Tushintirish xati


Diplom loyihasi rahbari va masla-hatchilarning ismi va familiyasi



Download 6,07 Mb.
bet4/22
Sana10.07.2022
Hajmi6,07 Mb.
#770293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
DIPLOM ISHI.. 0706022

Diplom loyihasi rahbari va masla-hatchilarning ismi va familiyasi


Kirish

25.01.2022

31.01.2022




M.Shukurov


Asosiy qism

01.02.2022

26.03.2022




M.Shukurov


Texnologik qismi

28.03.2022

16.04.2022




M.Shukurov


Iqtisodiy qism

18.04.2022

14.05.2022




M.Shukurov


Hayot faoliyati xavfsizligi va ekologiya qismi

15.05.2022

19.05.2022




M.Shukurov


Xulosa va takliflar

20.05.2022

24.05.2022




M.Shukurov


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati

25.05.2022

28.05.2022




M.Shukurov


Ilovalar

30.05.2022

02.06.2022




M.Shukurov

6. Topshiriq berilgan sana: 26.01.2022 yil
7. Tugallangan diplom loyihasini topshirish sanasi: 02.06.2022 y.

Diplom loyihasi rahbari

M.Shukurov


Topshiriq bajarish uchun qabul qilindi


S.Azimov


Kafedra mudiri


L.Bakirov


M U N D A R I J A


KIRISH

PP


ASOSIY QISM

II


TEXNOLOGIK QISM

II


IQTISODIY QISM

II


HAYOTIY FAOLIYATI XAVFSIZLIGI QISMI

II


XULOSA VA TAKLIFLAR

II


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Ro‘YHATI

II


ILOVALAR

II

1. KIRISH


So‘nggi yillarda mamlakatimizda transport va transport kommunikatsiyalari sohasini rivojlantirish, tashishlarning yuqori darajadagi xavfsizligini ta’minlash, transport sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, soha uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari va amalga oshirilayotgan islohotlar respublikaning geografik joylashuvini inobatga olgan holda transport xizmatlarining sifatliligi va ommabopligini ta’minlashga yo‘naltirilgan yagona transport siyosatini shakllantirish va amalga oshirish, sohani boshqarishning zamonaviy texnologiyalari va intellektual tizimlarini joriy etishda alohida ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatmoqda.
Transport sohasidagi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligi va eksport salohiyatini oshirish, transport kommunikatsiyalarini strategik rivojlantirish va barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida, shuningdek 2017-2021 yillarda o‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasiga belgilangan vazifalarga muvofiq:
1. O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida o‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi (keyingi o‘rinlarda - Vazirlik) tashkil etildi.
2. Vazirlik avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
Vazirlik transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi tashkilotlar faoliyatini normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish, litsenziya va ruxsatnomalar berish, sertifikatlashtirish, samarali texnik va tarif siyosatini amalga oshirish yo‘li orqali davlat tomonidan tartibga solish vazifasini amalga oshiradi;
Vazirlik tomonidan o‘z vakolati doirasida qabul qilingan qarorlarning ijrosi davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi.
3. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • transportning barcha turlarini yagona transport tarmog‘iga integratsiyalashuvi va yangi samarali transport-logistika tizimlaridan foydalangan holda uyg‘unlikda rivojlantirishga yo‘naltirilgan yagona davlat transport siyosatini ishlab chiqish;

  • transport va logistika xizmatlari bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirish, ularning barcha toifadagi iste’molchilar uchun ommabopligini ta’minlash, shuningdek sohaga investitsiyalarni jalb etishga yo‘naltirilgan transport sohasidagi yagona tarif siyosatini amalga oshirish;

  • xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish, logistika tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va chora-tadbirlarni amalga oshirish, mamlakat transport salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik sub’ektlarining transport-logistika xizmatlaridan foydalanishdagi sarf-xarajatlarni kamaytirish;

  • transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va mamlakat investitsiyaviy jozibadorligini oshirish;

  • butun transport tizimini raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy etish, O‘zbekiston Respublikasi Transport tizimining bir-biriga bog‘langan yagona tizimini istiqbolli rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshirish, foydalanuvchilar manfaatlarini hisobga olgan holda, avtomobil yo‘llari, aerodromlar va aeroportlar, vokzallar, temir yo‘llar va transport infratuzilmasining boshqa ob’ektlarini moliyalashtirish, loyihalash, qurish, ta’mirlash va foydalanish masalalarining kompleks yechimini ta’minlash;

  • transport sohasida nazoratni amalga oshirish, fuqaro aviatsiyasi va eksperimental havo kemalaridagi halokatlar va baxtsiz hodisalarni, shuningdek temir yo‘l va daryo transportidagi avariya va halokatlar bo‘yicha tekshiruvlarni tashkil etish va amalga oshirish;

  • transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi xalqaro va hududiy hamkorlikni rivojlantirish hisobiga transport xizmatlari jahon bozorida o‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini ta’minlash;

  • transport sohasidagi joriy va istiqbolli ehtiyojlarni inobatga olgan holda ta’lim, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or usullarini tizimli ravishda joriy etish [1].

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyev 2018-yilning 6-mart kuni PQ-3589-sonli “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini imzoladi. So‘nggi yillarda respublika iqtisodiyoti va aholisiga avtotransport xizmati ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari tarmog‘i ko‘lami 1,4 baravarga ortdi, respublika bo‘yicha 117 ta yo‘lovchi avtovokzali va avtostantsiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Harakatdagi tarkibni zamonaviy, qulay avtobuslar, mikroavtobuslar, yuk avtomobillari bilan yangilash, yo‘nalishlarni oqilona tashkil etish va kengaytirish, tashishlar xavfsizligi choralarini kuchaytirish hisobiga aholining avtomobilь tashishlariga ehtiyojini imkon qadar to‘laqonli ta’minlash avtomobilь transportini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishidir.
Avtotransport vositalarining og‘irlik va gabarit ko‘rsatkichlari nazoratini joriy etish bo‘yicha statsionar va ko‘chma maskanlarni amalda joriy etish chora-tadbirlari rejalashtirilmoqda. Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash o‘zbekiston Respublikasida avtomobilь transportini tashkil etish tizimini takomillashtirish, davlat boshqaruvi va tartibga solish funktsiyalarini aniq belgilab olish, tashkiliy va institutsional o‘zgartirishlar, xizmat ko‘rsatish bozori hamda avtomobilь tashishlari xavfsizligini shakllantirish va rivojlantirish masalalarini hal etishda maxsus vakolatli davlat organi hisoblangan o‘zbekiston avtomobil transporti agentligi faoliyati samaradorligini oshirishga imkon yaratadi [2].
Avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini tashkil etish bugungi kundagi muhim muammolardan biriga aylanib bormoqda. Avtomobilning atrof-muhitga yetkazadigan zararlari miqdori kundan-kunga oshib bormoqda, eng asosiysi esa, yo‘llarda sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalari natijasida ko‘plab odamlarning jabr ko‘rishlari va hayotdan ko‘z yumishlaridir. Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish uchun ko‘rilayotgan qator tadbirlarga qaramasdan, ularning miqdori kamayishiga erishib bo‘lmayapti. Bu esa, yo‘l harakati xavfsizligi muammolariga o‘ta jiddiy yondoshish zarur ekanligini mutaxassislar oldiga vazifa qilib qo‘ymoqda. Harakat xavfsizligini ta’minlash uchun unga ilmiy yondoshish, uning barcha serqirra jarayonlarini tahlil etish zarur. Buning uchun yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar yo‘l harakatining asosiy ko‘rsatkichlarini, yo‘llardagi sharoitlarning transport oqimlari harakatlariga qanday ta’sirko‘rsatishlarini, transport oqimlarini boshqarishning texnik vositalari orqali yo‘l harakatini boshqarish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishlari zarur.
Bulardan tashqari, yo‘l harakati bo‘yicha mutaxassislar avtomobil yo‘llarida sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalarini atroflicha o‘rganishlari uchun ularning turlari, miqdorlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari, YTHlarini yig‘ish tizimi, ularni hisobga olish tartiblarini va ularni tahlil etish usullarini mukammal bilishlari zarur. Xarakatni tashkil qilishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- transport vositalarining xarakat tartibini belgilash va ta’minlash;
- avtomobillarni yuqori samaradorlik bilan ishlashini ta’minlash va eng yaxshi yo‘l sharoitini vujudga keltirish;
- xarakat xavfsizligini ta’minlash;
- atrof-muxitni bulg‘atmaslik;
- transport vositalarini va yo‘l inshootlarini tez ishdan chiqsamligini ta’minlash.
Shahar ichi avtomobilь yo‘lida harakat tartibsiz ravishda vujudga keladi. Har bir haydovchi o‘ziga qulay harakat rejimini tanlaydi hamda o‘zi tanlagan harakat rejimining boshqa harakat qatnashchilariga ta’siri bilan xisoblashmaydi. SHuningdek, turli rusumli avtomobillarning har xil dinamik sifati harakat rejimiga ta’sir qilishi muqarrar. Yo‘l xarakatida avtomobillarning o‘zaro ta’siri xarakat miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha ortadi.
Ushbu xavfsizlik masalalari va xarakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan “Jizzax shaxridagi boshqariladigan chorraxalarda svetaforlarning ishlash tarzi va tsikl davomiyligini xisoblash” mavzusi olinib, ushbu yo‘lda transport vositalarining chorroxalardagi tirbandliklarining kelib chiqish sabablari, avtomobillarning tezliklari va svetafor qurilmalarining tsikl davomiyligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari batafsil keltirilgan.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra oxirgi 10 yil ichida yo‘l-transport hodisalari oqibatida Respublikada har yili 2000 dan ziyod kishilar halok bo‘lishlari qayd etilgan.
Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarimoy jamiyatining har yilgi jarohatlanish hisobotida dunyo miqyosida travmatizm darajasi haqida axborot berilib, yo‘l-transport hodisasi muntazam oshib borayotgan global muammo ekanligi, u odamlarning travma olishiga, hayot darajasining pasayishiga va davlat rivojlanishini orqaga tortishga sababchi omildir, deb ko‘rsatiladi. Bu jamiyatlarning vazifasi bunday travmatizm oqibatida yer sharida har kuni 2700 inson travmadan o‘lishining oldini olishga qaratilgan bo‘lib, turli soha mutaxassislarini o‘z bilim va tajribalarini safarbar etishlari zarurligi ta’kidlanadi.
Harakat xavfsizligi muammolari – bu aholining sog‘liq muammosidir. Butun Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Butun Jahon Bankining topshirig‘iga binoan AQSHning Garvard universitetida travmatizmning global miqyosi to‘g‘risidagi oxirgi tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatadiki [5], aholining 15 - 44 yoshidagi erkaklarning asosiy o‘limiga va ayollar o‘limining har beshinchisiga yo‘l-transport hodisasi sababchi bo‘lishi aniqlangan. SHuningdek, tadqiqotlar natijasida 2020 yilga kelib, yo‘l-transport hodisasi sababidan insonlarning o‘lishi yer sharida uchinchi o‘rinni (qontomir -yurak va depressiya kasalliklaridan keyin) egallashi bashorat qilinadi.
Hozirgi kunda yer yuzida yo‘l-transport hodisasi natijasida bir yilda halok bo‘luvchilar soni 1,17 mln. jarohatlanganlar soni esa 10-15 mln. tashkil etmoqda. SHu jumladan yer yuzida bir yilda 16300 nafar bolalar halok bo‘lib, 1.5 mln. dan ko‘proq bolalar esa yarador bo‘ladilar. Bu bolalarning hammasi 15 yoshgacha bolalarni tashkil etadi.
Shaharlardagi asosiy serqatnov yo‘llar va chorrahalardagi transport vositalarining harakat miqdorini, ziddiyatli nuqtalarni xavflilik darajasini ilmiy asoslash va yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga qaratilgan asosli tadbirlar ishlab chiqishni talab etadi.
Avtomobil yo‘llari va Shahar ko‘chalarida harakat xavfsizligini ta’minlash asosiy dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Oxirgi o‘n yil ichida sodir etilgan yo‘l-transport hodisalarining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ularning o‘rtacha bir yillik soni 10-11 ming darajasidan pastga tushmayotganligi, buning natijasida esa respublikamiz fuqarolaridan ikki ming kishi halok bo‘lishi va 10-12 ming inson tan jarohati olishi qayd etilmoqda.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘l tarmoqlarida va avtotransport korxonalarida harakat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni asosan Transport vazirligiga qarashli turli korxonalar va tashkilotlar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, Ichki ishlar vazirligiga qarashli “Yo‘l harakati xavfsizlik boshqarmalari” tomonidan amalga oshirilmoqda. E’tirof etish kerakki, respublikamizdagi harakat xavfsizligini ta’minlash uchun faqatgina yuqoridagi tashkilotlar tomonidan olib boriladigan faoliyatlar yetarli emas.
O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2018 yil 19 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq yo‘l harakati xavfsizligini ishonchli ta’minlash sohasida kompleks tashkiliy-amaliy chora- tadbirlar amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Respublikada harakat xavfsizligini tubdan yaxshilash uchun xalq xo‘jaligida mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, faoliyat olib borayotgan barcha tashkilotlar yo‘l harakat qonunida keltirilgan vazifalarni bajarishlari lozim. Shuningdek, fuqarolar yo‘l harakati qatnashchilari – piyodalar sifatida yo‘llarda harakatlanish qoidalariga to‘liq rioya qilishlari kerak. Bu boradagi ishlarning samaradorligini yuqori darajaga yetkazish maqsadida “Yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash – umumxalq ishi” shiori ostida Respublikadagi barcha vazirliklar, qo‘mitalar, kompaniyalar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, tashkilotlar, fondlar va firmalarda harakat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan chora- tadbirlarni zamon talabi darajasidan kelib chiqqan holda, ilg‘or chet davlatlar tajribalaridan keng foydalanilgan ravishda takomillashtirish darkor.
Avtomobil yo‘llarida harakat xavfsizligini tashkil etish bugungi kundagi muhim muammolardan biriga aylanib bormoqda. Avtomobilning atrof-muhitga yetkazadigan zararlari miqdori kundan-kunga oshib bormoqda, eng asosisi esa, yo‘llarda sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalari natijasida ko‘plab odamlarning jabr ko‘rishlari va hayotdan ko‘z yumishlaridir. Yo‘l-transport hodisalarining oldini olish uchun ko‘rilayotgan qator tadbirlarga qaramasdan, ularning miqdori kamayishiga erishib bo‘lmayapti. Bu esa, yo‘l harakati xavfsizligi muammolari o‘ta jiddiy yondoshish zarur ekanligini mutaxassislar oldiga vazifa qilib qo‘ymoqda.
Buning uchun yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar yo‘l harakatining asosiy ko‘rsatkichlarini, yo‘llardagi sharoitlarning transport oqimlari harakatlariga qanday ta’sir ko‘rsatishlarini, transport oqimlarini boshqarishning texnik vositalari orqali yo‘l harakatini boshqarish bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishlari zarur.
Bulardan tashqari, yo‘l harakati bo‘yicha mutaxassislar avtomobil yo‘llarida sodir etilayotgan yo‘l-transport hodisalarini atroflicha o‘rganishlari uchun ularning turlari, miqdorlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari, YTHlarini yig‘ish tizimi, ularni hisobga olish tartiblarini va ularni tahlil etish usullarini mukammal bilishlari zarur. Bu masalalarni o‘rganish keltirilgan o‘quv qo‘llanmada o‘z aksini topgan.
Shunigdek bu o‘quv qo‘llanmada xavfsiz harakatni tashkil etishda «Avtomobil-Haydovchi-Yo’l- Piyoda-Muhit» tizimini o‘zaro bog‘liqligi va ularni YTH vujudga kelishidagi o‘rni, yo‘l harakatini boshqarishning texnik vositalari, avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilishda harakat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, yo‘l harakatini tashkil etishning amaliy tadbirlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar keltirilgan.

Download 6,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish