TURON REPETITORLIK MARKAZI
8-SINF “O’ZBEKISTON TARIXI”
1
8-sinf “O’zbekiston tarixi” darsligi bo’yicha
umumiy nazorat savollari
1. Shayboniylar tomonidan ta‟limni
rivojlantirish sohasida islohot o‟tkazilishining
sababini aniqlang.
A) barcha sohalar bo‟yicha ilmli amaldorlar
guruhini vujudga keltirish va ularni jamiyatning
asosiy tayanchiga aylantirish
B) aniq va tabiiy fanlarda erishilgan yutuqlarni
keng ommaga yetkazish
C) Yevropaning rivojlanib ketish sabablarini
o‟rganish va unga imkon qadar yetib olish
D) temuriylar davridan yetib kelgan ilmiy
mussasalarni yanada rivojlantirish
2. Vatanimiz tarixining XVI asrdan XIX asr
o‟rtalarigacha bo‟lgan davriga tarixchi olimlar
qanday nom berishgan?
A) “Turg‟unlik davri”
B) “Yangi davr”
C) “Kurashayotgan xonliklar davri”
D) “So‟nggi o‟rta asrlar”
3. Qo‟ng‟irot qabilasining yo‟lboshchisi
Muhammad Amin inoqlik lavozimiga
ko‟tarilgan vaqtda Qo‟qon xonligi taxtini
boshqargan hukmdorni aniqlang.
A) Olimbek B) Abdukarimbey
C) Erdonabiy D) Norbo‟tabiy
4. Buxoro hukmdori Nodir Muhammad toj-u
taxtini o‟g‟li Abdulazizdan qaytarib olish uchun
Hindistonning qaysi podshosidan yordam
so‟raydi?
A) Avrangzeb Olamgir B) Shohjahon
C) Bahodirshoh I D) Akbarshoh
5. “G‟alabadan xabar beruvchi shohnoma”
asarining muallifini toping?
A) Mulla Ali qori Qunduziy
B) Mulla Niyoz Muhammad Ho‟qandiy
C) Mirzo Qalandar Mushrif Isfarangiy
D) Hakimxon To‟ra ibn Sayid Ma‟sumxon
6. Mir Ma‟sum Olamiyon qaysi hukmdor
davrida ijod qilgan?
A) Amir Shohmurod
B) Umarxon
C) Amir Haydar
D) Amir Muzaffar
7. Amir Doniyolbiy davrida qaysi viloyatlarning
mustaqillikka intilishlari kuchaygan?
A) Shahrisabz, Qarshi, Hisor, Urgut
B) Balx, Hisor, Ko‟lob, O‟ratepa
C) Qarshi, Balx, Hisor, O‟ratepa
D) Balx, Hisor, Boysun, Qarshi
8. “O‟zbek ulusi” deb atalgan davlatning
poytaxti bo‟lgan Tura shahri qayerda joylashgan
edi?
A) janubi-g‟arbiy Sibirda
B) Janubi-sharqiy Oltoyda
C) Yettisuvning shimoli-sharqida
D) Volga daryosining quyi oqimida
9. Xiva xonligi tarixi to‟grisidagi asarlar bilan
bog‟liq quyidagi ma‟lumotlar orasidan
to‟g‟rilarini belgilang.
1) XVIII asrda yashagan Hasanbek Rumluning
“Eng go‟zal tarix” asari XVI asrning I
yarmidagi Xiva tarixiga bag‟ishlangan;
2) Abulg‟oziy Bahodirxonning “Shajarayi turk”
asarining X bobi Xiva – Buxoro
munosabatlariga bag‟ishlangan;
3) “Firdavs ul-iqbol” asari Xivaning XVI
asrdan 1825-yilgacha bo‟lgan tarixini qamrab
olgan; 4) “Dili g‟aroyib” asari 1831-1832-
yillarda yozilgan
A) 1, 2 B) 2, 4 C) 3, 4 D) 1, 3
10. Abu Said Mirzo vafotida so‟ng
Movarounnahr amalda uch mustaqil davlatga
bo‟linib ketgan. Quyidagi shaxslarni qaysi
hududlarda hukmronlik qilganligini aniqlang.
1) Umarshayx Mirzo; 2) Sulton Mahmud Mirzo;
3) Sulton Ahmad
a) Samarqandda; b) Hisor, Xuttalon va
Badaxshonda; c) Farg‟onada