Тушунтириш хати


Olimpiya akademiyasi va uning vazifalari



Download 2,49 Mb.
bet23/154
Sana31.12.2021
Hajmi2,49 Mb.
#252968
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   154
Bog'liq
1-kurs majmua jismoni

Olimpiya akademiyasi va uning vazifalari

O’zbekiston Olimpiya akademiyasi O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasiga bevosita yordam beruvchi va olimpiya g’oyalarini targ’ib qiluvchi jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi tashkilotdir.

Ta’kidlash lozimki, Xalqaro Olimpiya akademiyasi /XOA/ 1961 yilda tuzilgan. U Gretsiyaning Olimp shahri-da joylashgan va 170 dan ortiq mamlakatlarda uning tar-moqlari, ya’ni milliy Olimpiya akademiyalari /MOA/ tashkil etilgan. Xalqaro Olimpiya akademiyasining aso-siy vazifasi Olimpiya harakati, jismoniy tarbiya va sport nazariyasini o’rganish hamda targ’ib qilishdan ibo-rat. Uning faoliyati Xalqaro Olimpiya qo’mitasi tomoni-dan boshqarilib, moliyaviy ta’minoti esa Gretsiya Mil-liy Olimpiya qo’mitasi zimmasidadir.

Xalqaro Olimpiya akademiyasi har yili bir haftalik sessiya tashkil etadi va unda falsafiy-g’oyaviy muammo-larga bag’ishlangan ma’ruzalar eshitilib, seminarlar o’tkazadi. Ularning asosiy mohiyati Olimpiya harakati ta-rixi, sport mashg’ulotlari hamda jismonii tarbiya va sport-ning uslubiy masalalari bayonidan iborat bo’ladi. Bu anju-manlarga Milliy Olimpiya qo’mitalari, taniqli olimlar, murabbiylar, soha vakillari, xatto talabalar, aspirant-lar va sportchilarni safarbar etish mumkin.

1987 yil 18 fevralda Davlat sport qo’mitasi va O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasi gashkil qilindi. 1993 yil 18 aprelda O’zbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasi /O’zROA/ rasmiy ravishda ta’sis etiddi.

O’zbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasi fao-liyati uning saylangan prezidenti, ijroqo’m direktori tomonidan boshqariladi. 1994 yilda Olimp shahrida o’tka-zilgan Xalqaro Olimpiya akademiyasi sessiyasida O’zbekis-ton Olimpiya akademiyasi vakillari ilk bor ishtirok etishdi va keyingi yillarda ham faol qatnashib kelmoq-dalar.

Uzbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasi ijro-qo’mida /Nizomga muvofiq/ 12 kishi, ya’ni yetuk olimlar, o’qituvchilar, murabbiylar, Olimpiya harakatining namo-yandalari jamoatchilik asosida faoliyat ko’rsatadilar.

O’zbekiston Respublikasi Olimpiya akademiyasi o’z fa-oliyatini, asosan, Olimpiya g’oyalari, Olimpiya harakati, Olimpiya o’yinlarini ommalashtirishga qaratgan. SHu o’rin-da muhim faoliyatlarning natijalarini misol tariqa-sida keltirish maqsadga muvofiqdir.

1996 yil Olimpiya ta’limi tizimining tashkiliy va ilmiy-uslubiy asoslarini yaratishning hal qiluvchi ja-rayoni amalga oshirildi. Ya’ni turli hududlarda Xalqaro Olimpiya akademiyasi bilan o’zaro aloqalar ta’minlandi. Ayniqsa, Xalqaro Olimpiya qo’mitasining tashkil topi-shiga /1894/ va zamonaviy Olimpiya o’yinlarining /1896/ 100 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan Respub-lika ilmiy-nazariy anjumanlari /1994, 1996/ muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 1997-2000 yillarda Olimpiya haraka-ti va o’yinlari bilan bog’liq ilmiy-amaliy anjumanlar o’tkazildi. Ma’ruzalar, amaliy takliflar, ilmiy-naza-riy tahlillar anjumanlarning ilmiy to’plamlarida o’z ifodasini topdi.

O’zbekistonda Olimpiya harakati bilan bog’liq barcha muammolar va masalalarni hal etishda O’zbekiston Pre-zidenti va hukumatining bevosita yordami e’tiborga lo-yiqdir. Ayniqsa, O’zbekiston Prezidentining 2000 yil 7 iyundagi «O’zbekistonda Ol'impiya harakatini yanada ri-vojlantirish va mamlakat sportchilarini Sidney shah-ridagi /Avstraliya/ XXVII Olimpiya o’yinlariga tayyorlash to’g’risida»gi Farmoni muhim ahamiyat kasb etdi. Farmon-da bayon etilishicha: «Mamlakatda Olimpiya harakatini yanada rivojlantirish va O’zbekiston sportchilarining Sidney shahridagi /Avstraliya/ XXVII Olimpiya o’yinla-rida muvaffaqiyatli ishtirok etishlarini rag’batlanti-rish maqsadida, shuningdek, O’zbekistonning xalqaro obro’sini mustaxkamlashda, yosh avlodni milliy g’urur va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda o’zbek sportchilari erishgan yutuqlarning g’oyat katta ahamiyatini e’tiborga

olib:


XXVII Olimpiya o’yinlarida sovrindor bo’lgan O’zbekiston sportchilarini rag’batlantirish, Vatanimizning sportdagi shon-shuhratini oshirishga qo’shgan munosib hissasini e’tirof etish maqsadida quyidagi miqdorda bir yo’la beriladigan mukofotlar belgilandi:

  • Oltin medal uchun - 100000 AQSH dollari;

  • Kumush medal uchun - 50000 AQSH dollari;

  • Bronza medali uchun - 25000 AQSH dollari /"Sport" gazetasi, 2000 yil, 9 iyun/.

Ushbu farmon murabbiylar va Olimpiya o’yinlarida qatnashadigan sportchilarga katta kuch va ruhiy ozuqa baxsh etdi. Natijada Sidney shahrida o’tkazilgan XXVII Olim-piya o’yinlarida /2000 yil 15 sentyabr - 1 oktyabr/ qat-nashgan 77 nafar sportchilar orasida 4 kishi Olimpiya o’yinlari medallari va O’zbekiston Prezidenti mukofo-tiga sazovor bo’ldilar. Ular: Muhammadqodir Abdullaev boks bo’yicha oltin medal sovrindori; Artur Taymazov erkin kurash bo’yicha kumush medal sovrindori; Rustam Saidov va Sergey Mixaylov boks bo’yicha bronza medali sovrindorlari bo’lishdi.

Olimpiya o’yinlari g’oliblari va barcha qatnashchilari-ni respublikamiz jamoatchiligi munosib qutib oldi. Ular O’zbekiston Prezidenti, hukumati, Davlat jismoniy tar-biya va sport qo’mitasi, sport jamiyatlari, uyushmalari rahbarlari va boshqa homiylar tomonidan munosib taq-dirlandilar.

Umuman olganda, Respublikada Olimpiya harakati va o’yinlarining muqaddas bo’lgan shiorlari: «Tezroq», «Ba-landroq», «Kuchliroq» hamda «Tinchlik», «Do’stlik» «Ham-jihatlik» kabi g’oyalari chuqur singib bormoqda. Bu fao-liyatlarni ommalashtirish ishlarida faqat O’zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo’mitasi xodimlari, uning tarmoqlaridagi mutasaddilar, Respublika Olim-piya akademiyasigina emas, balki sport tashkilotlari, ja-miyatlari, o’rta maxsus va oliy o’kuv yurtlari, sport homiy-lari, sport inshootlari xodimlari va boshqa juda ko’p tashkilotlar, muassasalar hamda rasmiy shaxslar ham yaqin-danturib ishtirok etmoqdalar.

O’zbekiston sportchilarining Olimpiya o’yinlaridagi ishtiroklari, ularning erishgan yutuqlari «Jismoniy tarbiya tarixi» darsligi va ilmiy-amaliy anjumanlar-ning ilmiy to’plamlari hamda maxsus o’quv-uslubiy qo’llan-malarda bayon etilgan.


Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish