Ilk qadam
BAG‘RITOSHLAR
Jannat onalarning oyoq ostida,
Deymiz-u adashgan bo‘lamiz nogoh.
Bag‘ritosh onadan, nodon otadan,
O‘zing asraginda ey qodir Alloh.
Murg‘ak yuraklarni g‘amlarga ko‘mib,
Voz kechib ketishar o‘zga yurtlarga.
Vaqt o‘tar, xatosin qaytar tushunib,
Keyin qanday mehr berar ularga.
Oylar zum o‘tadi, ketidan yillar,
Ko‘zlari nechun yosh kelishar yig‘lab.
Afsus kechikkandi, sovigan dillar,
Farzandi bo‘ylari qolgandi bo‘ylab.
Ular o‘ylashganda kam-ko‘sti bitib,
Kelsam goh farzandi yugurib kelar.
Onajon deydi u baxtdan entikib,
Go‘dakdan o‘tganin qayerdan bilar.
Oqshomlar yig‘lab gar injiqlik qilsa,
Yupatgan onamas, yot begonalar.
Bemor bo‘lsa agar tunlari bedor,
Onam qani, deydi dil vayronalar.
Ona, beradigan ovqat, kiyim-bosh,
Hammasi muhayyo, lek nimadir kam.
O‘ksik yuragiga allane yetmas,
Ko‘nglin og‘ritadi kichik zarra ham.
105
Ilk qadam
Chunki, ko‘ngli o‘ksik, yuragi yarim,
Unga ortiqchadir sizning so‘zingiz.
O‘zgani yaqin der, jonim-jigarim,
Sizni uyda kutar o‘g‘il-qizingiz.
Bu dunyo omonatin berar chog‘da,
Tobut ko‘tarmaydi topgan pulingiz.
Siz pulni dedingiz, ular-chi sizni,
Zoye ketdimikin shuncha umringiz.
YANGI YIL
Osmonlarni to‘ldirib asta,
Qorparchalar o‘ynab tushmoqda.
Yer yuzini qilib oq ko‘rpa,
Ko‘nglimizga zavq ham qo‘shmoqda.
Bolalarning ko‘zida quvonch,
Bir-biriga qorbo‘ron otar.
Ba’zilari uchadi chana,
Yana kimdir qor uzra yotar.
Go‘zal qishning ajib ziynati,
Do‘stlar shodlik ko‘z-la boqadi.
Har faslning o‘z tarovati,
Lek qish menga juda yoqadi.
106
Ilk qadam
Axmedova Rayxona 2005-yil 8-dekabrda
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumani Iskan-
dari mahallasida tavallud topgan. Hozirda tu-
mandagi 33-umumta’lim maktabining 8-sinf
o‘quvchisi. Qator bayozlarga she’rlari kiritilgan.
Samarqand yosh ijodkorlar Kengashi a’zosi.
Tongda uyg‘ongin sen tabassum bilan,
Borliqning chiroyi, sen gulga aylan.
Zarracha yurakda bo‘lmasin g‘aflat,
Yurakka ekib qo‘y mehrni albat.
Bu dunyo sinovi bilib ol abad,
Qilmagin birovga qilmoqni da’vat.
G‘am-u anduhlaring to‘lat quvonchga,
Hayoting mazmunli o‘tadi albat.
DUNYO
Bu dunyo kam-ko‘stin to‘ldirar odam,
Lekin barchani ham qiynaydi alam.
Orzuli yurakka yo‘latmaydi g‘am,
Maqsadli insonlar bo‘ladi omon.
Bu dunyo har ishi mashaqqat sinov,
Odam o‘zi uchun haqtalab har on.
Nelarki bo‘lmagan jahonda inon,
Dunyo mashaqqatin yenggin sen inson!
107
Do'stlaringiz bilan baham: |