Ilk qadam
* * *
Nazmiy qanotim
Xayolot menga so‘zlarin sotar,
Qog‘ozni bezaydi qo‘l emas g‘urur.
“She’riyat” degan tog‘ yastanib yotar,
Oldimga qarayman shahd ila mag‘rur.
Qo‘llarimdan o‘stirib qanot,
Qushlarni sayratib keladi uchgim.
Jilovin bo‘shatib orzularimning,
“She’riyat” tog‘ini keladi quchgim.
Lek, chiqish mushkuldir tog‘ning uchiga,
Senga yo‘l bermaydi yovuz qoyalar.
Tayanib chiqasan bilak kuchiga,
Keyin chiqaradi zinapoyalar.
Bir kuni tog‘larga qilarman parvoz,
Orzuda o‘tmaydi mening hayotim.
Ortimda qolganlar bo‘lsin sarafroz,
Meni uchiradi yozgan bayotim.
115
Do'stlaringiz bilan baham: |