Asosan uchta bosh –markaziy, yonbosh va tepa –ensa egatlar har bir yarim sharni to’rtta: peshona, tepa, ensa va chakka bo’laklarga bo’ladi.
Markaziy egatni oldi tomonida peshona bo’lagi yotadi. Tepa bo’lagi old tomonidan markaziy egat bilan, ort tomondan tepa-ensa, pastdan-yonbosh egatlar bilan chegaradoshdir. Tepa – ensa egatining ortida ensa bo’lagi turadi. Chakka bo’lagi yuqoridan chuqur yonbosh egati bilan chegaralanadi. Chakka va ensa bo’laklari orasida keskin biron chegara yo’q. Miyaning har bir bo’lagi o’z navbatida egatlar bilan qator chigalliklarga bo’linadi.
Bosh miyaning o’sishi va rivojlanishi . Yangi tug’ilgan bolalarda bosh miyaning vazni 340-400 g ni tashkil etadi , bu esa uning gavda og’irligining 1/8 –1/9 qismini takshil etadi. Miyaning vazni yoshga qarab o’zgara boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |