Ilk qadam
“KECHA VA KUNDUZ”NI O‘QIB
Yaqinroq kel, so‘zlarim tingla,
Fikrlarim aytaman do‘stim.
Kechalarni oysiz qoldirgan,
Cho‘lpondan men xafaman do‘stim.
Nega desang, qorong‘u kecha,
Qolib ketgan malomatlarga.
Charx aylangan butun Yer yuzi,
To‘lib ketgan xiyonatlarga.
Yana o‘ylab qolaman, balki,
Cho‘lpon mehr yuzin ko‘rmagan.
Bolaliksiz qolgan Zebiga,
Shu sababli rahm qilmagan.
O‘zimni men aldayman yana,
Lek Cho‘lponni koyiyveraman.
Balki hayot shundaymi deya,
Dunyolardan soviyveraman.
Balki “kunduz” timsolida u,
Bor dardini qilgandir oshkor.
Yana qanday siri bor, deya,
“Kecha”sini o‘qiyman takror.
Ne qilmayin, bari haqiqat,
Bari o‘tmish dalolatidir.
Insonlardan bezgan dunyoning,
Aytolmagan malomatidir.
157
Do'stlaringiz bilan baham: |