odam emlanishi mumkin. U ayniqsa 65 yoshdan yuqori bo‘lgan insonlarga tavsiya etiladi. Lekin yoshga qaramay, u HAR KIMGA, ya’ni surunkali xastaliklardan aziyat chekuvchilarga, ayniqsa, yurak kasalligi, qandli diabet, bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarga zarur. Jamoada faoliyat ko‘rsatayotgan HAR BIR xodimning zararlanish xavfi bor. Kimlarga nisbatan emlashga qarshi ko‘rsatmalar belgilangan?
Tuxumga sezuvchanligi yuqori bo‘lgan odamlar, homilador ayollar va kuchli bezgakdan aziyat chekayotgan odamlarni emlash tavsiya etilmaydi. Agar davolanayotgan bo‘lsangiz, shifokor bilan davolanishingiz va emlanish o‘rtasida qarshi ko‘rsatmalar bor-yo‘qligi haqida maslahatlashing. Oldin grippga qarshi emlanganingizda bu sizda kutilmagan yomon asoratlarni keltirib chiqarmaganmi? Agar siz 17-noyabrdan boshlab hafta davomida immunizatsiyadan o‘tishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, 7-noyabr juma kuniga qadar Iroda Nizomovnaga murojaat qiling. Kuni va vaqtining muddati hamshiraning bo‘sh vaqti imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Bu vaqt «Akol» tashkilotining ko‘pgina xodimlari uchun qulay bo‘lishini ham nazarda tutadi. Agar emlanishni qish boshlanishidan oldin amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, biroq siz uchun belgilangan vaqt ma’qul bo‘lmasa, marhamat, Iroda Nizomovnaga murojaat etishingiz mumkin. Agar xohlovchilar yetarlicha yig‘ilsa, balki qo‘shimcha muddat belgilanishi ham mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Iroda Nizomovnaga 5577 telefon raqami orqali murojaat eting.
Do'stlaringiz bilan baham: |