3-Ma’ruza: Shahar transporti turlari. Reja
3-Ma’ruza: Shahar transporti turlari. Reja: 1.Shahar transporti turlari. (metro, tramvay, trolleybus, avtobus, taksi). va ularning texnik-iqtisodiy tavsifi. 2. Transportlarning turlari 3. O’zbekiston Respublikasida avtomobil yo’llari va avtomobil transportini rivojlantirish sabablari 4. Yo’llarni loyixalashning texnik shartlari va me’yori 1.Shahar transporti turlari. (metro, tramvay, trolleybus, avtobus, taksi).
Shahar jamoat transporti shaxsiy avtomobillar sonining ko’payishiga qaramasdan hozirda va kelajakda ham yo’lovchilar tashishni ta’minlaydigan asosiy ommaviy transport hisoblanadi.
Shahar jamoat transporti tarkibiga: avtobus, tramvay, trolleybus va metropoliten kiradi. Avtobus – eng mobil’, yuqori manevrli, dastlabki kapital xarajatlar talab qilmaydigan transport vositasi. Uning kamchiligi – yo’lovchi tashish tannarxining yuqoriligi va atrof-muhitni ishlangan gazlar bilan ifloslantirishidir.
Elektr transporti vositalari – tramvay, trolleybus, metropoliten uy-joy- kommunal xo’jaligiga tegishlidir. Respublikaning bir qator shaharlarida trolleybus ko’p yillar davomida xizmat qildi (Samarqand, Buxoro, Namangan, Farg’ona, Olmaliq, Jizzax, Nukus, Xiva va h.k.). Ammo, bozor xo’jaligi sharoitida iqtisodiy ko’rsatkichlari talabga muvofiq bo’lmaganligi sababli inqirozga uchradi va faoliyati yuqorida keltirilgan shaharlarda tugatildi.
Tramvay – shahar transporti vositasi, motorli vagon, kontakt sim orqali elektr energiyasini oladi va rel’slarda harakatlanadi. Tramvay xo’jaligi – bu bir kompleks bo’lib, unga: texnik vositalar – rel’sli yo’llar, avtoblokirovka tizimi, tortuvchi tarmoqlar, harakatlanuvchi vago’nlar, ekspluatatsiya xizmatiga – depo, ta’mirlash zavodlari, harakatdagi liniyalar xizmat vositalari kiradi.
Tez yuradigan tramvay – shahar markazini chekka tumanlari, shahar atrofi va shahardan tashqarida joylashgan hududlarni va dam olish zonalarini bog’lovchi transport vositasi. Uning tezligi oddiy tramvayning tezligidan 2-2.5 barobar yuqori, yo’lovchilarni tashish imkoniyati – metropolitendan shuncha miqdorda kam hisoblanadi.
Tez yuradigan tramvay – shahar markazini chekka tumanlari, shahar atrofi va shahardan tashqarida joylashgan hududlarni va dam olish zonalarini bog’lovchi transport vositasi. Uning tezligi oddiy tramvayning tezligidan 2-2.5 barobar yuqori, yo’lovchilarni tashish imkoniyati – metropolitendan shuncha miqdorda kam hisoblanadi.
Trolleybus – (inglizcha trolley – kontakt (aloqa) simi, rolikli tok qabul qiluvchi, bus – avtobus), shahar transporti vositasi bo’lib, elektr tokida harakatlanadi.
Tramvay va trolleybus havo liniyalari daydi elektr toklarning manbai bo’lib hisoblanadi. Bunday toklar yer usti metalli (kabellar, quvur o’tkazgichlar) qurilmalarda korroziya paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
Shahar elektr transporti (metro, tramvay, trolleybus) boshqa iste’molchilarga nisbatan doimiy elektr tokida ishlaydi. Ularga o’rnatilgan tortuvchi elektrodvigatellar, eng yuqori elektr mexaniq yoki eng yuqori tortish qobiliyati tarifiga egadirlar. 3.1a va 3.1 b-rasmlarda tramvay va trolleybusning elektr ta’minoti sxemasi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |