Тушунтириш хати


-mavzu. Jamoat tashkilotlari



Download 2,49 Mb.
bet25/154
Sana31.12.2021
Hajmi2,49 Mb.
#252968
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   154
Bog'liq
1-kurs majmua jismoni

7-mavzu. Jamoat tashkilotlari.

Reja:


1. Idoralar va jamoat tashkilotlarining faoliyatlari haqida tushuncha

2.Sport tashkilotlari: mohiyati, tashkiliy-huquqiy shakllari

3. Aholining mehnat faoliyatini himoya qilish va ijtimoiy turmush madaniyatini rivojlantirish

Iqtisodiyot tarmog‘i va boshqaruv fanining muhim tarmog‘I hisoblangan sport menejmenti obyektini o ‘rganish jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi tashkilot hisoblanadi. Jismoniy

tarbiya va sport sistemasida sport tashkilotlari birlamchi tarkibiy qism hisoblanadi. 0 ‘zbekistonda bunday tashkilotlarning soni 100 ga yaqinlashib qolgan.“Sport tashkiloti” degan tushuncha bir necha ma’noli

mazmunga egadir. Sport tashkilotlari deb - davlat va xususiy muassasalarni, firmalar, birlashmalar, ularning bo‘linmalari va filiallarini tushunish mumkin. Lekin tashkilot deb musobaqalar,

mashqlar o‘tkazish, har xil marosimlarni tashkil etish, shanbalik,mitinglar, bayramiar o'tkazishni tushunish mumkin. Ushbu holatda “tashkilot” so‘zi amalga oshirilayotgan biron-bir jarayonni bildiradi. Bizga yana shu narsa ma’lumki, “tashkilot” boshqaruvning alohida bosqichi bo‘lib, uning muhim funksiyasini

ifodalaydi.Boshqarish nazariyasida “tashkilot” birinchi navbatda umumiy- pirovard natijaga erishish yo‘lida guruhga jamlangan insonlarning ish faoliyatini maqsad bilan yo‘naltirish hisoblanadi.Boshqacha so‘z bilan aytganda, bu birga ishlayotgan, umumiy maqsadga intiigan va ma’lum funksiyalarni bajarishga ixtisoslashgan ikki va undan ortiq kishilarning faoliyatidir. Sportning ko‘p turlarida ikki kishi guruh (jamoa) hisoblanadi, ularning bir-birlarini qoplab bajargan o‘zaro harakatlari, vakolatlarni to‘g‘ri taqsimlanganligiga qarab, tashkilot yutuqlarga erishishi mumkin (yaxrnalakda sirg‘anish, parus sporti, bobsley, tennis va boshqalar). Yuqorida keltirilgan fikrlar asosida, tashkilotning ta’sir doirasidan,

faoliyat y o ‘nalishidan qat’i nazar, uning asosiy xususiyatini belglilash murnkin. Umumiy maqsad yo‘lida birlashgan ikki kishidan kam bo‘lmagan insonlar guruhi, ularning ushbu maqsad sari intiltiruvchi va yo'naltiruvchi omil - boshqarish. Albatta,insonlarning maqsad sari guruhlarga birlashuvi tushunarli va

o‘zini oqlashi turgan gap, chunki hamkorlikda amalga oshirilgan faoliyat odatda o‘zining ijobiy samarasini beradi. Lekin bunday holatlarda har bir guruh ishtirokchisi umumiy maqsadga erishish yonida 0‘z xohishi bilan o'zining shaxsiy erkinligi va shaxsiy mustaqilligining bir qismini yo‘qotadi. Menejerlarning

tashkilotchiligini, funksiyalarini o‘rganishda va har bir rasmiy tashkilotda norasmiy tizimlar (yetakchilar) ham borligi personal xulqiy omilining muhimligini ko'rsatadi. Insonlar orasidagi

guruhlar, odatda, quyidagi holatlarda yuzaga keladi: uchrashuvlar,umumiy manfaatlar, muloqot ehtiyojlari, o‘zining ma’naviy,ruhiy va ijodiy sohadagi, qolaversa rasmiy tashkilot miqyosida

erishib bo‘lmaydigan holatlarda. Norasmiy tashkilot o ‘zining tizimiga ega bo'lishi mumkin, shu jumladan6 sardor-rahbar, maqsadlar va faoliyat yo‘nalishlari.Tashkilot har xil, ayniqsa murakkab maqsadlarga ega bo'lishiga qaramasdan, o ‘z o‘rnida umumiy tavsifnoma va belgilarga egadir. Ular quyidagilardan iborat:

— zaxiralardan foydalanish;

— tashqi muhit bilan bevosita aloqa va bog‘liqlik;

— tashkilotning ichki muhiti;

— boshqaruvning zaruriyatligi.

Umuman olganda, tashkilotning maqsadi pirovard natijaga erishish uchun zaxiralarni qayta ishlash yoki ularga tegishli ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Zaxiralar — bular odamlar (yoki inson resurslari deb ataladi), kapital, materiallar, texnologiya, axborot (informatsiya) va boshqalar. Bunday jarayonni ko‘proq ishlab

chiqarish (sport tovarlari ishlab chiqarish) tashkilotlarida yaqqolroq ko'rish mumkin. Jismoniy tarbiya va sport sohasida ham yuqorida keltirilgan zaxiralar turlari keng ishlatiladi. Tashkilotning eng nazarga tashlanadigan tafsifnomalaridan biri — uning tashqi muhit bilan bo'lgan aloqasidir. Tashkilot bir vaqtning o'zida ham o‘zining ichki zaxiralari, ham iste’molchilari, ham foydalanuvchilari va boshqalar bilan bo'lgan munosabatlarida tashqi muhit bilan to'liq munosabatda bo‘ladi. “Tashqi muhit” deganda, inobatga olinishi lozim bo'lgan va amaliy faoliyatda tashkilotga nisbatan chetda bo'lgan kuchlar tushuniladi. “Tashqi muhit” tarkibiga iqtisodiy sharoitlar, hukumat dalolatnomalari va qonunchilik, iste’molchilar va jamoat tashkilotlari (kasaba uyushmalari, xotin-qizlar jamoalari va boshqalar),raqobatchilik tashkilotlari, jamiyatda mavjud qadriyat sistemasi,umumjamiyat qarashlari (munosabatlar), an’analar, texnika (exnologiyalar, xalqaro ahvol va boshqalar. Ushbu o‘zaro bog'liqlikda bo'lgan omillar tizimi sport tashkilotlari ichida yoki orasida bo'ladigan barcha jarayonlarga o ‘zining jiddiy ta’sirini ko'rsatadi. Tashqi omillarni ikki asosiy guruhlarga ajratish mumkin:

— bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi;

— bilvosita ta’sir ko'rsatuvchi.

Bevosita ta’sir ko'rsatuvchi omillar — bu sport tashkilotlari faoliyatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta ’sir etuvchi va o‘z navbatida, ushbu faoliyatga o'zining zarur ehtiyojini his etadigan omillardir.

Bular qatoriga qonunlar, mehnat va boshqa zaxiralar bilan ta’minlovchi tashkilotlarni, davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi muassasalarni, iste’molchi va raqobatchilarni kiritish mumkin. Bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillar qatoriga esa tashkilot faoliyatiga zudlik bilan ta’sir ko‘rsata olmaydigan, lekin shu bilan bir qatorda muhim ahamiyatga ega bo'lgan ko‘rsatkichlar kiradi. Bular qatoriga iqtisodiyot holati, ilmiy-texnika taraqqiyoti, ijtimoiymadaniy va siyosiy o'zgarishlar, guruhlar manfaatlarining ta’siri,

xalqaro munosabatlar va boshqalarni kiritish mumkin. Tashqi muhit quyidagi xususiyatlar bilan tavsiflanadi: tashqi muhit omillarining o'zaro bog'liqligi, tashqi omillarning murakkabliligi,tashqi muhitning harakatsizligi va ma’lum darajadagi noaniqligi, noma’lumligi.Sport tashkilotlari tashqi muhitga bevosita bog'liq bo'lishiga qaramasdan, odatda, ular tashqi omillarga ta’sir ko'rsata olmaydilar.Hatto gullayotgan, eng jadal darajada rivojlanayotgan kompaniyalar ham o‘z sohalaridagi yangilik taraqqiyotiga qarshi hech nima qila olmaydilar, buning ustiga o'zlari uchun imkoniyatlar topish yo'lida ushbu progressiv yo‘nalish doirasida faol ish olib boradilar. Har qanday pog'onadagi rahbar o‘z faoliyatida yutuqlarga erishish uchun ko'pdan ko‘p tashqi muhit omillarini inobatga olgan holda ish yuritishi lozim. Sport bo‘linmalari, butun bir tashkilot kabi o‘z faoliyatlarida umumiy maqsadga erishish sari yo'naltirilgan va boshqarib boriladigan xodimlar guruhlarini tashkil etadilar. Sport tashkilotlarida faoliyatlar soha bo'yicha tarkibiy qismlarga taqsimlangan bo'lganligi uchun,ishda yutuqlarga erishish uchun kimdir guruh ishini yo'naltirib, boshqarib borishi lozim. Misol, sport klublarida muvaffaqiyatli ishlash uchun uning alohida bo‘linmalarining faoliyati yo‘naltirib borilishi, ya’ni sportchilarni (yoki jamoani) samarali tayyorlash

va belgilangan muddatda ko‘zlangan natijalarga erishishi talab etiladi. Barcha bo‘linmalarning kuchanib harakat qilishlarini yo'naltirmasdan turib, ko‘zlangan maqsadga erishib bo‘lmaydi.Boshqaruv faoliyati ikki shaklga bo‘linadi:

Birinchi — mehnatni tarkibiy qismlarga taqsimlash, ya’ni umumiy faoliyatning tarkibiy qismlarini belgilash, boshqacha so‘z bilan aytganda, mehnatning gorizontal taqsimoti ko‘zda tutilyapti.

Ushbu jarayon sport tashkilotlarida maxsus bo‘linmalar tashkil qilish orqali amalga oshiriladi.

Ikkinchi — tik chiziqli, deb ataladi va sport tashkilotlarida ishni rahbar tomonidan yo'naltirilishini va boshqarilishini ta’minlaydi. Sport tashkilotlarining tashqi muhitdan bog‘liqligi uni ochiq sistema holatida faoliyat yurgizishini ta’minlaydi. Sistemadeganda, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlaridagi barcha elementlarning majmuasi ko‘zda tutiladi. Sport tashkilotlarining ichidagi va tashqarisidagi elementlarning bir-birlari bilan bogMiqligi, aloqa va munosabatda bo‘lishi, ularning ma’lum darajada yaxlitligini va birgaligini bildiradi. Ya’ni sistemalarni moddiy va abstrakt turkumlarga bo‘linadi. Moddiysi organik tabiatli bo‘lmagan sistema (Jismoniy, geologik, ximik va boshqalar) va tirik Sistema (biologik sistema, tirik tanalar, ekosistemalar va boshqalar),moddiy tirik sistemanmng alohida turkimi — ijtimoiy sistema

(oddiy ijtimoiy birlashmadan tortib, to jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar)dan iboratdir. Abstrakt sistema — tushunchalar,gipotezalar, nazariyalar va boshqalardan iboratdir.

Har qanday sport tashkiloti ochiq sistema sifatida ikki xil xususiyatga egadir — chegaralanish va atrof-muhit, shu bilan bir qatorda, nisbatan alohidalik va o‘zaro bogManganlik asosida har xil boshqaruv pog‘onalariga to‘g‘ri keladigan sistemaning alohida bo‘lakchalaridan iborat bo‘ladi. Olz navbatida, sistemaning alohida bo'lakchalari alohida mustaqil sistema, deb qaralishi ham mumkin. Demak, sport klubi (tashkiloti) ochiq sistema sifatida o‘z tarkibiga quyidagi tarkibiy qismlarni (podsistema) kiritishi

mumkin: ma’muriy apparat, murabbiylar tarkibi, xizmat qiluvchi yoki texnik personal, sportchilar jamoasi va boshqalar, shu bilan bir qatorda, o‘z navbatida, har sanab o‘tilgan qismlar (podsistemalar)

boshqa bir ochiq sistema sifatida ko‘rilishi mumkin,lekin uning ierarxik pog‘onasi boshqa bo'ladi.

Sport tashkilotlarini boshqarishdagi murakkab masalalardan biri — umumiy sistemaning chegaralarini belgilashdan iboratdir.Sistemaning chegaralarini belgilashning murakkabligi sport tashkilotlarini

boshqarishdagi masalalarga qaysi nuqtayi nazardan qaralishiga bog‘liq. Masalan, sport inshootlari, sport klublari menejeri nuqtayi nazaridan ochiq sistema sifatida, birinchi navbatda, chegarasining joylanishi, uning tarkibiga kiruvchi qurilmalarning xususiyatlari, yordamchi inshootlar obyektlari hamda tomoshabinlarga ajratilgan o'rindiqlar soni va boshqalar bilan belgilanadi. Sport inshootlari qurilishi menejeri nuqtayi nazaridan qaralganda, sport klublari chegarasi sifatida ularni kengaytirish, qayta

qurish yoki qayta ta’mirlash ko‘zda tutiladi. Bunday ishlarning barchasi sistemaning tashqarisida joylashgan bo‘lib, uning atrofmuhiti hisoblanadi (ya’ni, tashqi muhit).Shunday qilib, sport tashkilotlari, ochiq sistema hisobida atrof-muhiti bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Ushbu o‘zaro

munosabatlar juda bo‘lmaganda quyidagi uchta tushunchalar orqali tavsiflanadi:

— iste’mol qilish (xomashyo va zaxiralarni tashqi muhitdan

qabul qilish);

— tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish maqsadida zaxiralarni qayta ishlash va transformatsiyalash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar;—

mahsulot ishlab chiqarish (sport tovarlari va sport xizmatlari).

Boshqacha so‘z bilan aytganda, har qanday sport tashkiloti o‘z faoliyatida uchta o'zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni amalga oshiradi:

— xomashyo va zaxiralarni tashqi muhitdan olish;

— xomashyo va zaxiralarni qayta ishlab (qayta o ‘zgartirib), mahsulotga (sport tovari va sport xizmatiga) aylantirish;

— mahsulotni (sport tovarlari va sport xizmatlarini) tashqi

muhitga uzatish.

Har qanday sport tashkiloti insonlar tomonidan o'zlarining umumiy maqsalarini amalga oshirish uchun yaratilgan obyekt bo’ganligi sababli, uning ichki muhit faoliyati, asosan, boshqaruv qarorlari va boshqaruv harakatlari orqali amalga oshiriladi. Rahbariyatning e’tiborini tortadigan eng zarur narsalar: maqsad,

tizim (struktura), masalalar, texnologiya, xodimlar va sport tashkilotining boshqaruvidagi tashkiliy madaniyat hisoblanadi. Ushbu omillar har qanday sport tashkilotining ichki o ‘zgaruvchan parametrlaridir.

Maqsad — guruh tomonidan birgalikda ishlash orqali erishishga

intilgan aniq yakuniy holat yoki erishilishi lozim bo'lgan natija.




Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish