Тузувчи : Файзуллаева Н


Ilg’or xorijiy tajriba bilan uzviylik



Download 13,29 Mb.
bet5/405
Sana15.01.2022
Hajmi13,29 Mb.
#367128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   405
Bog'liq
4 Макроиктисодий тахлил УМК 2019 2020 Автосохраненный

Ilg’or xorijiy tajriba bilan uzviylik.

Mazkur majmua ilg’or xorijiy tajribani keng o’rganish, umumlashtirish va undan ta’lim va tadqiqotlar jarayonida samarali foydalanish mahsulidir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorida 1 Oliy ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko'rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta'minlash maqsadida Oliy ta'lim tizimini kelgusida yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo'yicha bir qator eng muhim vazifalar belgilab olindi:

ta'lim jarayonini, oliy ta'limning o'quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o'qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy-ta'lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish;

yangi avlod o'quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta'lim muassasalarining ta'lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta'lim muassasalarini zamonaviy o'quv, o'quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta'minlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borish;

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 may qarorida oliy o’quv yurtlari “jahonning rivojlangan mamlakatlaridagi yetakchi universitetlar va oliy o’quv yurtlari bilan qalin hamkorlik doirasida keng ko’lamda ishtirok etgan holda 2016/2017 o’quv yili boshlangunga qadar barcha o’quv rejalari va dasturlari tubdan qayta ishlab chiqilishini nihoyasiga yetkazishni ta’minlasin, fanlarni o’qitishning eskirgan, umrini o’tab bo’lgan yondashuv va uslublaridan batamom voz kechishni, bakalavriat va magistraturada jahon fani va ilg’or pedagogik texnologiyalarning zamonaviy yutuqlariga asoslangan yangi o’quv rejalari va dasturlarini joriy etishni, shuningdek, ta’lim jarayonida ularni amalga oshirish hamda oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish uchun ... yetakchi xorijiy olimlar va o’qituvchilarni jalb etishni nazarda tutsin”2 deb alohida ta’kidlangan.

Ushbu qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ta’lim va tadqiqotlarning mazkur axborot-resurs manbaini ishlab chiqishda Dankin Universiteti, Massachusets Texnologiya instituti va N’yu-York Davlat Universiteti (AQSH), Oksford Universiteti, Bat Universiteti va London Metropoliten Universiteti (Buyuk Britaniya), Bremerxafen Universiteti (Germaniya), Vaseda Universiteti (YAponiya), Kemyong Universiteti (Koreya Respublikasi), SHanxay Universiteti (XXR) va boshqa yetakchi xorijiy universitetlar boy ijobiy tajribasidan samarali foydalanildi.

Majmuani takomillashtirish masalalari.

Elektron o’quv-uslubiy majmua o’quv yili mobaynida xalqaro va milliy iqtisodiyot tizimidagi o’zgarishlar va tendensiyalar, yangi qabul qilingan qonunlar, farmonlar va qarorlarni, xorijda va respublikada chop etilgan yangi o’quv va ilmiy adabiyotlarni, fan-texnika va texnologiya borasida erishilgan yangi yutuqlarni hisobga olgan holda muntazam takomillashtirilib boriladi.

Makroiqtisodiyot” fani o'z ichiga quyidagi vazifalarni oladi:



  • birinchidan, makroiqtisodiy kategoriyalar, makroiqtisodiy muammolarning namoyon bo'lishi shakllari va sabablarining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish va tahlil qilish;

  • ikkinchidan, iqtisodiy jarayonlarni makroiqtisodiy modellar vositasida tahlil etish;

  • uchinchidan, makroiqtisodiy siyosat maqsadlari va vositalari, ochiq iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy siyosat yuritish xususiyatlari to'g'risida ilmiy tasavvurlarni shakllantirish;

  • to'rtinchidan, makroiqtisodiy ko'rsatkichlarni hisoblash;

  • beshinchidan, makroiqtisodiy kontseptsiya va modellardan foydalangan holda iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish;

  • oltinchidan, makroiqtisodiy siyosat natijalarini aniqlash usullarini o'rgatish va xulosalar chiqarishdan iborat.


Download 13,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   405




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish