Тузувчи : Файзуллаева Н


Aholi migratsiyasi va mehnat resurslarini prognozlash



Download 13,29 Mb.
bet174/405
Sana15.01.2022
Hajmi13,29 Mb.
#367128
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   405
Bog'liq
4 Макроиктисодий тахлил УМК 2019 2020 Автосохраненный

14.3.Aholi migratsiyasi va mehnat resurslarini prognozlash
YAxlit holdagi aholi prognoz soni va strukturasi dastlab tashqi migratsiyani hisobga olmagan holda amalga oshiriladi, chunki uning xissasi uncha katta emas, biroq xududlar uchun demografik prognozlar aholi migratsiyasini hisobga olgan holda tuzilishi lozim.

Migratsiya nafaqat aholining umumiy soniga ta’sir qiladi, balki uning nisbiy va yosh strukturasini ham o‘zgartiradi. Shuning uchun bu omil tug‘ilish bilan bir qatorda asosiy omil hisoblanadi. Migratsiya koeffitsientini hisoblash uchun dastlab xududning har 1000 kishisiga to‘g‘ri keladigan ko‘chib kelishlarning o‘rtacha soniga teng bo‘lgan ko‘chib kelish koeffitsientini hisoblash lozim. Har 1000 kishiga xududdan ko‘chib ketish va kelishlar koeffitsienti beriladi. So‘ngra ko‘chib ketishlar va kelishlar o‘rtasidagi farq hisoblanadi. Bu farq sof migratsiya koeffitsientini yoki migratsiya soldosi koeffitsienti hisoblanadi. U madaniy yoki musbat ishorali bo‘lishi mumkin. Ko‘chib keluvchilar va ko‘chib ketuvchilar soni xududning jami aholi uchun hisoblangani kabi har bir jinsi yoki guruhlar uchun alohida hisoblanadi. Migratsiyani hisobga olgan holda aholi sonini prognozlash ikki bosqichda amalga oshiriladi.

1 – bosqichda aholi tabiiy o‘zgarishi prognozlash usuli asosida amalga oshiriladi. Masalan, ikki omil tug‘ilish va o‘limning ta’sirini hisobga olib korrelatsion tahlil yordami.

Aholining jinsiy yosh tarkibi uchun yoshning siljishi usulidan foydalaniladi. Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki, aholi sonini yuzaga kelgan shva jinsiy strukturadan kelib chiqib jins va yosh bo‘yicha hisoblashda kutilayotgan tug‘ilish va o‘lim darajalari mos ravishda qo‘shiladi va ayriladi.

2-bosqichda hosil qilingan aholi soniga (umumiy yoki jinsiy yosh) migratsiya ta’siridan tuzatishlar kiritiladi. Buning uchun aholi soni sof migratsiya koeffitsientiga ko‘paytiriladi va ishorasiga qarab hisoblangan tuzatma kattaliklar birinchi bosqichda topilgan umumiy aholi soniga qo‘shiladi yoki ayriladi.

Prognozlashda eng avvalo mehnat resurslarini takror ishlab chiqarishning barcha tomonlarini qamrab oluvchi mavjud qonuniyatlar va ularning shakllanishi, takomilashishi va qo‘llanilishi bo‘yicha o‘rganish lozim. Bularning barchasi shunga muvofiq statistik yoki boshqa axborot to‘planishini talab qiladi.

Aholi sonini prognozlash modeli tenglamalar tizimi ko‘rinishida tuziladi.

U=a0+a1x1-a2x2+a3x3

Bu erda: x1 –tug‘ilish,x2 –o‘lim, x3 –migratsiya.

X1=b0+b1z1k+b2z2+ b3z3

X2=s0+s1z1+ s2z2+ s3z3

X3=d0+d1z1+ d2z2+ d3z3… va xokazolar

Demografik prognozlar aholining harakatini va mehnat resurslarining takror ishlab chiqishi, mehnatga layoqatli aholining bandlik darajasi, uning malakaviy va kasbiy tarkibini o‘z ichiga qamrab oladi. Demografik prognoz aholining dinamikasini uning jins va yosh bo‘yicha tarkibi, tug‘ilishi va o‘lishi, aholining hududiy joylanishi bo‘yicha ma’lumotlar asosida ko‘rib chiqiladi. Demografik prognozi oilaning kutilajak soni, uning o‘rtacha miqdori, aholininng migratsion oqimining yo‘nalishi va intensivligi, faol mehnat faoliyatining davomiyligi, mehnat faoliyatining boshlanishi va yakunlanishi, nafaqaga chiqish o‘rtacha yoshi, o‘rtacha hayot kechirish to‘g‘risida prognoz axborotini olishga imkon beradi.

Demografik prognoz asosida aholining ijtimoiy ehtiyojlarining hajmi va tarkibi, shaxsiy iste’mol buyumlarni ishlab chiqarish, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash rivojlanishini va h.k rejalashtiriladi. Demografik prognozlar ijtimoiy rivojlanish prognozlari va turmush darajasini oshirish bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi.




Download 13,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   405




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish