Tuzlarning gidrolizlanish tenglamalarini tu/ish. Kuchsiz ko'p asosli kislotalar bilan kuchli asoslardan hosil bo'lgan tuzlarning gidrolizlanishi bosqich bilan boradi (teskarijarayonga — bosqichli dissotsilanishga muvofiq), bunda nordon tuzlar (aniqrog'i, nordon tuzlarning anionlari) hosil bo'ladi. Masalan, natriy karbonat ning gidrolizlanishini quyidagi tenglamalar
b ilan ifodalash mumkin: 1) birinchi bosqich
Lekin odatdagi sharoitda gidroliz amalda birinchi bosqich bilan chek-lanadi: ionlar suvning ionlarini bog'lab, dastlab H2C03
molekulalarini ema§, balki ionlarini hosil qiladi. Bunga sabab shuki,
ionlar molekulalariga qaraganda ancha qiyin dissotsilanadi.
Faqat ko'p suyultirilganda va qizdirilgandagina hosil bo'lgan nordon tuzning gidrolizlanishini e'tiborga olish mumkin.
ning gidrolizlanish tenglamasini tuzish uchun quyidagi qoidaga asoslanamiz. Tuz kuchli asos bilan kuchsiz kislotadan hosil bo'lgan, shu sababU ioni (kuchsiz kislota anioni) suvning vodorod ionlarini bog'laydi.
ionda ikkita zaryad bo'lganligi sababli gidrolizning ikkita bosqichini
ko'rib chiqish va har qaysi bosqich uchun uchtadan tenglama: a) qisqar-tirilgan ionli shaklda, b) ionli shaklda va d) molekular shaklda yozish kerak. Bunda almashinish reaksiyalarining ionli tenglamalarini yozish qoidalarini (49-§) e'tiborga olish lozim.
Birinchi bosqich: a) gidrolizning qisqartirilgan ionli shakldagi tenglamasi:
(a)
b) gidrolizning ionli shakldagi tenglamasi:
(b) d) gidrolizning molekular shakldagi tenglamasi:
Shunday qilib, qisqartirilgan ionli shakldagi tenglamadan ionli shakldagi tenglamaga o'tish uchun birinchi tenglamaning (a) ionlariga teskari ishorali ionlarni qo'shib yozish kerak (b). Tenglama (b) dagi ionlarni molekula holida birlashtirib, gidrolizning molekular shakldagi tenglamasini (d) olamiz.
Ikkinchi bosqich:
Xuddi shunga o'xshash ko'p kislotali kuchsiz asoslar bilan kuchli kislotalardan hosil bo'lgan tuzlar gidrolizlanganda asosli tuzlar (aniqrog'i, asosli tuzlarning kationlari) hosil bo'ladi. Gidroliz asosan birinchi bosqich bo'yicha boradi. Misol tariqasida tuzining gidrolizlanishini ko'rib chiqamiz.
Uning gidrolizlanish tenglamasini tuzishda bu tuz kuchsiz asos bilan kuchli kislotadan hosil bo'lganligiga asoslanamiz. ioni (kuchsiz asos kationi)
suvning gidroksid-ionlarini bog'laydi. Lekin uch zaryadli bo'lgani uchun gidroliz uchta bosqich bilan boradi. Tenglamalarni oldingi misoldagi kabi tuzib chiqamiz.
Birinchi bosqich:
Uchinchi bosqich — reaksiya amalda sodir bo'lmaydi, vodorod ionlari to'planganligi sababli jarayon boshlang'ich moddalar tomoniga siljiydi. Lekin eritmani suyultirish va temperaturani oshirish gidrolizni kuchaytiradi. Bu holda gidrolizlanish tenglamasini uchinchi bosqich uchun ham yozish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |