Тузувчи : Файзуллаева Н



Download 13,29 Mb.
bet34/405
Sana15.01.2022
Hajmi13,29 Mb.
#367128
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   405
Bog'liq
4 Макроиктисодий тахлил УМК 2019 2020 Автосохраненный

Asosiy konsepsiyalar

Ishlab chiqarish umumiy hajmi.

Bozor narxlarida hisoblangan YAIM ishlab chiqaruvchi birlik – rezidentlar xo‘jalik faoliyatining oxirgi natijasini ifodalaydi. U barcha ishlab chiqaruvchi birlikrezidentlar tomonidan qo‘shilgan qiymatlarning yalpi summasini aks ettiradi. U yana oxirgi tovar va xizmatlar iste’molining summasidan import tovar va xizmatlar summasini chiqarib tashlaganiga yoki bo‘lmasa ishlab chiqaruvchi birlik-rezidentlar tomonidan taqsimlangan daromadlar summasiga teng. Jismoniy shaxs yoki tashkilot “boshqa hududlarga qaraganda ko‘proq aloqalar” yoki uning manfaatlari markazi joylashgan mamlakat rezidenti hisoblanadi. Bunday holatda chet elliklar tasarrufidagi korxonalar manfaati markazi deb ular o‘z faoliyatini olib borayotgan mamlakat hududi tushuniladi. SHunday qilib, MHT muvofiq mamlakat hududida amal qilayotgan barcha korxonalar, ular qisman yoki to‘liq chet elliklar mulki bo‘lsada, rezidentlar, deb ataladi. Bundan kelib chiqadiki, chet eldagi filiallar va ichki korxonalar sho‘‘ba korxonalariga ularning bosh komponiyalari joylashgan mamlakat rezidentlari deb qaralmaydi. Jismoniy shaxslar milliy hisoblar (to‘lov balansi) tuzishda millati va fuqaroligidan qat’iy nazar mamlakat hududida 1 yil va undan ortiq yashayotgan bo‘lsa, rezidant hisoblanadi. Davlat bosharuv organlari xodimlari faoliyatini xorijda olib borishsa ham o‘z mamlakatlari rezidantlari hisoblanishadi. SHunday qilib, mamlakatdan tashqaridagi elchixonalar va unda ishlovchi shu mamlakatning fuqorolari o‘z mamlakatlari rezidentlari sanaladi. Elchixonaning mahalliy aholi hisobidan yollangan ishchilariga esa o‘z mamlakatlari rezidentlari deya qaraladi.

Ishlab chiqarish rezidentlari xo‘jalik faoliyati natijasida olingan daromad, asosan rezident o‘rtasida taqsimlanadi. SHu bilan birga daromadlarning ma’lum bir qismi norezidentlarga to‘lanishi, tashqi dunyo (norezidentlar) daromadlarining bir qismi rezidentlarga o‘tishi mumkin. Rezidentlar tarafidan olingan daromadlarni hisoblash uchun YAMD, YAIMdan norezidentlarga tegishli daromadni (yollanma ishchilarga to‘lovlar yoki mulkdan daromad) ayirib, unga ishlab chiqaruvchi birlik norezidentlardan kelgan daromad ko‘shiladi. YAIM va YAMD orasidagi farq ”sof xorij daromadi” deya nomlanadi va u musbat yoki manfiy qiymatga ega bo‘lishi mumkin. Bunday to‘lovlar va tushumlar asosan investitsiyalardan dividendlar, qisqa va uzoq muddatli zayomlar bo‘yicha foizlarni oladi. Mehnat daromadlari nisbatan kam, chunki chet elda ishlayotgan ishchi bir yil o‘tgach, o‘sha mamlakat rezidenti (statistika nuqtai nazaridan) hisoblanadi va uning daromadi yashayotgan davlat YAIM va YAMMga qo‘shiladi. Tashqi omillardan foydalanishdan to‘lovlar va tushumlar summasiga er va binolar ijarasi to‘lovlari va mualliflik (kitob, filmlar, musiqa, dasturiy ta’minot uchun) huquqi egalariga to‘lovlar kiradi.



Transfertlar

Transfertlar deb to‘lovlarning shunday turiga aytiladiki, uni amalga oshiruvchi tomon to‘lovi o‘rniga hech nima olmaydi va qabul qilgan tomonning hech qanday majburiyati bo‘lmaydi. Transfertlarga chet ellikliklar, boshqa mamlakatlarda ishlovchilar jamg‘armalari repatriyasiyasi, emmigrantlar tuhfalari, pul o‘tkazuvchilar, xayriya tashkilotlari yordam tarzida o‘tkazgan vositalar, xorijiy davlatlar iqtisodiy yordam tartibida bergan vositalar kiradi. Transfertlar ichki iqtisodiyot ishlab chiqarishining qismi bo‘lmaganligi tufayli ular ishlab chiqarish umumiy hajmi ko‘rsatkichlariga qo‘shilmaydi. SHu bilan birga transfertlarni ma’lum davrda mamlakat iqtisodiyoti ega va uni oxirgi iste’mol yoki yalpi jamg‘armaga sarflashi mumkin bo‘lgan daromadlar bari bir oshiradi yoki kamaytiradi. YAMD va xorijiy transfertlarni aks ettirish uchun yalpi milliy ixtiyoridagi daromad (YAMID) tushunchasi qo‘llaniladi. Modomiki, sof transfertlar manfiy ishorada bo‘lishi (transfert to‘lovi transfert tushumidan katta bo‘lishi), yalpi milliy ihtiyoridagi mahsulot hajmi yalpi milliy mahsulotdan kam bo‘lishi mumkin.




Download 13,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   405




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish