Xulosa.....................................................................................................................36
Foydalanilgan adabiyotlar....................................................................................37
“Kimyo va bioloigya yo’nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 4805 sonli qaror
“Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2905 sonli qaror
SH.M.Mirziyoyev
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari bo‘yicha yig’ilish o‘tkazib, har bir tashabbus bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturlari, mazkur dasturlar yuzasidan bildirilgan takliflar, bu takliflarni amalga oshirish mexanizmlariga alohida to‘xtaldi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Prezident tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusning barchasi xalqimiz, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarning ijtimoiy-ma’naviy hamda madaniy hayotida juda katta voqea bo‘ldi. Xususan, birinchi tashabbus bo‘yicha yoshlarni sa’nat va madaniyat maskanlariga keng jalb etish, o‘z iqtidorlarini namoyon etishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan Dastur loyihasiga ko‘ra, 2019-2020 yillarda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 2 million nafardan ziyod yoshlarni madaniyat va san’at sohasiga jalb etish to‘g’risida “yo‘l xarita”larini tasdiqlash ko‘zda tutilgani muhim ahamiyatga ega. Dastur loyihasiga ko‘ra, endilikda san’atga qiziquvchi yoshlar uchun yanada keng imkoniyatlar yaratiladi: musiqa va san’at maktablarida qo‘shimcha sinflar, madaniyat markazlarida turli xil havaskorlik to‘garaklari, teatr jamoalari, bolalar ansambllarini tashkil etish orqali yoshlarni san’at va madaniyat sohasiga qiziqtirish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, yangidan quriladigan va rekonstrkutsiya qilinadigan, joriy ta’mirga muhtoj va jihozlanadigan madaniyat markazlarining manzilli ro‘yxati shakllantirilish, chekka hududlarda yashovchi, ayniqsa, qishloq yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga qaratilayotgan e’tiborning yorqin ifodasidir. Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish hamda sport inshootlari quvvatini yanada oshirishga qaratilgan bo‘lib, Dasturga ko‘ra, tashabbus doirasida har bir tumanda keyingi 2 yil ichida yengil konstruktsiyali, sendvich panelli kichik sport zallarini barpo etish, ularga yoshlarni va aholini keng qamrab olish, ommaviy sport tadbirlari miqyosini kengaytirish ko‘zda tutilgani nafaqat mamlakatimiz, balki tumanimiz xalqi uchun ham quvonchli voqea bo‘ldi. Istiqlol yillarida yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlar va yangilanishlar zamirida muqaddas O‘zbekistonda yashayotgan xalqimizning, xususan, ertangi kunumiz egasi bo‘lgan aziz farzandlarimizning farovon hayoti, baxtu saodatini ta’minlashdek maqsad mujassamligi barchaga yaxshi ma’lum. Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni yurtimizda istiqlol yillarida birinchi Prezidentimiz rahnamoligida olib borilgan islohatlar samaradorligini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama jadal rivojlanishi uchun shart- sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlardagivazifalarni amalga oshirish maqsadini ko‘zda tutadi.[1]
Harakatlar strategiyasi davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarini qamrab olgan bo‘lib, unda ta’lim va fan sohasini rivojlantirish masalalari ham nazardan chetda qolmagan. Zero, mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili bugungi kunda ta’lim va fan sohasida ham jiddiy islohatlarni amalga oshirish, oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish hamda ilm-fan sohasini yanada rivojlantirishni taqozo etayotgan edi. Binobarin, jahon bozorida kon’yunktura o‘zgarib, raqobat tobora kuchayib borayotgan bir sharoitda davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun yurtumizda mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotida fanning rolini kuchaytirish talab etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2016-yil 30- dekabrda respublikamizning barcha akademiklari bilan uchrashib mavjud muammolarni qanday yo‘l bilan ijobiy hal qilis mumkinligi haqida suhbatlashdi va shu asosida “Fanlar akademiyasi faoliyatini,ilmiy tatqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorni imzoladi. 2017- 2021 yillarda “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risidagida”gi farmonida ham ilmiy-tatqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tatqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etishga ta’lim va fan sohasini rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratilgan.[2]
Bundan tashqari, respublika viloyatlarida bo‘lib o‘tayotgan xalq bilan bevosita muloqot paytida Prezidentimiz tomonidan barcha xududlarda ilm-fan salohiyatini tiklash,xududlarning kompleks rivojlanishini ta’minlashda mavjud intelektual salohiyatdan samarali foydalanish, yoshlarni ilmiy-tatqiqot faoliyatiga keng jalb qilish bo‘yicha aniqvazifalar belgilab berilmoqda. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda ilmiy izlanishlarni ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning real muammolariga yo‘naltirish, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzviy integratsiyani ta’minlash, o‘z navbatida, ishlab chiqarish korxonalari tomonidan olimlarning ilmiy-texnologik ishlanmalarini amaliyotga joriy qilish samaradorligini oshirish mexanizmlarini yaratish masalalari o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur sohada to‘planib qolgan muammolarni hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabulqilindi. Ushbu qaror bilan keng ko‘lamli miqyosdagi aniq maqsadli ishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. O‘simlik moddalarining kimyoviy tuzilishi va biologik faolligini o‘rganish bir tomondan bioorganik kimyoni rivojlantirib, unda yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan zamonaviy samarali dorivor vositalarning yaratilishi va tibbiyot amaliyotiga tadbiq etilishiga asos bo‘ladi. Ko‘pchilik sintetik dorivor vositalar hamda antibiotiklarning uzoq vaqt qo‘llanilishi immunitetning pasayishi, allergiya hamda organizmdagi mikrofloraning buzilishiga olib kelishi mumkin. Bugungi kunda turli kasalliklarni davolashda qo‘llaniluvchi o‘simlik moddalaridan tayyorlangan tabiiy dorivor vositalarning o‘ziga xos jihati shundaki, ular, sintetik vositalardan farqli o‘laroq, organizmga salbiy ta‘sir ko‘rsatmaydi. Farmasevtika sanoatida dori-darmon olinuvchi dorivor o‘simliklar juda ko‘p bo‘lib, ular yurtimizning ulkan xazinasi hisoblanadi. Yurtimiz hududlarida 4500 dan ortiq o‘simlik turi uchraydi, shulardan 600 ga yaqini shifobaxsh o‘simliklardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |