2-MAVZU; EKOLOGIYA HUQUQI MANBALARI.
Tuzuvchi : dоs. Mаxmаnоvа X
Mаqsаdli guruh Milliy istiqlоl hоyasi vа mа`nаviyat аsоslаri
REJA:
1. Ekologiya huquqi manbalarining tushunchasi, hususiyatlari va tizimi.
2. Ekologiya huquqining konstitutsiyaviy asoslari.
3. O`zbekiston Respublikasi qonunlari ekologiya huquqining maxsus manbasi sifatida.
4.Qonun osti hujjatlarining ekologiya huquqidagi tutgan o’rni va ahamiyati.
Har bir fan, huquq sohasi o`z manbalariga ega bo`lib, ushbu manbalar asosida rivojlanadi.
Tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda yordam beradigan, qatnashadigan huquqiy hujjatlar ekologiya huquqining manbasi sifatida qaralishi mumkin.
Ekologiya huquqining manbalari sifatida me’yoriy huquqiy hujjatlar hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, har qanday huquqiy hujjat manba bo`lib xizmat qiladi. Ekologiya huquqining manbasi sifatida qaralayotgan huquqiy hujjat quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1. Vaholanki davlat organlari tomonidan qabul qilinganligi.
2. Berilgan doirada majburiy ahamiyat kasb etishi.
3. Ekologik qoida talablarini belgilashi.
4. Rasmiy shakl, tuzilish, amal qilish muddatlari va boshqa atributlarga ega bo`lish.
Ekologiya huquqining manbalari deganda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik havfsizligini ta’minlash bilan bog`liq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda xizmat qiladigan qonunchilik hujjatlari tushiniladi.
Ekologik munosabatlarni tartibga soluvchi konstitutsiyaviy qoidalar, O`zbekiston Respublikasi qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining farmon va qarori, maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari hamda mahalliy davlat hokimiyat organlarining me’yoriy hujjatlari yig`indisi ekologik qonunchilik hujjatlari tizimini tashkil etadi.
Ekologiya huquqining manbalari keng qamrovli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishi uchun ham ularni qquyidagicha tasniflash mumkin.
1.Yuridik kuchi bo`yicha manbalarni qjnunlar va qonun osti me`yoriy hujjatlarga bo`linadi;
2.Ekologik munosabatlarni tartibga solinishi yo`nalishlari bo`yicha:
-tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi;
-tabiiy resurslardan oqilona foydalanish qonunchiligi;
-aholining ekologik xavfsizligini ta'minlash qonunchiligi.
3.Munosabatlarni tartibga solish prеdmеti bo`yicha:
-umumiy va maxsus ekologik qonunchilig hujjatlari.
4.Huquqiy tartibga solish holati bo`yicha moddiy va protsеssual ahamiyatidagi qonunchilik xujjatlari;
5.Qonunchilik xujjatlarining tizimi qo`llanilish doirasi bo`yicha oddiy kodifikatsiyalangan manbalar;
6.Qonunchilik hujjatlarining qo`llanilish doirasi bo`yicha:
-hududiy-mintaqaviy
-rеspublika miqyosida
-xalqaro miqyosidagi manbalar va hokazolar.
Dеmak ekologiya huquqining manbalari ekologik munosabatlarni tartibga solishda tabiiy qonunlar va jamiyat qonunchilik hujjatlarini mujassamlashtirgan holda tartibga soladi.Bu esa o`z navbatda ekologik qonunchilik hujjatlarini hajmining ko`payishiga olib kеladi.
Tabiat-jamiyat tizimida o`zaro munosabatlarni tartibga solishda bir tomondan qonun, farmon, qaror, nizom kabi me’yoriy hujjatlar, ikkinchi tomondan, ushbu qonun hujjatlarini qo`llanishiga yordam berish va davomiyligini ta’minlashga ekologik normativ, standart va yo`riqnomalar kabi minglab me’yoriy-texnik ahamiyatdagi hujjatlar qo`llaniladi.
Ekologiya huquqining manbalari boshqa huquq sohalari manbalariga chambarchas bog`liq Bo`lib, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish tamoyillari, usullari, qoidalarini qo`llashda umumiylikka egadir.
Lekin shuning bilan bir qatorda o`ziga xos xususiyatlarga ham ega bo`lib, boshqa huquq sohalari qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatidan farq qiladi.
Ular muhim ahamiyatga ega bo`lib, birichidan, ekologiya sohasida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda tabiiy qonuniyatlarga ustuvorligini e’tirof etadi, ikkinchidan atrof tabiiy muhitini muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda jamiyat-davlatning mavjud barcha vosita va tadbirlaridan foydalanadi.
Ekologik qonunchilik hujjatlari birinchidan, tabiatning ustuvor qonunlarini jamiyat-davlat qonunchilik hujjatlari bilan mujassamlashtiradi, ikkinchidan tabiatni muhofaza qilish va ulardan foydalanishning qonuniy holatini belgilash va kafolatlashda boshqa huquq sohalari, ya’ni konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, mehnat huquqi, moliya huquqi, qishloq xo`jalik huquqi kabilarning qonunchilik hujjatlarini ekologik masalalarni hal qilishga yunaltiradi.
Demak, ekologiya huquqining manbalari atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, aholining ekologik havfsizligini ta’minlash bilan bog`liq jarayonlarda paydo bo`ladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan qonunchilik hujjatlari tizimidan iboratdir.
Ekologik qonunchilik hujjatlari murakkab tizimga ega bo`lib,o`z mazmun-mohiyatiga ko`ra biz ularni o`rganishni oson bo`lishi uchun uch asosiy qismga bo`lib o`rganamiz:
1.Ekologiya huquqining konstitutsiyaviy asoslari.
2.Ekologiya sohasidagi O`zbyokiston Rеspublikasining qonunlari tizimi.
3.Ekologiya sohasidagi qonun osti mе'yoriy hujjatlar tizimi.
2. Ekologiya huquqining asosiy manbasi bo`lib, Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hisoblanadi.
Konstitutsiyada belgilangan qoidalar orqali jismoniy va yuridik shaxslar ekologik huquqlari, burchlari va erkinliklarini ifoda etadilar.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, O`zbekiston Respulikasi Konstitutsiyasida tabiat-jamiyat tizimidagi o`zaro munosabatlarni tartibga soluvchi maxsus qoida-talablar ham belgilangan bo`lib, ekologiya huquqi manbalarining poydevorini tashkil etadi.
Asosiy qonunimizning 50, 54, 55 va 100-moddalarida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarimizdan oqilona foydalanish bilan bog`liq ekologik huquqiy qoida-talablar mustahkamlangandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |