76. Birinchi o’zbek kino va fotooperatorini aniqlang? A) Mannon Uyg’ur B) Xudoybergan Devonov C) Ismoil Obidov D) Mo’minjon Solihov
77. Quyidagilar orasidan Nurullaboy saroyiga oid to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang. 1) 1908-1910-yillarda qurilgan; 2) saroy yetti xonadan iborat; 3) saroy qurilishida G’arb me’morchiligi an’analari ustunlik qiladi; 4) saroy qurilishi munosabati bilan rus podshosi Aleksandr II ikkita maxsus qandil va kamquvvatli nurquvvat uskunasi sovg’a qilgan; 5) tashqi tomoni silliq g’ishtlar va feruza rang koshinlar bilan shaxmat taxtasi shaklida bezatilgan; 6) 1904-1912-yillarda qurilgan A) 1, 2, 3, 5 B) 2, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3, 5, 6
78. Qaysi qo’zg’olonning bostirilishida mustamlakachilar o’z manfaatlari yo’lida xalqning urf-odatlari, diniy e’tiqodi, milliy qadriyatlarini toptashdan ham qaytmasligini ko’rsatdi? A) “Vabo isyoni” B) Andijon qo’zg’oloni C) Jizzax qo’zg’oloni D) Namangan qo’zg’oloni
79. Mardikorlikka qarshi Jizzax qo’zg’oloni davrida rus qo’shinlari . . . A) dastlab Jizzaxni, keyin Zominni egallab, so’ng Sangzorga yurish qiladi B) dastlab Jizzaxni, keyin Sangzorni egallab, so’ng Zominga yurish qiladi C) dastlab Sangzorni, keyin Zominni egallab, so’ng Jizzaxga yurish qiladi D) dastlab Zominni, keyin Jizzaxni egallab, so’ng Sangzorga yurish qiladi
80. 1910-yili Xiva xonligida qabul qilingan “islohotlar loyihasiga” muvofiq bo’lmagan javobni aniqlang. A) xon devonini saqlab qolish B) amaldorlarni davlat ta’minotiga o’tkazish C) konstitutsion monarxiya tuzumini o’rnatish D) boshqaruv tizimini isloh qilish
81. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligida devonbegi huzuridagi kengash tarkibiga qaysi mansab egalari kirgan? A) qo’shbegi, mehtar, otaliq B) mehtar, vazir, sadri a’zam C) yasovulboshi, mehtar, otaliq D) inoq, otaliq, mehtar
82. Rossiya imperiyasi Tashqi ishlar vazirligining Angliya bilan qaysi yillarda Afg’oniston va O’rta Osiyodagi chegaralarni belgilash bo’yicha muzokaralar olib boorishi natijasida mazkur chegaralar Amudaryo bo’ylab Panj tumanidan o’tkazilishiga kelishilgan? A) 1869-1870-yillardagi B) 1881-1885-yillardagi C) 1885-1887-yillardagi D) 1873-1875-yillardagi
83. Quyidagi gazeta-jurnallarning nashr etilgan yillarini to’g’ri belgilang. 1) “Farg’ona sahifasi”; 2) “Shuhrat”; 3) “Xurshid” a) 1906-yil; b) 1907-yil; c) 1917-yil A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-a, 2-c, 3-b C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-c, 2-a, 3-b
84. Quyidagi shaharlarning Chor Rossiyasi qo’shinlari tomonidan egallangan sanasini aniqlang. 1) Turkiston shahri; 2) Taroz shahri; 3) Chimkent shahri a) 1864-yil 4-iyun; b) 1864-yil 12-iyul; c) 1864-yil kuzida A) 1-a, 2-b, 3-c B) 1-b, 2-a, 3-c C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-c, 2-b, 3-a
85. Qo’qon xoni Xudoyorxon Rossiya bilan xonlik hududida rus savdogarlariga katta imkoniyatlar bergan shartnoma imzolangan yili . . . A) Buxoro amirligi va rus qo’shinlari o’rtasida Zirabuloq jangi yuz berdi B) Toshkent bosib olinib Turkiston viloyati tashkil etildi C) Xiva xonligi ruslar tomonidan qaram davlatga aylantirildi D) Tukiston harbiy okrugi tashkil etildi
86. XIX asr o’rtalarida Qo’qon xonligida xazina ishlari va xarajatlariga mas’ul bo’lgan amaldorni aniqlang. A) mehtar B) devonbegi C) mushrif D) mirzaboshi
87. Quyidagi jadid gazetalari kimning muharrirligi ostida chiqarilganligini aniqlang. 1) “Xurshid”; 2) “Shuhrat”; 3) “Taraqqiy”; 4) “Osiyo” a) Ismoil Obidov; b) Ahmadjon Bektemirov; c) Abdulla Avloniy; d) Munavvar Qori A) 1-c, 2-d, 3-a, 4-b B) 1-d, 2-c, 3-b, 4-a C) 1-d, 2-c, 3-a, 4-b D) 1-c, 2-d, 3-b, 4-a
88. Quyidagilarning qaysilari 1881-yilda sodir bo’lgan? 1) O’rta Osiyo – Eron chegaralari belgilab olindi; 2) “Jamoat tartiboti va osoyishtaligini qo’riqlashga qaratilgan chora-tadbirlar to’g’risida Nizom” qabul qilindi; 3) Buxoro amirlgida Rossiya imperiyasining doimiy vakili lavozimi ta’sis etildi; 4) Ili o’lkasida qo’zg’olon podsho hukumati qo’shinlari tomonidan bostirildi; 5) Buxoro amirligi va Afg’oniston o’rtasidagi chegaralarni belgilash yakunlandi; 6) Kaspiyorti viloyati tashkil etildi A) 1, 2, 4, 5, 6 B) 2, 3, 4, 6 C) 2, 4, 5 D) 1, 2, 4, 6
89. Quyidagi Turkiston general-gubernatorlarini to’g’ri xronologik ketma-ketlikda belgilang. a) Vrevskiy; b) Rozenbax; c) Duxovskiy A) b, c, a B) a, c, b C) c, b, a D) b, a, c
90. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda tasviriy san’at qaysi shaharlar miniatyurachilari ijodida namoyon bo’ldi? A) Buxoro, Xiva, Qo’qon B) Buxoro, Samarqand, Toshkent C) Samarqand, Qo’qon, Buxoro D) Xiva, Toshkent, Samarqand
9-SINF “O’ZBEKISTON TARIXI”
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |