Ilk qadam
HAYOT
Hayot sinovlari og‘ir, sinoat
Unda g‘am-tashvishlar birga kelarkan.
Ishongan insoning qilsa xiyonat,
Sen uchun bu dunyo torlik qilarkan.
Dushmaning ko‘rsatar senga xato yo‘l,
Botqoqqa botsang gar u cho‘zmaydi qo‘l.
Hatto yaxshilikni ko‘rmaydi ravo,
Bundayin nokaslar bo‘lar bedavo.
Past-baland yo‘l ila qiynaydi hayot,
Ey do‘stim sen bundan bo‘lgin ehtiyot.
Uf tortma, ho‘rsinma tashvish kelganda,
Barchasin unutgin xursand yurgin shod.
GULIM
Yonimda bo‘lsayding hozir shu onda,
Bag‘rimga bosardim mahkam quchoqlab,
Ko‘rgim kelaverar sog‘inch yomonda,
Bir kelib ketsayding ko‘ngilni chog‘lab.
Sog‘inib kunlarim o‘tmoqda mana,
Ko‘zlarim yo‘lingda mushtoq qarayman,
Bugun ham tushimga kiribsan yana,
Yor ber deb Ollohdan seni so‘rayman.
Qancha azob bo‘lsa chidaymiz gulim,
Ollohni yo‘lida birga yuramiz,
Xavotir olmagin mendan sevgilim.
Vaqt o‘tar lek oxir bo‘lamiz...
16
Do'stlaringiz bilan baham: |