Konstitutsiymizaning 50-moddasida, “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdilar” deb, belgilanib fuqarolarning ekologik majburiyatlarini konstitutsiya darajasida mustahkamlaydi.
"Jamiyatning ihtisodiy nеgizlari" dеb nomlangan X11 bobda,rеspublikamiz hayotining ihtisodiy asoslari, ya'ni mulkchilik masalalari, ho`jalik yuritish va tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari bеlgilanib, hozirgi paytda bozor munosabatlarini rivojlantirish amalga oshirilayotgan islohatlarni chuhurlashtirishda ahamiyati bеhiyosdir.
54-modda,”Mulkdor mulkiga o`z hohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart”.
Ushbu moddada birinchidan, mulk huhuining mazmuni e'tirof etilsa,ikkinchidan,mulkdan foydalanish huquqiga ega bo`lgan jismoniy va yuridik shaxslarning xo`jalik va ishlab chiharish jarayonida ekologik muhitga ziyon еtkazmasligi ,ya'ni ularning ekologik majburiyatlari mustahkamlanadi.
Konstitutsiyaning 55-moddasida, Yer, yer ostida boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir” deb, ifodalangan bo`lib, davlat ekologik siyosatining asosiy tamoyillarini o`z ichiga oladi.
Ushbu konstitutsiyaviy hoidaning ahamiyati shundaki, birinchidan, mustahilligimizni moddiy asosini tashkil etuvchi tabiiy boyliklarning xalqimizning boyligi, mulki ekanligi, ikkinchidan, tabiiy resurslardan faqat oqilona foydalanish zarurligi, uchinchidan, respublikamiz tabiati davlat muhofazasiga olinganligi, ya`ni ekologik huquqiy munosabatlarni davlat tomonidan kafolatlanishi kabi tamoyillarni mustaykamlaydi.
Asosiy qonunivizning XXI bobida mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqiy holati belgilangan. Ushbu bobning 100-moddasida mahalliy davlat hokimiyat organlari vakolatlarining asosiy yunalishi sifatida atrof-muhitni muhofaza qilish kabi mas’uliyati etirof etilgan.
Ushbu konstitusiyaviy tamoyillar asosida atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik havfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonun, farmon, qaror, nizomlar kabi me`yoriy – huquqiy hujjatlar qabul qilinadi.
3. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qoida-talablari va tamoyillari asosida atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va aholining ekologik havfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonunlar qabul qilinadi.
Asosiy qonunimizda davlat ekologiya siyosatining asosiy yunalaishlari belgilansa ushbu konstitutsion qoidalarga mos ravishda qabul qilinadigan qonunlarda atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning talablari, mexanizmi mustahkamlandi.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so`ng O`zbekiston Respublikasi qo`yidagi qonunlarni qabul qildi.
1. O`zbekiston Respublikasining,” Alohida muhofaza qilish to`g`risida”gi qonuni;
2. O`zbekiston Respublikasining, “Davlat sanitariya nazorati to`g`risida”gi qonuni;
3. O`zbekiston Respublikasining,” Suv va suvdan foydalanish to`g`risida”gi qonuni;
4. O`zbekiston Respublikasining,” Atmosfera havosini muhofaza qilish to`g`risida”gi qonuni;
5. O`zbekiston Respublikasining, “Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi qonuni;
6. O`zbekiston Respublikasining, “O`simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida”gi qonuni ;
7. O`zbekiston Respublikasining,” Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida”gi qonuni ;
8. O`zbekiston Respublikasining, “Er kodeksi”;
9. O`zbekiston Respublikasining, “Er osti boyliklari to`g`risida”gi qonuni;
10. O`zbekiston Respublikasining,”Davlat er kadastiri to`g`risida”gi qonuni;
11 O`zbekiston Respublikasining, “O`rmon to`g`risida”gi qonuni;
12. O`zbekiston Respublikasining,”Ekologik eksperteza to`g`risida”gi qonuni;
13. O`zbekiston Respublikasining,” Metrologiya to`g`risida”gi qonuni;
14. O`zbekiston Respublikasining, “Standartlashtirish to`g`risida”gi qonuni;
15. O`zbekiston Respublikasining, “Xizmat va mahsulotlarni sertifikatlashtirish to`g`risida”gi qonuni;
16.O`zbekiston Respublikasining, “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatlari favqulodda vaziyatlardan tabiatni muhofaza qilish to`g`risida”gi qonuni;
17.O`zbekiston Respublikasining, “Gedrotexnika inshootlarining habfsizligi to`g`risida”gi qonuni;
18. O`zbekiston Respublikasining, “ Radiasiya habfsizligi to`g`risida”gi qonuni;
O`zbekiston Respublikasining qonunlari ekologik munosabatlarni tartibga solish uchun qabul qiligan bo`lib, ekologiya huquqining maxsus manbasi sifatida e’tirof etiladi.
Tabiyat-jamiyat tizimidagi o`zaro ta`sirlar, ya`ni ekologik ijtimoiy munosabatlarning doirasi keng va murakkab bo`lib, ularni tartibga solish jarayonida jamiyat va davlat hayotining barcha vositalaridan foydalanadi, ya`ni nafaqqat ekologiya huquqining maxsus qoida talablaridan muvofiqlashtirgan holda qo`llaniladi.
Ekologik huquqiy mexanizmini ta’minlashda turli huquq sohalarining qo`yidagi me’yoriy hujjatlari ham ekologiya huquqining manbasi sifatida qaraladi:
1. O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi;
2. O`zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi;
3. O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi;
4. O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va boshqalar.
Ushbu qonun hujjatlari ham ekologik qoida talablarni brlgilagan holda ekologiya huquqining maxsus qoida talablar bilan bog`liq ravishda ekologik qonunchilikni buzganlik uchun intizomiy, ma`muriy, jinoiy, fuqarolik javobgarlikni qo`llash, tabiyatdan foydalanganlik uchun soliq va turli to`lovlarni to`lash bilan bog`liq jarayonlarni tartibga soladi.
Ekologiya sohasidagi O`zbekiston Respublikasining qonunlari davlat ekologik huquqiy mexanizmini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo`lib, qonun osti me’yoriy hujjatlar bilan o`zaro bog`liq ravishda ekologik munosabatlarni tartibga soladi.
4.Ekologiya huquqining manbalari tizimida qonun osti me’yoriy hujjatlarning tutgan o`rni beqiyosdir. Hammamizga ma’lumki, konstitutsiyaviy tamoyillar va O`zbekiston Respublikasining qonunlarida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ekologik havfsizlikni ta’minlashning umumiy va maxsus qoida-talablari belgilanadi, mavjud ekologik munosabatlar tartibga solinadi.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, amaldagi aksariyat qonunlarimiz o`zgaruvchan, turli tabiie hududlarumizning o`ziga xos xususiyatlarini belgilashnu iloji yuq. Mana shunday sharoitda qonunlarda mustahkamlangan qoida talablarni mahalliy tabiiy hududlarda qo`llashda, ekologik muammolarini hal qillishda qonun osti me’yoriy hujjatlaridan foydalanadi.
Qonun osti me’yoriy hujjatlarimizning asosiy maqsadi va vazifasi, konstitutsiyaviy tamoyillar, qonunlarda belgilangan maxsus qoida talablarni amalda qo`llanilishini osonlashtirish, ma’muriy hududlarning tabiiy holati asosida me’yoriy qoida-talablarni belgilash, ularning hayotiyligini ta’minlash vaasosiy qoida-talablarni barcha yuridik va jismoniy shaxslarga etkazishdan iborat.
Ekologiya huquqining qonun osti me’yoriy hujjatlari ham murakkab tizimga ega bo`lib, ekologik meyorlar doirasi, qo`llanilish tartibi, amal qilish muddati hamda markaziy va maxsus davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyat organkari tomonidan qabul qilish ahamiyatiga ko`ra quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo`lishi mumkin.
1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qabul qiligan maxsus qarorlari.
2. Maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlarining me’yoriy hujjatlari (qaror, nizom, yo`riqnoma)
3. Mahalliy davlat hokimiyat organlarining me’yoriy hujjatlari.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari amaldagi qonun hujjatlari asosida qabul qilinib, atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish asosida tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik havfsizlikni ta’minlash bilan bog`liq qoida talablarini belgilaydi va belgilangan doirada umummajburiy ahmiyat kasb etadi.
Ekologiya sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari hisoblangan O`zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi, O`zbekiston Respublikasi qishloq ba suv xo`jaligi vazirligi, O`zbekiston Respublikasining sog`liqni saqlash vazirligi, O`zbekiston Respublikasining Er resurslari davlat qumitasi kabi organlari o`z vakolatlari doirasida me’yoriy hujjatlarni qabul qilib, ma`lum tabiat ob`ekti sohasidagi ekologik qoida-talablarni belgilaydi.
O`zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi er, er ostida boyliklari, suv, o`simlik va hayvonot dunyosi atmosfera habosini muhofaza qilish vf ulardan foydalanish tartibini belgilaydigan ekologik normative, standartlarni tasdiqlaydi, nizomlar va yuriqnomalarni ishlab chiqadi vf tasdiqkaydi, barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi shart bo`lgan qarorlar qabul qiladi va hokazo.
Ekologikqonunchilik hujjatlari tizimida mahalliy davlat hokimiyat organlarining me`yoriy hujjatlari har bir viloyat, shahar tuman hududida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan oqilina foydalanish bilan bog`liq qoida talablarni belgilaydi.
Ayniqsa, mahalliy davlat hokimiyat organlarining tabiatni vuhofaza qilish bo`yicha, egalik va foydalanish uchun tr, o`rmon uchastkalarini ajratib berish, tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun mahalliy soliq to`lovlarini joriy etish bilan bog`liq qarorlarini qabul qilib, ushbu hududdagi barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun umummajburiy ahamiyat kasb etadi.
Demak, qonun osti me’yoriy hujjatlar muhim ahamiyatga ega bo`lib, konstitutsiyaviy tamoyillar va qonun hujjatlari qo`llanilishini va ularning hayotiyligini ta’minlab ekologik huquqi manbalarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Аdаbiyotlаr.
1.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsuiyasi.T, “O’zbekiston ”,2000.
2.Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to’g’risida”gi qonun.O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi.1993 yil,№6,255-m.
3.”Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi qonuni. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Axborotnomasi ,1993 y.№1.38-m.
4.O’zbekiston Respublikasining “Yer kodeksi”. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Axborotnomasi ,1993 y.№5-6.82-m.
16.Natsionalny doklad «O sostoyanii okrujayushey sred i ispolzovanii prirodnx resursov Respubliki Uzbekistan».T.,1996,1997,1999,2000.
5.Karimov I.A.Islohotlar strategiyasi –mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishdir.O’zR Vazirlar Mahkamasida 2003 yil 18 fevral soni.
6.Xolmshminov J.,Xayitboev E.”Ekologik xavfsizlik:ekologik huquqiy ta‘lim va tarbiya masalalari”.O’zMU bosmaxonasi 2003.
7.Abdullaev O.,Toshmatov Z.O’zbekiston ekologiyasi:bugun va ertaga.T.,1992.
8.Ayubov U.T.Lishenie,ogranichenie i priostanovlenie prav svyazannx s prirodopolzovaniem.Ekologicheskiy vestnik Uzbekistana.1996 g.№3,26-28 str.
9.Bogolyubov C.A.Ekologicheskoe pravo.M.,1999.
9.Yerofeev B.B.Ekologicheskoe pravo.M.,1998.
Do'stlaringiz bilan baham: |