TURON REPETITORLIK MARKAZI
8-SINF “O’ZBEKISTON TARIXI”
3
22. Quyidagi hukmdorlarni o‟tkazgan islohotlari
bilan to‟g‟ri muvofiqlashtiring.
1) Amir Shohmurod; 2) Olimxon;
3) Muhammad Rahimxon I;
a) davlat boshqaruvi islohoti;
b) harbiy islohot; c) pul islohoti
A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-c, 2-a, 3-b
C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-c, 2-b, 3-a
23. Shayboniyxon Axsi va Andijonni suyurg‟ol
sifatida tortiq qilgan sulton kimning o‟g‟li edi?
A) Shohbudog‟ sultonning
B) Ibodullo sultonning
C) Ko‟chkunchi sultonning
D) Xoja Mahmud sultonning
24. Quyidagi asarlarning mualliflarini aniqlang.
1) “Husn-u Dil”; 2) “Hayvonotnoma”;
3) “To‟rt unsur”; 4) “Qushlar munozarasi”
a) Sayido Nasafiy; b) Muhammadniyoz
Nishotiy; c) Mujrim Obid; d) Bedil
A) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d
C) 1-b, 2-a, 3-d, 4-b D) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a
25. Turdi Farog‟iy qaysi hukmdor tomonidan
xalq og‟ir soliqlarga tortilganligi, oqibatda xalq
tortayotgan azob-uqubatlarni ro‟yirost tanqid
qila olgan edi?
A) Nodir Muhammadxon
B) Abdulazizxon
C) Subhonqulixon
D) Ubaydullaxon II
26. Qaysi mang‟it hukmdori mamlakatda
o‟zining mutlaq hukmdorligini o‟rnatish hamda
ichki boshboshdoqlikni tugatish siyosatini tutdi?
A) Ubaydullaxon II
B) Muhammad Rahimxon I
C) Abdullaxon II
D) Muhammad Rahimbiy
27. Quyidagilardan qaysi javobda qoraqalpoqlar
haqida noto‟g‟ri ma‟lumot berilgan?
A) Qoraqalpoqlar tasviriy san‟ati naqshli
bezaklarida ko‟proq suv ramzini aks ettiruvchi
to‟lqinlar tasvirlangan
B) Qoraqalpoqlar qo‟shiqchiligi mazmuniga ko‟ra
xalq, tarixiy va marosim qo‟shiqlariga bo‟lingan
C) Qoraqalpoqlar doston ijrochilari jirovlar,
baxshilar va qissaxonlarga bo‟lingan
D) Savkeli – qalin bo‟zdan tikilib, kumush va
marjonlar bilan bezatilgan zargarlik buyumidir
28. Qo‟ng‟irot va Chimboy shaharlari qachon
barpo etilgan?
A) XVI asr oxiri – XVII asr boshlari
B) XVII asr oxiri – XVIII asr boshlari
C) XVIII asr oxiri – XIX asr boshlari
D) XIX asr boshlari – XIX asr o‟rtalari
29. Rossiyadan Xivaga qanday mahsulotlar
keltirilgan?
1) movut; 2) to‟qimachilik mahsulotlari; 3) metal;
4) chorvachilik mahsulotlari; 5) rangli bo‟yoqlar;
6) mo‟yna terilari; 7) qizil charm; 8) qurol-
aslaha; 9) baxmal
A) 2, 3, 5, 6, 8 B) 1, 3, 4, 5, 8
C) 2, 4, 5, 7, 9 D) 1, 2, 4, 5, 9
30. XVI asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligini
iqtisodiy inqirozga duchor etgan va mamlakat
aholisini xonavayron qilgan omillarni aniqlang.
1) Dashti Qipchoqdan Xorazmga ko‟pgina o‟zbek
qabilalarining ko‟chib kelishi;
2) Amudaryoning o‟z o‟zanini o‟zgartirib, Orol
dengizi yo‟nalishiga burilganligi;
3) Eron qo‟shinlarining bir necha bor bostirib
kirishi;
4) Xiva xonligining Buxoro xonligi tomonidan ikki
marta bosib olinishi;
5) o‟zaro qabilaviy nizolar;
6) mahalliy hukmdorlarning markaziy
hokimiyatga bo‟ysunmaslik harakatlari;
7) og‟ir soliqlar hamda turli to‟lov va jarimalar
A) 2, 4, 5, 7 B) 1, 2, 4, 6
C) 2, 3, 4, 6 D) 1, 2, 3, 7
31. Amir Haydar davrida qaysi omil xazinaga
tushum ko‟payishi, amirlik iqtisodiyotining tez
sur‟atlar bilan o‟sishiga xizmat qilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |