G‘ISHTIN DEVORLAR.
Bunday devorlarning tuzilma elementlari o‘lchamlari 250x120x65 mm bo‘lgan g‘ishtlardir.G‘ishtlarning katta yon sirtlari keng tomoni deb, kichik yon sirtlari tor tomoni (qirrasi) deb yuritiladi.Devor ko‘tarishda g‘ishtlar gorizantal qatorlar tarzda (keng tomonlari yoki tor tomonlari bilan) qorishma bilan choklarini bog‘lab yotqiziladi (chok bog‘lash-tik choklarning pastki yoki ustki qo‘shni qatorlarda ustma-ust tushmasligini ta'minlash).
Devorlarni pardozlash.Devorlarni pardozlashda ikki maqsad ko‘zda tutiladi: devorlarni atmosfera ta'siridan saqlash va bu bilan ularning uzoq muddat ishlashini ta'minlash va ikkinchidan devorlarga chiroyli ko‘rinish berishdir.
ORAYOPMALAR VA POLLAR
Orayopmalar to‘g‘risida umumiy ma'lumotlar.
Orayopmalar binoning asosiy qismlari xisoblanib ularning vazifasi binolarni qavatlarga bo‘lish, odamlar va jixozlardan foydali yukni qabul qilish binoning fazoviy bikirligini ta'minlashga yordam berishidir.
Orayopmalarga qo‘yiladigan talablar.Ularning vazifasidan ko‘rinib turibdiki, ular binoning ko‘tarib turuvchi va ayni bir vaqtda ifodalovchi qismlari xisoblanadi. Orayopmalar ko‘tarib turuvchi qismlar sifatida mustahkamlik va bikirlik talablariga, ifodalovchi qisimlar sifatida esa tovushdan va issiqdan izolyatsiyalash talablariga javob berishlari kerak
Orayopmalarning turlari. Orayopmalar binoning qaysi joyida joylashuviga qarab qavatlararo, chordoq, yerto‘la usti va pastki (texnik yerto‘la bo‘lganida) orayopmalarga; tuzilishiga ko‘ra to‘sinli, plitali va yaxlit (kamdan kam xollarda yig‘ma yaxlit) orayopmalarga bo‘linadi.
TOMLAR VA YOPMALAR
Tomlar to‘g‘risida umumiy ma'lumotlar.
Bino tom bilan tugaydi u binoni yog‘in-sochindan va oftob nuridan ximoya qiladi. Tom tarkibiga nishab stropilalar ko‘rinishidagi ko‘tarib turuvchi qism, stropila fermalari, temir-beton panel va yopma kiradi.
Tomlarga qo‘yiladigan talablar.Tomning ko‘tarib turuvchi qismiga qor, shamoldan xosil bo‘ladigan yuklamalar va tomning o‘z og‘irligi tushadi. U mustaxkam, bikir va ustivor bo‘lishi kerak.
Tomlarning turlari. Chordoq bor-yo‘qligiga qarab chordoqli va chordoqsiz yoki, boshqacha aytganda, qo‘shma tomlar bo‘ladi.
Chordoq sovuq bo‘lishi (chordoq orayopmasi issiq tutadigan qilinganda) va issiq bo‘lishi mumkin (issiq tutgich yopma konstruksiyasida joylashtirilganda). Issi chordoqlar qurish pastda joylashgan muhandislik sistemalaridan foydalanish sharoitlarini yaxshilashga va uylarni isitish xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi (yuqori qavatning shipi orqali issiqlik isrofi bartaraf etiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |