“Bugun – og’ir, ertaga – og’irroq, indinga esa ajoyib bo’ladi!” (Jek Ma – xitoylik milliarder)
1. Buxoro amirligida mavjud bo’lgan “dorug’ayi muzd” qanday yig’in bo’lgan? A) soliq xabarini yetkzaganlik uchun yig’iladigan mablag’ B) amir farmonlarini yetkazganlik uchun yig’iladigan mablag’ C) xirmonlarni xatga olgani uchun amaldorga qo’shimcha maosh D) yerlarni xatga olgani uchun amaldorga qo’shimcha maosh
2. Rossiya imperiyasi qo’shinlari tomonidan Xo’jand, O’ratepa, Jizzax shaharlari egallangan yilda Orenburg general-gubernatori lavozimida ishlayotgan shaxsni aniqlang. A) K. fon Kaufman B) V. Perovskiy C) F. Romanovskiy D) N. Krijanovskiy
3. Quyidagi qaysi voqealar imperator Aleksandr II hukmronligi davrida bo’lib o’tgan? 1) Baljuvonda Vose boshchiligida qo’zg’olon ko’tarildi; 2) Mingtepada Yetimxon boshchiligida qo’zg’olon bo’lib o’tdi; 3) turkmanlarga qarshi Lazerev boshchiligida qo’shin yuborildi; 4) yangi “Turkiston o’lkasini idora qilish to’g’risidagi nizom” tasdiqlandi; 5) Toshkent ruslar tomonidan bosib olindi A) 2, 3, 5 B) 1, 3, 4 C) 2, 3, 4 D) 3, 4, 5
4. Turkiston general gubernatorligi haqidagi “O’lkada eng kichik ahamiyatga ega bo’lgan boshqaruv ham harbiy boshliqlar qo’lida” degan ta’kid kimga tegishli? A) fon Kaufmanga B) senator K. Palenga C) S. M. Duxovskiyga D) Aleksandr III ga
5. 1877-yil Toshkentda shahar nizomi joriy etilgan bo’lib, unga muvofiq shahar boshqaruvi . . . o’tgan edi. A) dumaga B) Turkiston harbiy okrugiga C) Turkiston general gubernatorligiga D) Rossiya imperiyasiga
6. 1875-yilda Nasriddinbek va fon Kaufman o’rtasida imzolangan shartnomada quyidagi qaysi shartlar belgilab qo’yilgan edi? 1) Nasriddinbek o’zini rus imperatorining sodiq quli deb olishi; 2) rus imperatori Nasriddinbekni sodiq hamkori deb tan olishi; 3) Nasriddinbek tashqi siyosatda hech qanday bitimlar tuza olmasligi; 4) Rossiyaga uch million rubl tovon to’lshi; 5) Sirdaryoning o’ng sohilidagi yerlar – Namangan va Chust Rossiya ixtiyoriga o’tganligi; 6) Rossiyaga ikki million rubl tovon to’lash A) 2, 3, 5, 7 B) 2, 3, 4, 6 C) 1, 3, 4, 6 D) 1, 3, 5, 7
7. XIX asr o’rtalarida qaysi davlat hududida uyg’urlar, yahudiylar, hindlar ham ko’plab istiqomat qilgan? A) Qo’qon xonligi B) Xiva xonligi C) Buxoro amirligi D) Afg’oniston
8. Turkiston general-gubernatorligida paxta yetishtiriladigan eng muhim markazlarni aniqlang. A) Sirdaryo, Samarqand, Farg’ona B) Sirdaryo, Farg’ona, Marg’ilon C) Sirdaryo, Samarqand, Andijon D) Samarqand, Farg’ona, Andijon
9. Chor Rossiyasi qo’shinlari tomonidan O’rta Osiyodagi qaysi qal’a va shaharlarning egallani- shiga M. Chernyayev boshchilik qilgan? 1) Avliyoota; 2) Oqmachit; 3) Turkiston; 4) Chimkent; 5) Toshkent A) 1, 4, 5 B) 1, 2, 4 C) 3, 4, 5 D) 1, 2, 5
10. XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligi chegarasini tomonlari bilan to’g’ri ko’rsating. 1) g’arb; 2) sharq; 3) janub; 4) shimol a) Pomir tog’lari; b) Amudaryoning chap sohilidagi yerlar; c) qozoq juzlari yerlari; d) Xiva xonligi A) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c B) 1-d, 2-a, 3-b, 4-c C) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b D) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d
11. Buxoroda qaysi amir davrida soliqqa tortishning natura shakli (mahsulot ko’rinishida) o’rniga naqd pul ko’rinishidagi yig’imlar asosiy o’rinni egallagan? A) Amir Abdulahad B) Amir Olimxon C) Amir Muzaffar D) Amir Nasrullo
12. XX asr boshlarida Xiva xonligining qaysi hududlarida muhtoj dehqonlar yirik zamindorlarning yerlarini egallab ola boshladilar? A) Xonqa, Hazorasp, Yangi Urganchda B) Xonqa, Hazorasp, Bog’otda C) Pitnak, Hazorasp, Ko’hna Urganchda D) Bog’ot, Mo’ynoq, Taxtada
13. Rus-tuzem maktablarini tashkil etishdan ko’zlangan maqsadlarga muvofiq keluvchi javob variantini aniqlang. 1) Turkistonga ko’chirib keltirilganlarning bolalariga ta’lim berish orqali tarjimon kadrlarni tayyorlash; 2) mahalliy aholining madaniy saviyasini yuksaltirish orqali o’lkaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish; 3) ko’chirib keltirilgan va mahalliy aholi o’rtasida yuzaga kelgan madaniy-ma’naviy notenglikni bartaraf etish; 4) tub joy aholi o’rtasida rus madaniyatini keng yoyish A) 2, 4 B) 1, 4 C) 1, 3 D) 3, 4
14. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Xiva xonligida faoliyat yuritib, oddiy loydan go’zal san’at asarlari yaratish va tabiatdagi turli giyoh va o’simliklardan betakror ranglar kashf etish mumkinligini amalda isbotlab bergan usta kulollarni aniqlang. 1) Nurmuhammad; 2) Ibrohim Hofizov; 3) Abdujabbor; 4) So’fimuhammad Niyoz; 5) Abdulla; 6) Odina Muhammad Murod A) 2, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5 C) 1, 3, 4, 6 D) 1, 2, 5, 6
15. 1916-yil iyul oyining o’rtalarida Farg’ona viloyatining qaysi uyezdlarida mardikorlikka olishga qarshi qo’zg’olonlar keskin tus oladi? 1) Qo’qon; 2) O’sh; 3) Rishton; 4) Xo’jand; 5) Marg’ilon; 6) Andijon; 7) O’ratepa; 8) Namangan A) 1, 3, 5, 6, 8 B) 1, 2, 4, 7, 8 C) 1, 3, 4, 5, 6 D) 1, 3, 5, 7, 8
16. Quyidagi voqealardan qaysi biri nisbatan oldinroq yuz bergan? A) Kaspiyorti temiryo’li bilan dastlabki poyezd Samarqandga yetib keldi B) Turkistonda “Davlat tartiboti va jamoat osoyishtaligini kuchaytirilgan tarzda qo’riqlash to’g’risida”gi Nizom qabul qilindi C) Andijon, O’sh, Marg’ilon uyezdlarida aholining mustamlakachilarga qarshi ommaviy chiqishlari bo’lib o’tdi D) Xiva xonligida “A-Meta” sindikati tashkil etildi
17. XIX asrning 70-yillarida Turkiston tarixida sodir bo’lgan voqealarni aniqlang. 1) Avliyootada birinchi rus qishlog’i paydo bo’ldi; 2) Jizzax qo’zg’oloni bo’lib o’tdi; 3) Gandimiyon shartnomasi imzolandi; 4) ilk o’zbek milliy gazetasi – “Taraqqiy” nashr etildi; 5) Mingtepada Yetimxon boshchiligidagi qo’zg’olon ko’tarildi; 6) Raim qal’asi qurildi A) 1, 2, 3 B) 1, 3, 5 C) 2, 4, 6 D) 4, 5, 6
18. Qo’qon shahrida Salohiddin domla ikkinchi jadid maktabini ochgan yili . . . A) Farg’ona vodiysida yana qo’zg’olon boshlandi B) Toshkent sud palatasi tuzildi C) Andijonda temiryo’l qurib bitkazildi D) Samarqandgacha temiryo’l qurildi
19. 1916-yildagi qo’zg’olonlar boshlangan hududlar ketma-ketligi to’g’ri ko’rsatilgan javob variantini aniqlang. 1) Jizzax; 2) Samarqand; 3) Xo’jand; 4) Toshkent A) 3, 2, 4, 1 B) 3, 1, 4, 2 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3, 1, 4
20. Yosh buxoroliklar tomonidan nashr etilgan gazetalarni belgilang. A) “Adibi avval”, “Oyna” B) “Buxoroi sharif”, “Turon” C) “Sadoi Turkiston”, “Taraqqiy” D) “Turkiston viloyatining gazetasi”, “Oyna”
21. Turkiston general gubernatorligida sud-huquq tizimi bilan bog’liq quyidagi islohatlarni amalga oshirilgan yili bilan joylashtiring. 1) Uyezd sudlari tugatilib o’rniga uchastka mirovoy sudlari tuzildi; 2) Toshkent sud palatasi tuzildi; 3) viloyat boshqaruvining sud bo’limi tashkil etildi; 4) uyezd boshliqlariga ispravniklar huquqi berildi a) 1898-yil b) 1867-yil c) 1886-yil d) 1881-yil A) 1-c, 2-a, 3-b, 4-d B) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c C) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d D) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b
22. Rossiya imperiyasi tomonidan O’rta Osiyoga uyushtirilgan yurishlarning birinchi bosqichi yakunida . . . 1) Qo’qon xonligining shimoliy viloyatlari bosib olindi; 2) Turkiston general-gubernatorligi tuzildi; 3) Buxoro amirligining sharqiy hududlari bosib olindi; 4) Turkiston viloyati tuzildi; 5) Toshkent shahri zabt etildi; 6) Turkiston harbiy okrugi tuzildi A) 1, 3, 6 B) 2, 4, 5 C) 1, 4, 5 D) 2, 3, 6
23. Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan hududlarda tashkil etilgan ma’muriy birliklarning gubernatori lavozimiga tayinlangan shaxslarni aniqlang. 1) Zarafshon okrugi; 2) Namangan bo’limi; 3) Turkiston viloyati a) general Skobelev; 2) general Abramov; 3) general Chernyayev A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-b, 2-a, 3-c C) 1-c, 2-a, 3-b D) 1-b, 2-c, 3-a
24. Quyidagi qo’zg’olonlarni ularning bo’lib o’tgan sanalari bilan mos ravishda keltirilgan javobni aniqlang. 1) Baljuvon bekligidagi qo’zg’olon; 2) Ko’lob bekligidagi qo’zg’olon; 3) Kalif bekligidagi qo’zg’olon; 4) Matyoqub pishiq qo’zg’oloni; 5) Yetimxon qo’zg’oloni a) 1902-yil; b) 1888-yil; c) 1885-yil; d) 1889-yil; e) 1878-yil A) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a, 5-e B) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b, 5-e C) 1-e, 2-b, 3-d, 4-c, 5a D) 1-a, 2-d, 3-b, 4-c, 5-e
25. Ma’lumki, XIX asrdan boshlab Buyuk Britaniya O’rta Osiyoga ingliz ekspeditsiyalarini uyushtirdi. Ingliz ekspeditsiyalari O’rta Osiyoga qachon va kim boshchiligida kelganligini toping. A) 1810-yil M. Murkroft, 1826-yil F. Berg, 1828-yil F. Benevini B) 1715-yil I. Buxgols, 1841-yil R. Shekspir C) 1825-yil M. Murkroft, 1832-yil A. Byorns, 1844-yil I. Volf, 1843-yil J. Abbot D) 1826-yil F. Berg, 1831-yil A. Byorns, 1844-yil I. Volf
Do'stlaringiz bilan baham: |