2
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QORAQALPOQ
DAVLAT UNIVERSITETI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND
DAVLAT UNIVERSITETI
BOTANIKA (O’SIMLIKLAR MORFOLOGIYASI VA ANATOMIYASI)
FANIDAN MUSTAQIL ISHLARNI BAJARISH UCHUN USLUBIY
KO’RSATMA
(Biologiya va ekologiya yo’nalishi 1 kurs talabalari uchun)
NUKUS
”BILIM”
2016
3
Botanika (o’simliklar morfologiyasi va anatomiyasi) fanidan mustaqil ishlarni
bajarish uchun uslubiy qo’llanma – Nukus:”BILIM” 2016 yil - 20 b.
Mualliflar: Tursunboev H.E., Xaydarov X.Q.,
Umurzakova Z.I., Davletmuratova V.B.
Botanika (o’simliklar morfologiyasi va anatomiyasi) kursi bo’yicha mustaqil
ishlarni tashkil etish uchun uslubiy qo’llanmalar kurs dasturiga mos ravishda
tayyorlangan. O’z ichiga mustaqil topshiriqlarni bajarishni faolllashtirish va o’z –
o’zini nazorat qilishni amalga oshirishni nazarda tutgan materialni oladi. O’qituvchi
va to’garaklar, ekologo-biologik markazlar va stansiyalar ishlarini tashkil qilish
uchun foydali bo’lishi mumkin.
Ma’sul redaktor: Biologiya fanlari nomzodi:
dotsent Keldiyorov X.O.
Taqrizchilar
dotsent Temirbekov O.,
dotsent Sabirov G.
SamDU o’quv uslubiy kengashi tavsiya etadi
21.12.2015 –yil, № 6 bayonnoma
Berdaq nomidagi QQDU ilmiy-metodik kengashining
2016 yil 4-apreldagi № 5 bayonnomasi tomonidan tavsiya etilgan
4
KIRISH
Botanika (“O’simliklar morfologiyasi va anatomiyasi”) kursi bo’yicha
mustaqil ishlarni tashkil etish uchun uslubiy qo’llanmalar fan bo’yicha dastur asosida
tuzilgan. Qo’llanmaning maqsadi talaba kursni o’rganishida mustaqil ishlariga
yordam berishdir. Metodik tavsiyalar quyidagi vazifalarni yechishga mo’ljallangan:
Yangi o’quv materialini egallash; mustaqil aqliy mehnat va professional bilish
ko’nikmalarini shakllantirish; bilimlarni mustahkamlash, chuqurlashtirish va
sistemaga solish. Shunga bog’liq holda qo’llanma o’z ichiga mustaqil ishda mustaqil
bilimlarni faollashtirish va o’z – o’zini nazorat qilish uchun mo’ljallangan materialni,
nazorat savollari va turli mavzular bo’yicha tirik obyektlarni aniqlash va topish
bo’yicha amaliy topshiriqlarni oladi. Bu yerda nazoratlarning namunaviy rejalari
keltirilgan, ular talabalarga nazorat ishlariga tayyorgarlik ko’rishga yordam beradi.
Har bir mavzu bo’yicha ishlarni quyidagi ketma-ketlik asosida olib borish
maqsadga muvofiq:
- darslik yoki ma’ruza konspekti bo’yicha tegishli materialni qayta ishlash;
- o’quv – uslubiy qo’llanmani qo’llab tadqiqot obyektlarini aniqlash, ularning
ekologo-morfologik tavsifini va laboratoriyada tadqiq etish xususiyatlarini o’rganish;
- nazorat savollariga javob berish;
- mavzular bo’yicha nazoratlar rejalari asosida nazorat mashg’ulotlariga
tayyorgarlik ko’rish;
- modulni o’rganishni yakunlab, qiyosiy jadvallar tuzish.
Bir vaqtning o’zida darsliklar, ma’ruza konspektlari, metodik uslubiy
ko’rsatmalar va ushbu qo’llanmadan foydalanish yuqori darajadagi o’qitish
samarasini berish mumkin.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |