Turli muhitlarda


Vakuumda elektr toki elektronlar oqimining tartibli harakatidan iborat



Download 1,23 Mb.
bet16/24
Sana14.01.2022
Hajmi1,23 Mb.
#362255
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
turli muhitlarda elektr toki

Vakuumda elektr toki elektronlar oqimining tartibli harakatidan iborat.

Anod va katoddan iborat vakuumli lampaga ikki elektrodli elektron lampa – diod deyiladi.

Istalgan elektron asbobning xossasi uning volt-amper xarakteristikasi, ya’ni undan o‘tuvchi tok kuchining asbobga qo‘yilgan kuchlanishga bog‘liqligi bilan belgilanadi. Diodning volt-amper xarakteristikasini o‘rganish uchun diodning qizdirgichiga o‘zgarmas 4 V kuchlanish berilib, doimiy saqlanadi. Natijada qizdirgich bir xil ozgarmas T1 temperaturada qizib turadi. Anod va katod oralig‘idagi kuchlanish nolga teng bo‘lganda qizigan katoddan otilib chiqqan

elektronlar katod atrofi da elektron bulutni hosil qiladi. Anod kuchlanishi orta borishi bilan elektron bulutdagi elektronlar anodga tomon harakatlana

boshlaydi va elektron buluti tarqay boshlaydi. Bunda kuchlanish ortishi bilan anod toki ham orta boradi. Diodning volt-amper xarakteristikasida bu 1 sohaga to‘g‘ri keladi. Lekin keyinchalik kuchlanishning ortishi anod tokining ortishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi va xarakteristikada bu 2 sohaga to‘g‘ri keladi. Bu paytda katoddan uchib chiqayotgan barcha elektronlar anodga yetib boradi va anod toki o‘zgarmay qoladi. Bu paytdagi anod tokiga to‘yinish toki deyiladi.



Qizdirgich kuchlanishini 6 V qilib tajriba takrorlansa, uning temperaturasi T2 bo‘ladi. Bunda to‘yinish tokining qiymati ortadi. Xarakteristikadan ko‘rinib turibdiki, tok kuchining kuchlanishga bog‘liqligi chiziqli emas. Xarakteristikaning 1 qismida tok

kuchining kuchlanishga bog‘liqligi

qonuniyatga bo‘ysunishi aniqlangan. Bu formulani Boguslavskiy-Lengmyur formulasi deyiladi.

Katta quvvatga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgichli diodlar ishlab chiqarilmasidan oldin vakuumli diodlardan o‘zgaruvchan toklarni to‘g‘rilashda foydalanilgan.

Mavzuga doir masalalar:



1. Termoelektron emissiya - bu
A) atomning elektron va ionga parchalanishi
B) elektron chiqarish bilan atom vadrosining
parchalanishi
C) elektronlar dastasi ta'sirida metallni purkash
(D) yorug`lik ta'sirida elektronlaming chiqishi
2. Vakuumda elektr toki qanday zarralaming
harakati tufayli vujudga keladi?
A) vakuumda tok bolmaydi B) protonlar
C) elektronlar D) ionlar
3. Katod nurlari - katoddan anodga tez harakat
qiluvchi... oqimi. Nuqtalar o‘mini to‘ldiring.
A) protonlar (B) elektronlar C) ionlar
D) fotonlar
4. Elektr tokining issiqlik ta’siri tok qaysi
muhitdan o‘tganda kuzatilmaydi?
A) vakuumdan B) yarimo`kazgichdan
C) gazdan D) metall dan E) elektrolitdan
5. Vakuumli diodda katoddan chiqib, anodga yetib
borgan elektronlaming kinetik energiyasini
hisoblash uchun nimalami bilish kerak: 1) elektron
zaryadini; 2) anod va katod orasidagi potensiailar
ayirmasini; 3) anod va katod orasidagi masofani?
A) 1 B) 2 С) 1, 2, 3 (D) 1, 2 E) 2, 3
6. Katoddan birlik vaqtda bug'lanib chiqayotgan
elektronlar soni nimalarga bog'liq? Eng to'liq
javobni belgilang.
A) katod materialiga, haroratga.
B) katod materialiga, kuchlanishga.
C) haroratga, sirt o'lchamlariga, tok kuchiga.
(D) katod materialiga, sirt o'lchamlariga, haroratga.
7.Vakuumli diod va triodning ishlash prinsipi
qaysi hodisaga asoslangan?
A) qutblanish B) elektrostatik induksiya
C) kondensatsiya (D) termoelektron emissiya
E) reykombinatsiya
8. Vakuumli diod uchun Om qonuni o'rinlimi?
(A) Yo'q B) Elektron tezligi kichik bo Uganda
o'rinli
C) elektron tezligi juda katta bo'lganda o'rinli
D) har doim o'rinli
9. Troid to'rining anod toki nolga teng bo'ladigan
manfiy qiymatidagi kuchlanishiga qanday
kuchianish deyiladi?
A) kritik kuchianish. B) kyuri kuchlanishi.
(C) yopish kuchlanishi.
D) kuchlanishning bunday qiymati mavjud emas.
10. Elektron lampa anodiga har sekundda 2 -1015 ta
elektron yetib borayotgan bo'lsa, anod toki necha
amper bo'ladi?
11. Katod sirtidan har sekundda 5•1016 elektron
emissiyalanadi. To'yinish toki qanday qiymatdan
yuqori bo'la olmaydi (mA)?
A) 8 B) 4 C) 12 D) 16 E) 24
12. Agar anod zanjiridagi tok kuchi 1 mA bo'lsa,
katoddan 1 s da nechta elektron chiqadi? e =-10-19 C.
13. To'yinish toki 1,6 mA bo'lsa, katod sirtidan har
sekundda nechta elektron uchub chiqadi?
14. Vakuumli diod anodiga 4·1016 ta elektron yetib
borganida elektr maydoni 1,6 J ish bajaran bo'lsa,
anod kuchlanishini (V) toping.
A) 250 B) 120 C) 640 D) 320 E) 500
15. Diodda elektron anodga 8 Mm/s tezlik bilan
keladi. Anod kuchlanishini toping (V).
A) 60 B) 120 C) 90 D) 182 E) 360
16. Anod bilan katod orasidagi potensiailar farqi
360 V. Ular orasidagi masofa 1 sm bo'lsa, elektron
necha m/s2 tezlanish oladi? m = 9,1·10- 31kg


Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish