Taymsher. (Timshare, inglizchadan tarjima qilinsa «Vaqt qismi» degan ma‘noni beradi) - bu birgalikdagi egalik, aniqrog‗i klubli joylashtirish vositalarini ulardan ma‘lum vaqt ichida foydalanish huquqi bilan uzoq muddatga ijaraga olish (misol uchun, 30-50 va ko‗proq yil davomida har yili bir haftaga) dir. Klassik taymsher xususiyatlari shundan iboratki, dam olishning ma‘lum davriga mulk egasi ekanligi haqida sertifikat mavjud bo‗ladi. Bir qator mamlakatlarda taymsher meros qilib berilishi, garov vositasi, kreditni ta‘minlash va boshqa vositalar sifatida foydalanishi mumkin. Ixtisoslashgan muassasalar ham turistlarga xizmat ko‗rsatish uchun mo‗ljallangan. Ular nomerlarga ega emas. Bu erda boshpana bo‗lib binolar, kollektiv uxlashxonalari yoki maydonlar xizmat qiladi. Ixtisoslashtirilgan muassasalar tunash uchun joy beradi. Ammo turistlarni joylashtirish ular uchun bosh vazifa emas. Bu guruhga sog‗lomlashtirish muassasalari (sanatoriyalar, reablitatsiya markazlari, «Sog‗lomlashtirish firmalari» va boshqa.), dam olish va mehnat qilish, jamoat transporti vositalari, uxlash xonalari bilan jihozlangan (poezd, kema) vositalar, shuningdek kongress-markazlar tipidagi binolar kiradi. Qaysiki ular bazasida simpoziumlar, konferensiyalar va boshqa ixtisoslashgan tadbirlar o‗tkaziladi va ularning ishtirokchilarini joylashtirish amalga oshiriladi. Boshqa kollektiv joylashtirish vositalari. O‗zlariga eng avvalo dam olish uchun mo‗ljallangan turar joylar majmuasi (bungalo) uylar va boshqalarni qamrab oladi. Ular yagona boshqaruvda bo‗lib, cheklangan mehmonxona xizmatlarini ko‗rsatadi. Misol uchun, turizm bo‗yicha Irlandiya Kengashi dam olish uchun kompleks uylariga quyidagi talablarni qo‗yadi:
Kompleks kamida to‗qqizta binodan iborat bo‗lishi va ulardan birida idorada ifoda joylashishi kerak. Bino o‗zida alohida kirish joylari bo‗lgan kapital qurilishni mujassam etgan, yaxshi ekspluatatsion holatda bo‗lishi lozim. Har bir binoda mebelli uy, ovqatlanish, dam olish xonalari, shuningdek omborxona, cho‗milish (vanna) xonasi va hojatxonalar bo‗ladi. Uydan tashqarida esa foydalaniladigan keng-mo‗l joylar ko‗zda tutiladi. Joylashtirish vositasi har bir yangi yashovchi uchun yig‗ishtirilib, tayyorlanadi. Unda ko‗rpa-tushaklarni yig‗ishtirish va binoni supirish –sidirishda mijozga xizmat ko‗rsatilmaydi. Kollektiv joylashtirishning boshqa vositalari tarkibiga kempinglar uchun maydonlardagi obyektlar kichik kemalar uchun buxtalar kiradi.
1.2.1-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |