Turon repetitorlik markazi



Download 121 Kb.
bet2/5
Sana13.08.2021
Hajmi121 Kb.
#146584
1   2   3   4   5
Bog'liq
attachment(21)

26. Vaqf mulklaridan olinadigan foydaning hisob kitobi bilan qaysi amaldor shug’ullangan? A) sadr B) mutavvali C) mushrif D) muhtasib

27. XX asr boshlarida qoraqalpoq adabiyotining demokratik an’analarini quyidagi qaysi yangi avlod shoirlari davom ettiradilar? 1) Umar; 2) Qulimbet; 3) Bobo Go’klan; 4) Kunxo’ja; 5) Sariboy; 6) Otash Olshinboy; 7) Qulmurot; 8) Sodiq; 9) Ajiniyoz qosinboy; 10) Berdaq A) 2, 3, 6, 8, 9 B) 1, 3, 5, 6, 10 C) 1, 2, 5, 7, 8 D) 1, 4, 5, 8, 10

28. Xiva xonligida kerosin va neft bilan 40 ta yangi sanoat korxonasi barpo etilgan yillar oralig’ida sodir bo’lgan voqealarni aniqlang. 1) ilk milliy gazeta nashr etildi; 2) Buxoroda birinchi jadid maktabi ochildi; 3) o’zbek teatri tarixida dastlabki milliy sahna asari yaratildi; 4) Xonqa va Hazoraspda yuz bergan qo’zg’olonlar keskin tus oldi; 5) Xiva xonligida “Islohotlar loyihasi” qabul qilindi; 6) Turkiston o’lkasida rus-tuzem maktablari soni 89 taga yetdi A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 3, 5, 6 C) 3, 4, 5, 6 D) 1, 3, 4, 6

29. Turkiston o’lkasida viloyat sudlari tugatilib, ularning o’rniga okrug sudlari va Toshkent sud palatasi tuzilgan davrda Rossiya imperatori kim edi? A) Aleksandr II B) Nikolay I C) Aleksandr III D) Nikolay II

30. 1896-yilda Namangan uyezdi Oqsuv-Shahrixon volostidagi qo’zg’olon nimadan kelib chiqqan edi? A) paxta maydoni kengayishi oqibatida qimmatchilik kelib chiqqanligidan B) barcha soliqlar to’langanligiga qaramay, qo’shimcha yer solig’i solinganligidan C) aholining mingboshilar saylovidan noroziligidan D) xalqparvar qishloq oqsoqollari ishdan bo’shatilgan ligidan

31. XIX asrning ikkinchi yarmida barpo etilib, o’zining bezaklari, naqshlari, rang-barangligi, yorqin jilosi bilan ajralib turadigan, yuzdan ortiq xonadan iborat noyob arxitektura yodgorligini aniqlang. A) Sitorayi Mohi Xosa ansambli B) Xudoyorxon saroyi C) Rahmonqul inoq saroyi D) Nurullaboy saroyi

32. 1917-yil bahorida Xiva xonligida Nozirlar Kengashi va Majlis tashkil etilgach, Majlisning birinchi sessiyasi qachon ish boshlagan? A) 1917-yil 3-aprelda B) 1917yil 12-aprelda C) 1917-yil 23-aprelda D) 1917-yil 26-aprelda

33. “Vabo isyoni” ishtirokchilari, asosan, qaysi aholi tabaqalaridan iborat edi? A) mardikorlar va hunarmand-kosiblar B) mayda savdogarlar va hunarmand-kosiblar C) dehqonlar, mayda savdogarlar va mardikorlar D) hunarmand-kosiblar va dehqonlar

34. Quyidagi atamalarning lug’aviy ma’nosini to’gri belgilang. 1) “politsiya”; 2) “protektorat”; 3) “avtonomiya” a) “qonun”; b) “homiy”; c) “ma’muriyat” A) 1-c, 2-a, 3-b B) 1-a, 2-b, 3-c C) 1-b, 2-a, 3-c D) 1-c, 2-b, 3-a

35. Buxoro shahrida dastlabki jadid maktabi ochilganidan necha yil o’tgach amirlikda barcha jadid maktablari yopiladi? A) 14 yil B) 17 yil C) 20 yil D) 23 yil

36. Islom tarixiga oid asar yozgan jadidlarni aniqlang. A) Behbudiy, Avloniy, Fitrat B) Munavvarqori, Avloniy, Behbudiy C) Avloniy, Fitrat, Cho’lpon D) Munavvarqori, Avloniy, Behbudiy

37. Toshkentda Temuriylar tarixi muzeyi ochilgan yildan 120 yil oldin sodir bo’lgan voqeani aniqlang. A) Toshkentda Turkiston muzeyi tashkil etildi B) Arxeologiya havaskorlar to’garagi tashkil etildi C) Toshkentda Turkiston xalq kutubxonasi tashkil etildi D) O’rta Osiyo Olimlar jamiyati tashkil etildi

38. Bir yilda sodir bo’lgan voqealarni aniqlang. A) Rus tuzem maktablarining soni 89 taga yetdi; Turkistonda dastlabki milliy sahna asarlari yaratildi B) Said Olimxon Peterburgga o’qishga jo’nab ketdi; Toshkentda “Vabo isyoni” boshlandi C) Yosh buxoroliklar siyosiy harakat sifatida faoliyat ko’rsata boshladi; Hazorasp, Xonqadagi qo’zg’olonlar keskin tus oldi D) Xivada bosh vazir Islomxo’ja davlat mablag’ini o’zlashtirishda ayb qo’yilib xon tomonidan o’ldirildi; Buxoroda 50 ga yaqin jadid maktablari yopildi

39. O’rta Osiyoning deyarli barcha shaharlarida hunarmandchilikning qaysi sohalari rivojlangan edi? A) to’qimachilik, kulolchilik, chilangarlik, temirchilik, binokorlik B) to’qimachilik, sarrojlik, miskarlik, zargarlik, ignasozlik, toshtaroshlik C) to’qimachilik, sopol idishlar va zargarlik buyumlari yasash D) to’qimachilik, kulolchilik, temirchilik, zargarlik, shishasozlik, ko’nchilik

40. XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Xiva xonligidagi dehqonlarning chiqishlari stixiyali isyonlar tarzida bo’lib, quyidagi qaysi holatlar bilan kechgan? 1) amaldorlarning uylarini vayron qilish; 2) amaldorlarni oila a’zolari bilan qirib tashlash; 3) qarz tilxatlarini yirtib tashlash; 4) soliq yig’uvchilarni quvib yuborish; 5) zodagonlarni haydab yuborish; 6) zodagonlarning yerlarida ishlashdan bosh tortish A) 1, 3, 4 B) 2, 3, 6 C) 1, 2, 5 D) 2, 5, 6

41. Rossiya va Eron o’rtasidagi chegaralar belgilan- gan yildan 5 yil oldin va 5 yil keyin bo’lgan voqea- larni belgilang. A) Toshkentda shahar nizomining joriy etilishi va Buxoro amirligi hududidan temiryo’lning o’tkazilishi B) Farg’ona viloyatining tuzilishi va uchastka mirovoy sudlarining tuzilishi C) Turkiston muzeyining tashkil etilishi va Andijonda Darveshxon qo’zg’olonining bo’lib o’tishi D) Qo’qon xonligining tugatilishi va yangi Amerika paxta navining yaratilishi

42. XX asr boshlarida vujudga kelgan yangi shaharlarni aniqlang. 1) Gurlan; 2) Mo’ynoq; 3) Taxta; 4) Chorjo’y; 5) Bog’ot; 6) Xonqa A) 2, 3, 5 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6

43. Xiva xonligida jadidchilik ikkita oqimdan iborat bo’lgan. Uning o’ng oqimi o’z oldiga qanday maqsad qo’ygan? A) mamlakatda tinch-totuv hayotni ta’minlash, soliqlarni tartibga solishni B) mamlakatda xon hokimiyatini saqlab qolgan holda isolohatlar o’tkazilishini C) yangi usul maktablarini tashkil etish orqali xalq ommasini siyosiy faolligiga erishishni D) rus mustamlakachilaridan mamlakatni ozod qilishni

44. 1886-yilda qabul qilingan “Turkiston o’lkasini idora qilish to’grisidagi nizom”ga xos bo’lmagan javobni aniqlang. A) yirik yer egaligi tugatildi B) Toshkent shahri boshqaruvi Dumaga o’tdi C) o’lka ma’muriy boshqaruvi yangi idora – Turkiston general – gubernatori kengashi bilan to’ldirildi D) vaqf daromadlarining to’g’ri ishlatilishi ustidan nazorat qilish huquqi viloyat ma’muriyati ixtiroyiga o’tkazildi

45. Bobo Go’klan boshchiligidagi xalq qo’zg’oloni boshlangan yilda yuz bergan voqeani aniqlang. A) oddiy fuqarolar ma’murlarga qarshilik ko’rsatgan taqdirda bevosita harbiy dala sudiga berila boshlandi B) Toshkentda mahkama joriy etildi C) M. Skobelev boshchiligidagi qo’shin turkmanlar ustiga ikkinchi yurishni boshladi D) Tehronda tuzilgan shartnomaga asosan, Buxoro amirligi va Eron o’rtasidagi chegara belgilandi

46. Qaysi lavozim egasi ayni paytda Rossiya imperiyasining Xiva xonligidagi vakili sifatida xonning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirar edi? A) Turkiston general-gubernatori B) “Rossiya imperiyasining siyosiy agentligi” boshlig’i C) Turkiston harbiy okrugining shtabi boshlig’i D) Amudaryo bo’limining boshlig’i

47. 1873-yili Xiva shahriga uyushtirilgan hujumda yarador bo’lgan rus generali mazkur voqeadan qariyb o’n yillar muqaddam qaysi shaharni zabt etishga boshchilik qilgan edi? A) Taroz B) Turkiston C) Xo’jand D) Kattaqo’rg’on

48. XIX asr o’rtalarida O’rta Osiyo chegarasi bo’ylab qaysi hududlar orqali Sibir istehkom chizig’I vujudga kelgan edi? A) Raim qal’asidan Perovskiy fortigacha B) Semipalatinskdan Verniy shahrigacha C) Semipalatinskdan Taroz shahrigacha D) Orenburgdan Oqmasjid qal’asigacha

49. Xorijda O’rta Osiyo hunarmandlarining qaysi mahsulotlari yuqori baholangan? 1) kandakorlik buyumlari; 2) zagarlik mahsulotlari; 3) shoyi va atlas matolari; 4) kiyim-kechaklar; 5) kulolchilik buyumlari; 6) qurol-aslahalar A) 1, 2, 3 B) 2, 4, 5 C) 1, 3, 6 D) 2, 3, 5

50. Ayni bir paytda sodir bo’lgan voqealarni aniqlang. 1) Xiva xonligida qurilish ishlari avj oldi; 2) Turkiston Rossiya imperiyasining milliy ozodlik harakatlari avj olgan markazlaridan biriga aylandi; 3) qoraqalpoqlar quyi Amudaryo havzasi, Orolning janub va janubi-g’arb tomonlarida muqim hayot tarziga o’ta boshladi; 4) O’rta Osiyoni bosib olish Rossiya imperiyasining birinchi navbatdagi vazifasiga aylandi; 5) Mo’yi Muborak madrasasi -ning qurilishi yakunlangan; 6) Qoraqum eshon madrasasi qurildi A) 1, 4, 6 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 5 D) 2, 5, 6

51. Quyidagi qoraqalpoq adiblarini yashagan yillariga qarab (kamidan ko’piga) to’g’ri ketma-ketlikda joylashtiring. 1) Otash Olshinboy; 2) Berdaq; 3) Kunxo’ja; 4) Ajiniyoz A) 4, 3, 2, 1 B) 2, 4, 3, 1 C) 2, 3, 4, 1 D) 4, 2, 3, 1

52. Noto’gri fikrni aniqlang. A) Turkistonda XIX asrning o’rtalarida boshlangan milliy-ozodlik harakatlari o’lkaning turli hududlarida to’xtovsiz tarzda davom etdi B) Andijondagi qo’zg’olondan so’ng “Favqulodda muhoazada” deb e’lon qilingan joylarda butun hokimiyat general-gubernator yoki u tayinlagan bosh noib qo’liga o’tdi C) Rossiya imperiyasining Turkiston borasidagi barcha rejalari paxtachilikni rivojlantirishga qaratilgan edi D) Qoraqum eshon madrasasi dastlab masjid vazifasini bajargan

53. Quyidagi atamalarning qaysi tillardan olinganligini aniqlang. 1) “delegat”; 2) “politsiya”; 3) “feleton”’ 4) “pulemyot” a) fransuzcha; b) lotincha; c) ruscha; d) nemischa A) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c B) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c C) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c D) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d

54. 1916-yil 18-iyul kuni . . . . A) Jizzaxda mardikorlikka olishga qarshi g’alayonlar boshlanib ketdi B) Toshkentning Beshyog’och dahasida norozilik chiqishi yuz berdi C) Turkistonda harbiy holat e’lon qilindi D) Jizzaxga qo’shimcha jazo otryadi jo’natildi

55. Quyidagilardan qaysi biri Rossiya imperiyasining O’rta Osiyoni bosib olinishini yanada tezlashtirgan omillarga kirmaydi? A) Rossiya imperiyasining sanoat xomashyosiga bo’lgan ehtiyojining ortishi B) qishloq xo’jaligida o’tkazilgan islohot tufayli dehqonlarning bir qismini chekka hududlarga ko’chirish zarurati C) xalqaro doirada ingliz tovarlarining O’rta Osiyoga kirib kelishi D) podsho hukumatining Qrim urushidagi mag’lubiyati

56. Qaysi yildagi Nizomga ko’ra, shahar va qishloqlarning har bir mavzeyini nazorat ostida saqlab turgan avvalgi politsiya tuzilmalariga qo’shimcha tarzda uyezd boshliqlariga ispravniklar huquqi ham berilgan? A) 1886-yildagi B) 1898-yildagi C) 1865-yildagi D) 1881-yildagi

57. Quyida XIX asrning ikkinchi yarmida ko’tarilgan qo’zg’olonlarni xronologik ketma-ketlikda joylashtiring. 1) hamma soliqlar to’langaniga qaramay qo’shimcha yer solig’i olinishi natijasida ko’tarilgan qo’zg’olon; 2) qo’zg’olonchilar kurash usullarni o’zgartirib, boylar va volost boshliqlarining qarorgohlariga hujum uyushtirish holatlari sodir bo’lgan qo’zg’alon; 3) mustamlakachilarning siyosiy va iqtisodiy zulmiga qarshi ko’tarilgan qo’zg’alon; 4) talonchilik, soliqlar va jabr-zulm avjiga chiqqanligi sababli ko’tarilgan qo’zg’alon; 5) aholining mingboshilar saylovlariga noroziligi oshkora qo’zg’alonga aylanib ketgan qo’zg’alon A) 1, 3, 4, 2, 5 B) 3, 4, 2, 1, 5 C) 3, 1, 4, 2, 5 D) 1, 4, 2, 3, 5

58. Quyidagi qaysi javobda Buxoro amirligida ko’pchilikni tashkil qilgan o’zbek urug’i nomi noto’g’ri berilgan? A) yuz B) kenagas C) qalmoq D) qo’ng’irot

59. Quyidagi shaharlar qaysi rus zobiti boshchiligidagi harbiy qo’shin tomonidan egallangan? 1) Kattaqo’rg’on; 2) Xo’jand; 3) Turkiston; 4) Chimkent a) M. Chernyayev; b) N. Veryovkin; c) F. Romanovskiy; d) Abramov A) 1-b, 2-d, 3-c, 4-a B) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d C) 1-c, 2-a, 3-d, 4-b D) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a

60. Quyidagi qoraqalpoq adiblariga mos keluvchi ma’lumotlarni aniqlang. 1) Berdaq; 2) Kunxo’ja; 3) Ajiniyoz a) uning she’rlarida vatanparvarlik, insonparvarlik g’oyalari kuylangan; b) u o’z ijodini xalqi uchun o’lmas asarlar yaratishga bag’ishladi; c) u adolatsiz tartiblarni qattiq qoraladi A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-a, 2-c, 3-b C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-a, 2-b, 3-c

61. XIX asrning 80-yillarida tashkil etilgan Turkiston general-gubernatori kengashining doimiy a’zolarini aniqlang. 1) viloyat harbiy gubernatorlari; 2) Toshkent sud palatasi raisi; 3) Turkiston general-gubernatorligi vazirlari; 4) general-gubernator devoni boshqaruvchisi; 5) Turkiston harbiy okrugi shtabi boshlig’i; 6) Toshkent shahar dumasi raisi A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 5 C) 1, 4, 5 D) 2, 4, 6

62. “Davlat va jamoat osoyishtaligini qo’riqlashga qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risida” gi Nizomga ko’ra, uchastka pristavlari qanday ishlarni amalga oshirgan? 1) soliqlar yig’imi va majburiyatlar, uyezd boshliqlarining qarorlari ijrosiga rahbarlik qilish; 2) har qanday o’zgarish haqida o’lka ma’murlariga ma’lumot yetkazib turish; 3) o’z uchastkalari doirasida surishtirish va tergov ishlarini yuritish; 4) qamoqqa olish va jarimaga tortish; 5) har qanday odamni 7 kun muddatga qamoqqa olish A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 5 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3, 4, 5

63. Chor Rossiyasining O’rta Osiyoga yurishlari davomida qaysi shaharlar aholisi o’z shahrining har bir qarich yeri uchun kurashgan? 1) Toshkent; 2) Urgut; 3) Jizzax; 4) Andijon; 5) Namangan; 6) Xo’jand; 7) O’ratepa A) 1, 5, 7 B) 2, 3, 4 C) 1, 4, 6 D) 1, 3, 4

64. Turli volostlar va uyezdlar aholisi yuzaga kelgan bahsli ishlarni hal qiluvchi sud bo’g’ini qaysi bo’lgan? A) qozilik sudi B) xalq sudyalari favqulodda qurultoyi C) xalq sudyalari qurultoyi D) biy sudlari

65. Turkiston aholisini armiyaga chaqirmaslikni yoqlab chiqqan chor ma’muriyati vakilini aniqlang. A) F. Girs B) senator Palen C) O. Rozenbax D) A. Vrevskiy


Download 121 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish